2.2. Mashrab ijodida badiiy san’atlarning qo’llanishi
Mashrab g’azallarida ko’plab badiiy san’atlar: mubolag’a, tashbeh, tazod, talmeh, istiora, tanosub kabi sa’atlardan keng foydalangan. G‘azallarida mubolag‘a chegarasiz, doirada ishlatilgan, majoziy o‘xshatishlar jonli misralarda suv ustida aks etgan inson aksidek, o‘z tasvirini bera olgan. Shoir she’rlari badiiylik, majoziy, falsafiy qarashlarni o‘z ichiga olsa-da, unda kitobxon uchun tushunarli bo‘lgan, ravon, shu bilan birga, tarixiy, ma’rifiy, adabiylik ko‘rinishlarini o‘z ichiga olgan iboralarga duch kelamiz.
Biz yuqorida Mashrabning ba’zi g’azallarini tahlil qildik, Mashrab g’azallarda ishq , Ollohga bo’lgan ishq kuylanadi. Shoir ishq yetish yo’lida shohlikdan kechib, tarkidunyo qilgani, qolgan umrini darvesh bo’lib, qalandarlikda o’tkazganini, bitta po’stinni butun umr kiyganini aytadi. Faqat xayolida ishqqa yetishish bo’lganligi, bu yo’lda ko’p mashaqqatlar chekkani,
Ko’pchilik unga bu yo’ldan qaytishini aytganini , lekin uning qalbida kundan-kun bu ishqqa yetishish o’ti yuragida alanga olganini g’azallarida bayon qiladi.
Shuningdek, Mashrab ‘’Jamoling ko’rgali keldim, ayo ey mehribon onam’’ g’azalida tarkidunyo qilib, boshqa yurtlarga ketganda, ayriliq ,sog’inch o’tida kuygan, onasidan uzr so’raydi.
XULOSA:
Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha ma’lum asarlarining o‘zi ham Mashrabning favqulodda noyob iste’dod egasi ekanligidan dalolat beradi. Mashrab ijodi she’riyatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy san’atning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi.
Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va ma’naviy kamolotini ulug‘lashga, ezgulik va go‘zallikni madh etishga bag‘ishlangan she’riy merosida g‘azal, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba, masnaviy, ruboiy, ta’rix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni uchratamiz. Ammo Mashrab avvalo mohir g‘azalnavis hamda ko‘plab sho‘x va jarangdor mustazodlar, o‘ynoqi va jozibador murabba hamda xalq g‘amu hasratiga hamdardlik hissi bilan yo‘g‘rilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrug‘ chiqargan. Mashrabning juda ko‘p g‘azallari xalq qo‘shiklaridek sodda va jarangdor, jo‘shqin va ta’sirchandir.
Uning g’azallarida qandaydir o’ziga tortuvchi kuch, maftun qiluvchi joziba bo’lib, har bir inson qalbida iliqlik namoyon qiladi. Mashrab g’azallari o’lmas merosdir. Uning g’azallari hali-haligacha kuylarga solinib qo’shiq qilib ham kuylanmoqda. Nafaqat o’zbek xalqi, balkim, chet ellik san’atkorlar ham jahon sahnalarida barilla kuylamoqda.
Lug’at:
Xo’tan dashti - Qoshg’ar tumaniga kiruvchi voha
Bihishti jovudon - abadiy jannat
Sarv-u sanuvbar - kelishgan, chiroyli
Shabiston - qorong’u tun
Mohi tobon - oy nurli, porloq oy
Tavofi Ka’ba - Ka’ba (Olloh uyi)ni aylanish
G’arib-u notavon - bechora, ojiza
Ablaqi laylu nahor -- kecha-kunduz (sutka) oti
Mahram--- sirdosh
Bolu par --- pat va qanot
Tabar --- bolta
Mohazar --- tayyor yegulik
Zabar --- ostin-ustin
Nukta --- muhim fikr
Muxtasar--- qisqa
Sanam --- but, xoch
Shu’lazan--- shu’lalanuvchi
Shahdshikan --- asaldan mazali
Dahan --- og’iz
Rasan --- ip, arqon
Gulafshan --- qip-qizil
Do'stlaringiz bilan baham: |