Tez bor!
). 2. Ba’zan
shu ishni bajarishga undash, qistash ottenkasiga ham ega bo‘ladi
(tezroq
olsang-chi!).
3. Ba’zan bu mazmun iltimos yo‘li bilan beriladi (
menga so‘z
bering
). 4. Buyruq maslahat tariqasida bo‘lishi mumkin
(yaxshisi, bugun
kutubxonaga bor).
5. Bunday gap so‘zlovchining istagini, tilak-maqsadini
anglatishi mumkin: yashasin dunyoda doim ishchi -dehqon birligi! Bugun bir
muzeyga boray. 6. Ba’zan chaqirish-undash ottenkasi bilan bog‘lanadi
(fan
cho‘qqilari tomon olg‘a!)
va b.
Bu turlar so‘zlashuv nutqida intonatsion jihatidan bir-biridan sezilarli
darajada farq qiladi. Intonatsiya o‘sha gaplarning ichki turini, har xil
ottenkalarini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega: har bir ko‘rinishning,
ottenkaning o‘ziga xos intonatsiyasi bor.
Buyruq gapning grammatik, intonatsion xususiyatlari:
1. Gapning bu turi buyruq intonatsiyasiga ega bo‘ladi. Bu intonatsiya
darak gapnikiga nisbatan kuchli bo‘ladi. Keskin buyruq, do‘q bildiradigan
gaplarda intonatsiya ayniqsa kuchli — yuqori bo‘ladi: buyruqni
ifodalaydigan bo‘lak kuchli aytiladi. Buyruq gapning mazmunidagi har
xillikka qarab, uning intonatsiyasi ham turlicha bo‘ladi. Misol uchun
quyidagi gaplarning intonatsiyasini solishtiring: “
Biqin zolim boylar!
Maydonga chiq, ishchilar! Ishchilar, uyg‘on, uyg‘on! (H. H.) Suhbat
aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar. (M.) Nomimni tilingga olma, e
18
olchoq! (G‘.G‘.) Paxta tersang, toza ter! Chanog‘ida qolmasin!
(ashuladan.) O‘ltirishga bir hikoyat aylayin. O‘rtoq lenin ishin so‘zman
boshlayin. (E J.) So‘zlab beray zaynab va omon sevgisidan yangi bir doston .
(H.O.) Opa, shu hikoya kitobini menga bering. («erkatoylar orasida»
ocherkidan.)”
6
Iltimos, yalinish, maslahat, ruxsat etish, istak-orzu kabi ma’nolar bilan
bog‘langan buyruq gaplarning intonaqiyasi sof darak gapning ohangiga juda
yaqin bo‘ladi. Demak, bunda intonatsiya mazmundagi turli ottenkalarni, har
xilliklarni ko‘rsatish vositasi bo‘ladi: ber! (buyruq).— ber (iltimos,
maslahat, yalinish). Bunday ottenkalarni ifodalashda ba’zan ayrim yuk -
lamalar ham qatnashadi. Misollar
: Dasturxonni menga ber-chi! Qani, menga
musht ko‘tarib ko‘r-chi!
2. Bu tipdagi gapning kesimi, odatda, buyruq maylining ikkinchi
shaxsi formasidagi fe’ldan bo‘ladi. Misollar:
Ayting, nega meni onam
tug‘madikan ilgari, million-million ko‘ngillilar, partizanlar singari.
(G‘.G‘.) Fanlar o‘lkasidan oshing dovonlar. (O.) Qo‘lingdan kelgancha
chiqar yaxshi ot, yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. (F. Y.)
Kesim birinchi shaxsni ko‘rsatuvchi istak maylida bo‘lganda, istak -qat’iylik
(birlikda), ishni bajarishga boshqalarni ham undash, iltimos (ko‘plikda) kabi
ma’nolar ifodalanadi. Misollar:
Men aytayin ko‘rganim ham bilganni. (E. J.)
Kesim buyruq maylining uchinchi shaxs formasidagi fe’ldan bo‘lganda,
ikkinchi shaxs orqali aytilgan buyruq yoki istak mazmuni ifodalanadi.
Misollar:
U borsin! O‘rtoq komandir, men keksani quvontir dingiz, umringiz
uzoq bo‘lsin. Partiyamiz, jonajon, doimo bo‘lsin omon! (M. B.)
3.Buyruq maylining uchinchi shaxs (birlik) formasidagi fe’l kesim
majhul nisbatda bo‘lganda, odatda, umumiy buyruq mazmuni kelib chiqadi
(chog‘ishtiring: borsin, kelsin kabi xollarda ikkinchi shaxs orqali uchinchi
shaxsga qaratilgan buyruq ma’nosi kelib chiqadi. Ba’zan bu ham ikkinchi
6
Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 63-б.
19
shaxs uchun qo‘llanadi). Misollar: zalda chekilmasin! Tartib saqlansin!
Bu forma ayrim stilistik talab bilan ikkinchi shaxsga qaratilishi ham
mumkin. Misol:
Sobirjon, nega qarab turibsiz? Muzikani boshlash haqida
komanda berilsin.
4.Bunday gaplarning kesimi ba’zan shart mayli formasida bo‘ladi.
Misollar:
Shu kunlarda bir yomg‘ir yog‘sa (yog‘sa edi).
Majlis
ertaga
qoldirilsa (qoldirilsa, edi).
Bu tipdagi gap, odatda, istak, iltimos ma’nolarini
anglatadi va darak gapga yaqin intonatsiyaga ega bo‘ladi. Bu tip shartli
ravishda buyruq gapga kiritiladi.
5.Aniqlik maylidagi yaqin o‘tgan zamon fe’li ba’zan intonatsiya
yordami bilan buyruq gap hosil qilishi mumkin. Misollar:
Qani, ketdik!
Qani, ishga tushdik!
6.Buyruq gapning kesimi ko‘pincha buyruq maylidagi fe’ldan bo‘ladi,
shunga ko‘ra bu gap undov intonatsiyasi bilan bog‘langan bo‘ladi.
Anglashiladiki, buyruq gaplarning kesimi vazifasidagi fe’l buyruq mayli
formasida bo‘lganidek, boshqa maylda ham kela oladi.
7. Buyruq gap ko‘pincha undalmali va undovli bo‘ladi. Masalan:
Hoy,
tezroq yuringlar! Kolxozchilar, g‘alabangiz muborak! Kel, shu kampirning
so‘zini ham eshitaylik
. Bu gapdagi kel so‘zi undovga ko‘chgan fe’ldir.
8.Boshqa vositalar bo‘lmaganda, buyruq gap intonaqiya yordami
bilangina tuziladi. Bunday vaqtda intonatsiya orqali shu gap ikkinchi
shaxsga nisbatan buyruq ma’nosini ifodalaydi. Misollar:
Qo‘ng‘iroqni
chalish kerak! (qo‘ng‘iroqni chaling!) Maktabga! (maktabga yig‘ilingiz!)
Olg‘a! (olg‘a bosingiz!) Bolg‘a! (bolg‘ani bering!) Qattiqroq! Qattiqroq!
(qattiqroq gapiring!)
Ko‘rinadiki, buyruq gapning bu turlari to‘liqsiz gap
bilan ham bog‘lanadi. Bu gaplar kuchli ohang bilan aytiladi.
Xulosa o‘rinida shuni aytish mumkinki, ritorik so‘roqda javob
gapning o‘zidan anglashilib turadi, so‘zlovchining o‘zi javob beradi.
Masalan:
Shunday go‘zal vatan bormi jahonda?! E, uka, inson qila
olmaydigan ish bor ekanmi?!
Ritorik so‘roq gaplarda javob talab qilmaydi.
20
Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq
gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi.
Masalan:
Bolani kim sevmaydi?! (“hamma sevadi”).
Yashirin inkor
mazmuniga ega bo‘lgan so‘roq-inkor gaplar ritorik so‘roq gapning bir
ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |