VAZIFALARI VA VOSITALARI
Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari
Jismoniy tarbiyaning maqsadi – har tomonlama yetuk, jismoniy jihatdan barkamol ma’nan va ruhan sog‘lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashdan iborat. Bolaning yoshi, fiziologik hamda ruhiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish, ta’limiy hamda tarbiyaviy vazifalarni hal yetadi. Ular bolada ratsional, anglanilgan harakatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, harakat tajribasini to‘plash va undan kunora hayotda foydalanish imkoniyatini hosil qiladi.
Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri-bolani sog‘lomlashtirish vazifasidir. Sog‘lomlashtirish vazifalari bola hayotini muhofaza qilish hamda sog‘ligini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bir maromdagi psixosomatik rivojlanish, chiniqtirish orqali organizm himoya funktsiyalarini takomillashtirish, turli xil kasalliklar hamda tashqi muhitning noxush ta’siriga nisbatan barqarorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Sog‘lomlashtirish vazifalari bola organizmining individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi masalalarni hal etishga yo‘naltiriladi:
-to‘g‘ri, chiroyli qomatni shakllantirish;
-tayanch- harakat apparatining o‘z vaqtida shakllanishi;
-umurtqa pog‘onalarining to‘g‘ri shakllanishini ta’minlash, qiyshayishining oldini olish;
-yassi oyoqlikning oldini olish;
-bo‘g‘inlararo bog‘lovchi apparatni takomillashtirish;
-47-
-suyaklar massasi va o‘sishini tartibga solish;
-yuza, gavda, oyoq, qo‘l, yelka, bilak, barmoq, bo‘yin, ko‘z, shuningdek, ichki organlar mushaklarini rivojlantirish
Bolani sog‘lomlashtirish yurak-qon tomir hamda nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, o‘zgaruvchan yuklama hamda tashqi sharoitlarga moslashish ko‘nikmalarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Buning uchun jismoniy tarbiya jarayonida bola ko‘krak qafasining harkatchanligini rivojlantirish, o‘pkaning hayotiy hajmini ( havo sig‘imi) kengaytirish, harakat analizatori va sezish a’zolari faoliyatini takomillashtirish lozim.
O‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarining faolligi tufayli bosh miya, kelib tushayotgan turli-tuman, ko‘plab axborotlarni qabul qilib, ularni mukamallashtirgan holda organizmning sog‘lomlashtirish faoliyatini orttiradi.
Jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish vazifalaridan tashqari ta’limiy vazifalarni ham hal yetadi.
Ta’limiy vazifalar harakat ko‘nikmalari va malakasi: ruhiy-jismoniy xususiyatlar(tezlik, kuch, egiluvchanlik, chidam, epchillik, chaqqonlik), hamda harakat qobiliyatlari (muvozanatni saqlash, harakatni boshqarish)ni shakllantirishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya jarayonida bola :
-jismoniy mashqlar tizimi, ularning organizmga sog‘lomlashtiruvchi, ijobiy ta’siri to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘ladi;
-jismoniy tarbiyaga oid atamalarni o‘zlashtiradi, jismoniy mashqlar va o‘yin faoliyatida harakatlarni bajarish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladi;
-shaxsiy faoliyat harakatlarini tushunib oladi;
-48-
turli predmetlar, snaryadlar, qo‘llanmalar ulardan foydlanish yo‘llari haqida bilimlarga ega bo‘ladi;
o‘z gavda harakatini boshqarishni o‘rganadi, gavda reflektsiyasi vujudga keladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish vaqtida bola tevarak-atrof (daraxtlar, gullar, o‘simliklar, hayvonlar, qushlar) haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi. U suvning, tuproqning, qorning, yil fasllarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib oladi. Uning so‘z zaxirasi boyib, xotirasi, tafakkuri, tasavvuri taraqqiy yetadi. Jismoniy tarbiya bolada katta sportga mehr uyg‘otadi. Jahon hamda mamlakatimizning yetakchi sportchilari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lib, dunyoqarashi kengayadi.
Shunday qilib, tarbiyachi-murabbiy maktabgacha jismoniy tarbiyada ta’limiy vazifalarni hal etgan holda, uni maktab faoliyatiga ham tayyorlaydi. Bolalarda shakllangan harakat malaka va ko‘nikmalari maktabda uni takomillishtirib borish uchun asos bo‘ladi, murakkabroq harakatlarni egallashni yengillashtiradi va kelajakda sport sohasida yuqoriroq natijaga erishishga imkon beradi.
Jismoniy tarbiyaning har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida rivojlangan bola shaxsini voyaga yetkazish hamda tarbiyalash borasidagi xizmati nihoyatda katta.
Jismoniy tarbiya jarayonida quyidagi tarbiyaviy vazifalar hal etiladi:
— har kungi jismoniy mashqlarga, kun tartibiga odatlanish;
— shaxsiy harakat faoliyatida jismoniy mashqlardan oqilona foydalanish;
— harakatlarning nafis, yaqqol ifodalangan tarzda namoyon bo‘lishiga erishish;
— mustaqillik, ijod, tashkilotchilik qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi va rivojlanishi;
— o‘z-o‘zini boshqarish, o‘zaro yordam.
Jismoniy faoliyat tananing mukammalligini ta’minlash bilan bir qatorda, shaxsning ma’naviy ruhiyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda ijobiy xususiyatlarni shakllantirish bilan bir qatorda salbiy xususiyatlar rivojlanishiga ham turtki bo‘ladigan holatlar yuzaga kelishi mumkin. Tarbiyachi-murabbiyning shaxsiy fazilatlari, ijtimoiy-axloqiy qarashlari ham muhim axamiyat kasb yetadi. Shu sababli tarbiyachi-murabbiy oldida
avvalambor, shug‘ullanuvchilarga axloqiy, estetik xususiyatlarni shakllantirish orqali uni ma’nan yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish vazifasi turadi.
Xulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiyaning vazifalari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir. Sog‘likni mustahkamlamasdan turib, samarali ish faoliyatini olib borib bo‘lmaydi, yoki ma’naviy barkamollikka erishmasdan turib, har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni voyaga yetkazish mumkin emas.
Jismoniy tarbiya vazifalari o‘rtasidagi bunday o‘zaro bog‘liqlik jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplari deb nomlanuvchi kategoriya orqali ta’minlanadi.
2-§. Jismoniy tarbiya vositalari
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida turli vositalar: gigiyenik talablar, tabiatning tabiiy kuchlari,
-50-
jismoniy mashqlar va hk.lar qo‘llaniladi. Bunday vositalarning kompleks tarzda qo‘llanilishi organizmga har tomonlama ta’sir ko‘rsatib bolalar jismoniy tarbiyasiga yordam beradi. Gigiyenik talabalarga: kun tartibi, mashg‘ulotlar, uyqu, bedorlik, ovqatlanish, kiyim va oyoq kiyimlar gigienasi, mashg‘ulot o‘tkaziladigan xonalar, sport maydonlarining tozaligi, ozodaligi va hk.lar kiradi.
Inson salomatligini ilmiy jihatdan asoslangan, to‘g‘ri tashkil etiladigan ovqatlanishsiz tasavvur qilish qiyin. To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish oshqazon-ichak tizimi, energiya almashunuvlari jarayoning faol kechishini ta’minlab, organizmning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tegishlicha davomiy, sog‘lom uyqu organizmning dam olishini ta’minlab, asab tizimi ishchanligini ta’minlaydi.
Kun tartibiga rioya etish va harakat faolligi bolani tartibga, uyushqoqlikka o‘rgatib, aniq maqsad asosida tizimli faoliyat olib borishga yo‘naltiradi. Bolalarning MTM lar va oiladagi faoliyatiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar tibbiy ko‘rsatmalar orqali aniqlanadi.
Tabiat unsurlari (quyosh, havo, suv) organizmning ishchanligi va funksional imkoniyatlarini oshirib, moslashuvchanligi va himoyasini ta’minlaydi. Tabiatning tabiiy kuchlariga quyosh, havo, suv kiradi, ular jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida ijobiy emotsiyalar paydo bo‘ladi (ko‘proq kislorod yutiladi, modda almashuvi kuchayadi…). Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirishga, uni yuqori va past temperaturaga moslashuv qobiliyatini
-51-
oshirishga yordam beradi. Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi turli xil meteorologik omillarning o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera oladigan darajaga keladi.
Suv terini kirdan tozalaydi, o‘rmon bog‘lardagi shifobaxsh moddalar (fitontsidlar) ga boy havo mikroblarni yo‘qotishga yordam beradi, qonni kislorodga to‘yintiradi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni o‘ldiradi va bolalarni kasalliklardan (raxit…) saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |