Ipak gazlama sanoati
Ipakchilik sanoati
- yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy
ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar
birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish),
uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham I. s.ga kiradi.
Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega.
Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab
Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-asrda
Xitoydan Buyuk ipak yoʻli orqali hozirgi Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan.
Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda
ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar
Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan.
19-asrning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib
olinganidan soʻng 1867 y.dan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand
sh.larida dastlabki ipak kalavalash f-kalari qurildi. Mac, Oʻzbekistonga bi-
rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871 y.da Toshkentda
araq va vino zavodi bilan birga pillakashlik f-kasi ham qurdi. Lekin ipak
gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida
ishlab chiqarilar edi (mas, 19-asr oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi
toʻqish ustaxonalari ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib)
qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan
ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl
dastgoqlarida toʻqilgan. 1913 y.da Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla
yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish
uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan.
1921 y.da Oʻzbekistonda Fargʻona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik f-
kasi ishga tushirildi. 1927—32 y.larda Samarqand, Buxoro, Margʻilon sh.larida
ham pillakashlik f-kalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik f-kalarida olingan ipak
toladan shoyi toʻqish ham rivojlandi. Margʻilon atlas (1925), Namangan abrli
gazlamalar (1925), Margʻilon shoyi (1928), Samarkand shoyi (1934) k-tlari,
Qoʻqon shoyi toʻqish f-kasi (1926) ishga tushirildi. 1937 y.ga qadar shoyi
gazlamalar tabiiy ipakdan tayyorlanar edi. Kimyo sanoatining rivojlanishi
natijasida sunʼiy ipak gazlamalar toʻqish ham keng ta-raqqiy etdi. 1940 y.ga kelib
Oʻzbekistondagi pillachilik f-kalarida 9833 t pilla qayta ishlanib, shoyi gazlamalar
ishlab chiqarildi.
1940—70 y.larda respublikada pilla yetishtirish deyarli 3 baravar koʻpaydi,
I. yeda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi. 1966 y.da yiliga 45 mln. m ipak gazlama
ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushirildi,
viloyatlar shaharlarida k-tlar filiallari ochildi, ishlab turgan korxonalar
kengaytirildi va rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda I. s. korxonalari shoyi
gazlamalar turlarini i. ch. boʻyicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin,
krepshifon, krepjorjet, ipakdan milliy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi,
shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va
aralash tolalardan kiyim-kechak tikiladigan gazlamalar, tukli va jakkard
gazlamalar, sunʼiy iplardan abrli gazlamalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, I. s.
mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi.
1980 y.ga kelib Oʻzbekistonda ipak ip i. ch. 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln.
m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990 y.da esa 32824 t ipak kurti pillasi
tayyorlandi, I. yeda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab
chikarildi, 1991 y.da respublikada rekord xreil — 33,8 ming t pilla tayyorlandi.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati I. s.ni
rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar
negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-riyasini yaratish yoʻli
belgilandi. 1993 y.dan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni harid
qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti I. A. Karimovning 1998 y. 30 martdagi "Respublikada pil-lachilik
sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" Farmoni va Oʻzbekiston
Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998 y. 3 aprel dagi "Respublika pillachilik
sohasini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra
mustaqil "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etildi.
Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi
toʻqish korxonalari, shuningdek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash boʻyicha
Markaziy i. t. institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Mar-gʻilon) oʻz ichiga oladigan
"Shoyi" aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab
chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak
qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dast-labki ishlov berish
korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik i. t. institutini oʻz ichiga
oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi.
Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash
maqsadlarida 2000 y. fevral oyida Oʻzbeki ston Respublikasi Prezidentining
Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan
chetga chiqarishga chek qoʻyildi.
1995-2000 y.larda I. s.ga chet el investitsiyalarini jalb qilish, ipak ashyosini
qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chikarish
va uni eksport qilishni koʻpaytirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. "Pilla
xolding" xolding kompaniyasi tarkibida 7 qoʻshma korxona: "Silk Road"
Oʻzbekiston— Yaponiya (Namangan), "Kumush" Oʻzbekiston—Britaniya
(Shahrisabz), "Silk indiastrz Ko" Oʻzbekistan—Vyetnam (Toshkent), "Tonmen"
Oʻzbekistan— Janubiy Koreya (Toshkent viloyati), "Xadan" Oʻzbekiston—Xitoy
(Buxoro), "Silk star" Oʻzbekistan—Singapur (Samarqand viloyati), "Buxoro—
Kvashen" Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonalari tashkil etildi. 2000 y.da
"Kumush" aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketini Buyuk Britaniyaning "Carthill
invest ment" kompaniyasi 565 ming AQSH dollariga sotib oldi. "Oʻzbek ipagi"
uyushmasi tarkibida 10 pillakashlik korxonasi — "Atlas" (Namangan), "Buyuk
ipak yoʻli" (Fargʻona), "Buxoro ipagi" (Buxoro), "Buloqboshi ipagi" (Andijon
viloyati Buloqboshi sh.), "Ipakchi" (Namangan viloyati, Uychi sh.), "Kumush"
(Shahrisabz), "Tola" (Toshkent), "Turon shoyi-si" (Margʻilon), "Xorazm ipagi"
(Urganch), "Hujum" (Samarqand) aksiyadorlik jamiyatlari; 7 shoyi toʻqish
korxonasi — "Alisher Navoiy" (Margʻilon), "Atlas" (Namangan), "Izboskan shoyi
toʻqish f-kasi" (Andijon viloyati Poytug sh.), "Qoʻqon shoyiatlas toʻqish",
"Margʻilon ipak gazlamasi", "Musaffo" (Samarkand), "Turon shoyisi" (Margʻilon)
aksiyadorlik jamiyatlari ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |