SIGNALIZATSIYA VA XAVFSIZLIK BELGILARI TIZIMI
Barcha zamonaviy texnikalarda xavf to‘g‘risida xabar berish va xavfli vaziyatning oldini olish maqsadida signal qurilmalaridan keng foydalaniladi. Signal qurilmalari vazifasiga ko‘rа ogohlantiruvchi, avariyaga oid, tekshirish (kontrol) va bog‘lanuvchi bo‘ladi. Ishlash tamoyiliga ko‘ra esa: yorug‘lik signali, tovush signali, rang va belgi signallariga bo‘linadi. Yorug‘lik signallari zamonaviy texnikalar va avtomobillarda juda keng qo‘llaniladi. Bularga transport vositalaridagi yorug‘lik signalli asboblar, gabarit chiroqlar, to‘xtash signallari («Stop-signal»), burilish ko‘rsatkichlari, elektr qurilmalari, avtomat va yarim avtomat qurilmalaridagi 118 yorug‘lik signallari misol bo‘la оlаdi. Кo‘pincha, yorug‘lik signallari mashina va mexanizmlarning shovqin darajasi 60- 70 Db.dan yuqori bo‘lgan holatlarda tovush signallari o‘rniga ishlatiladi.
Rang va belgi signallari xavf to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida foydalaniladi. Masalan, belgilangan standartlarga muvofiq qizil rang – «Taqiqlovchi» , «Тo‘xta» , «Aniq xavf» ; sariq rang – «Diqqat» , «Xavf to‘g‘risida ogohlantirish» ; yashil rang – «Xavfsiz» , «Ruxsat» , «Yo‘l ochiq» ; ko‘k rang – «Ma’lumot» ma’nolarini bildiradi. Xavfsizlik belgilari standart bo‘yicha to‘rt guruhga ajratiladi: taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, ko‘rsatuvchi va buyuruvchi. Har bir guruhdagi belgilar uchun standart asosida shakl, rang va belgi o‘lchamlari o‘rnatilgan hamda ularni joylashtirish joylari tavsiya etilgan. Ishlab chiqarish sharoitida xafsizlikni ta’minlashda
• Taqiqlovchi belgilar biror bir harakatni taqiqlash yoki cheklash uchun ishlatiladi. Masalan, chekishni taqiqlash, уo‘ldan kesib o‘tishni taqiqlash, ochiq olovdan foydalanishni taqiqlash, transport harakatini taqiqlash va h. k.
• Ogohlantiruvchi belgilar xavf bo‘lish ehtimoli to‘g‘risida ma’lumot beradi. Masalan, portlash xavfi, yong‘in xavfi, elektr toki xavfi va b.
• Виуиrиvchi belgilar aniq talablar asosida biror harakatni amalga oshirishga ruxsat etishni ko‘rsatadi.
• Kо‘rsatuvchi belgilar turli xil оbyektlar joyini, manzilini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning shakli, rangi va o‘lchami GOST asosida belgilanadi. Masalan, taqiqlovchi belgilar aylana shaklida, ogoh- lantiruvchi belgilar uchburchak shaklida, buyuruvchi belgilar kvadrat va ko‘rsatuvchi belgilar to‘g‘ri turtburchak shaklida tayyorlanadi.
Ba’zan Hujjatlarga jiddiy munosabatda bo’linmaydi, unga shunchaki qog’ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifatida qaraladi. Bu, albatta, nomaqbul munosabatdir.
Hujjat nomlarini o’zbek tilining o’z imkoniyatlari asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so’z va iboralarning o’zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir.
Hujjatlar matniga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. (Kichraytirish-erkalash shakllari, ko’tarinki- tantanovor yoki bachkana, dag’al so’zlar, shevaga oid so’zlar…)
Hujjatlar matnini tuzishda turg’unlashgan, qoliplashgan so’z birikmalaridan foydalanish lozim.
Hujjatda so’zlarni tejash prinsipidan oqilona foydalana bilish kerak. Bunda qisqartmalarni qo’llash yaxshi natija beradi.
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak.
I. Hujjatlar tuzilish o‘rniga ko‘ra
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi.
I. Hujjatlar tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlarga bo’linadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir.
Muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.
II. Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:
1) sodda hujjatlar - muayyan bir masalani o’z ichiga oladi;
2) murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortiq masalani o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |