Vazirlar Mahkamasining


II. ASOSIY VAZIFALARI VA XIZMATLARI



Download 41,5 Kb.
bet3/6
Sana11.01.2017
Hajmi41,5 Kb.
#61
1   2   3   4   5   6
II. ASOSIY VAZIFALARI VA XIZMATLARI
10. Kompaniya jalb etilayotgan investitsiyalarni himoya qilish va kafolatlarni ta’minlash bo’yicha Kompaniya zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga mulkchilikning barcha shakllaridagi mamlakatdagi va xorijdagi investorlar tomonidan qo’yilayotgan investitsiyalarni siyosiy tavakkalchiliklardan sug’urta himoyasi bilan ta’minlaydi. Siyosiy tavakkalchiliklar deganda quyidagilar tushuniladi:

a) mulkdan mahrum qilish, shuningdek, mamlakat tomonidan joriy qilinadigan mulkning tortib olinishiga, mulk yoki undan olinadigan daromadlar ustidan nazoratning yo’qotilishiga olib keladigan har qanday qonunchilik hujjatlari va ma’muriy chora-tadbirlar; bundan mamlakat o’z hududidagi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadida joriy qiladigan, umumiy qo’llaniladigan haq-huquqni cheklamaydigan chora-tadbirlar mustasnodir;

b) urush yoki fuqarolar g’alayonlari;

v) sug’urta tashkiloti va investorning kontrakt munosabatlariga mamlakat hokimiyatining aralashuvi;

g) mamlakat hokimiyati tomonidan milliy valyutani boshqa zarur valyutalarga ayirboshlash hamda uni mamlakat chegarasidan tashqariga yuborishlarga cheklashlarning joriy qilinishi;

d) investorlarning ayrim guruhlariga nisbatan haq-huquqlarni cheklash tusida bo’lgan yangi qonun-qoidalarning joriy qilinishi;

o’zbekistonlik investor va eksportyorlarga xorijiy mamlakatlardagi siyosiy tavakkalchiliklar bo’yicha ham, tijorat va tabiiy tavakkalchiliklar bo’yicha ham sug’urta xizmatlari ko’rsatadi;

mamlakatdagi, xorijdagi xalqaro, davlat va xususiy sug’urta tashkilotlari bilan ishga oid aloqalarni hamda hamkorlikni rivojlantiradi, ular bilan birgalikdagi sug’urta faoliyatini va qayta sug’urta qilish ishlarini amalga oshiradi;

ma’lumotlarning sug’urta axborot bankini tashkil qiladi, reklama faoliyatini amalga oshiradi, sug’urta sohasida auditor hamda konsalting xizmatlarini ko’rsatadi;

sug’urta zaxiralarini iqtisodiyotning yuqori rentabelli tarmoqlariga joylashtirish shaklida, shuningdek, qo’shma va boshqa ishlab chiqarish hamda tijorat tuzilmalarini tashkil etishda qatnashish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan investitsiya va tijorat faoliyatini amalga oshiradi;

belgilangan tartibga muvofiq sug’urta to’lovlari va sug’urta summalari hajmini aniqlaydi va to’laydi;

sug’urta qilinadigan holatlarning oldini olishga yo’llangan ogohlantirish (prevent) chora-tadbirlarini o’tkazadi;

vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, sug’urta tashkilotlari bilan ishga oid aloqalarni hamda hamkorlikni rivojlantiradi;

sug’urta qilish shartlari va tartibini aniqlaydi, sug’urtaning ixtiyoriy turlari tariflarini belgilaydi;

shartnomalar tuzadi va hisob-kitoblar qiladi, agentlarni tayinlaydi, hamda ularga komission taqdirlash pullarini to’laydi;

falokat komissari funksiyasini bajaradi;

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida milliy hamda xorijiy valyutadagi schyotlarni ochadi va yopadi hamda uning korrespondentlik schyotlari tarmog’idan xorijdagi banklar va mijozlar bilan ishlashda foydalanadi;

maslahat, marketing, reklama, auditor va trast xizmatlarini ko’rsatadi;

operativ va buxgalteriya hisobini yuritadi. Tegishli hisobotni tuzadi;

zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zid bo’lmagan hamda faoliyat maqsadiga muvofiq keluvchi boshqa faoliyatni amalga oshiradi.


Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish