11-rasm. Bozor segmeyatatsiyasining belgilari
Geografik segmentatsiya — geografik kartani qo’llashga asoslangan eng oddiy usul. Bu usulni aholining madaniy urfodatlarida va iqlimda farq bo’lganda qo’llash zarur. Geografik segmentatsiya reklamani tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Geografik belgi bo’yicha segmentatsiyalash bozorning har xil geografik zonalarga bo’linishini nazarda tutadi: davlatlar, shaharlar, tumanlar. Firmalar bitta yoki bir nechta geografik hududlarda faoliyat yuritish haqida qaror qabul qilishi mumkin, lekin geografiya bilan belgilanadigan ehtiyojlar va afzalliklarni hisobga olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |