Iste'molchi ortiqchaligi ` mahsulot uchun to`lashga tayyor bo`lgan qiymatdan ular haqiqatda to`lagan miqdorni ayirsak va u xaridorni bozordagi ishtirokidan oladigan foydasi bilan tenglashadi. Iste'molchi ortiqchaligi talab egri chizig'idan pastda va narxdan yuqoridagi sohada joylashishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi sotuvchilar mahsulotlarini sotishdan olgan miqdorlaridan ularni ishlab chiqarish xarajatlarini ayirsak va u sotuvchilarning bozordagi ishtirokidan tushgan foydasi bilan tengdir.
Resurslarni taqsimlash iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligini maksimallastirganda samarali deb aytiladi. Siyosatchilar ko`pincha samaradorlik bilan bo`g’liq bo`ladilar, chunki iqtisodiy natijalar tengligi yaxshi.
Talab va taklifning muvozanati iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi yig'indisini maksimallashtiradi. Ya’ni bozordagi ko`zga ko`rinmas qo`l sotuvchi va xaridorlarni resurslarni samarali taqsimlashiga asos bo`ladi.
Bozorlar undagi bozor kuchlari va tashqi ta’sirlar tufayli bozor muvaffaqiyatsizliklar mavjudligi sababli resurslarni samarali taqsimlay olmaydi.
Tayanch so`z va iboralar: Farovon iqtisodiyot, to`lashga tayyorlik, iste'molchilar ortiqchaligi, xarajat ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi, samaradorlik, tenglik
Nazorat savollari
Xaridorlar tayyorligi, iste'molchilar ortiqchaligi va talab egri chizig'i qanday bog'liqligini tushintirib bering.
Sotuvchilar xarajati, ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi va taklif egri chizig'i qanday bog'liqligini tushintirib bering.
Bozor muvozanatida ishlab chiqaruvchi va iste'molchi ortiqchaligini taklif-va- talab chizmasida ko`rsating.
Samaradorlik nima? U iqtisodiy siyosatning yagona maqsadimi?
Ko`rinmas qo`l nima qiladi?
Ikki turdagi bozor muvaffaqiyatsizligini nomlang. Nima uchun bozor natijalari samarali bo`lmasligini tushintirib bering.
VII BOB. ISTE`MOLCHI TANLOVI NAZARIYASI9
Agar biz do`konga boradigan bo`lsak, minglab sotib olishimiz mumkin bo`lgan mahsulotlarga duch kelishimiz mumkin. Chunki hamma xohlagan narsalarimizni sotib olishimizga bizning moliyaviy taklifimiz chegaralanganligi to`sqinlik qiladi. Shuning uchun biz xohish va istagimizga eng ma’qul keladigan, qurbimiz yetadigan turli mahsulotlarning narxlarini ko`rib chiqamiz.
Bu bo`limda biz xaridor qanday qilib mahsulot xarid qilish tanlovini amalga oshirishi haqidagi nazariyani o`rganamiz. Oldingi boblarda ko`rganimizdek talab egri chizig’I xaridorni mahsulot xarid qilmaslik xohishini paydo qiladi. Mahsulot narxi oshganda iste’molchilar kamroq haq to`lashga urinishadi, shu tufayli taklif miqdori kamayadi. Biz hozir talab egri chizig’i atamasi uzra chuqurroq ish olib boramiz. Ushbu bob 14-bo`limdagi raqobatdosh firmalar haqida to`liqroq ma’lumot olganingiz kabi ehtiyoj haqida ko`proq tushuncha bilan bizni ta’minlaydi.
1-bo`limda muhokama qilingan o`nta iqtisodiy tamoyillarning biri kishilar tanlovga duch kelishadi. Iste’molchi tanlovi nazariyasi kishilarning iste’molchi sifatida tanlovini“imtihon qiladi”. Xaridor bittadan ko`p tovar sotib olganda boshqa mahsulotning hammasigayam qurbi yetmay qoladi. Agar kishi ko`p dam olib kam ishlasavau kamroq daromadga ega bo`ladi hamda u kam iste’mol qiladi. Agar u daromadini ko`pini sarflab kamini saqlab qo`ysa kelajakda past hajmda ehtiyoj
qondirishiga to`g’ri kelib qoladi. Iste’molchi tanlovi nazariyasi istemolchining boylgini namoyon qilishi va atrofidagi o`zgarishlarga qanday refleks ko`rsatishini “tekshirib” boradi.
Iste’molchining tanlov nazariyasini o`rganaturib uy ho`jaliklari fikrgamuhtoj bo`lgan uchta savolga murojaat qilishimizga to`g’ri keladi:
Har doim talab egri chizig’i pastga tomon yo`naladimi?
Ishchi taklifiga ish haqi qanday ta’sir etadi?
9 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) kitobining XXI bobi asosida tayyorlangan.457-483 bet
Uy ho`jaliklari jamg’armasiga foiz savkasi qanday ta’sir ko`rsatadi?
Avvalo bu savollar bir-biriga bog`liq emasdek tuyilishi mumkin. Ammo mavzuga kirib borar ekanmiz, iste’molchining tanlov nazariyasidan savollarning har biriga yo`nalish olishimiz mumkin.