Vazifalar va kutiladigan natijalar



Download 70,19 Kb.
bet6/8
Sana22.07.2022
Hajmi70,19 Kb.
#839876
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maʼlumki

Ularning fikricha, bunday qadam Toshkentga investitsion infratuzilmalar oqimining o’sishini ta’minlabgina qolmay, pul aylanmalari va eksport miqdorini oshirib, sanoat birlashmalarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tashkilotning o’zi esa yangi davlat qo’shilishidan manfaatdor bo’ladi — O’zbekiston ularning nazdida mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarning bosh bo’g’ini sanaladi.

Узнать больше


"Spot.uz"da reklama


Shuningdek, bank ekspertlari (Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Armaniston vakillari) O’zbekistonning tashkilot a’zosiga aylanishining ijobiy tomonlarini sanab o’tdilar:
Birinchidan, YeOII tomonidan O’zbekistonga kiritiladigan investitsion infratuzilmalar miqdori $1 — 1,5 mlrdni tashkil etishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, Respublika YaIMisining yillik 0,3−0,4 foiz o’sishini ta’minlaydi.
Tahlilchilar O’zbekistonda biznes ochish va to’g’ridan- to’g’ri investitsiyalar jalb qilish uchun qulay muhit borligini ta’kidlab o’tishgan.
Investitsiyalarni jalb qilish, o’z navbatida, O’zbekistonda jismoniy infratuzilmani yangilash orqali ham, yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali ham mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi.
Ikkinchidan, ittifoqning umumiy mehnat bozoriga chiqish O’zbekistonga pul o’tkazmalarining qo’shimcha oqimini ($1,5- 2 mlrd) va real yillik o’sish yalpi ichki mahsulot miqdorini hisobini yana 0,3−0,4 foizga oshishini ko’zda tutadi.
Shu qatorda, tashkilot a’zo davlatlari o’rtasidagi mehnat migratsiyasi O’zbekistondagi ishsizlik va to’liq bo’lmagan bandlik natijasida kelib chiqadigan salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatishga yordam beradi.
Uchinchidan, prognozlarga ko’ra, ichki tarmoqlarning kengayishi va sanoat hamkorlikning kengayishi barcha davlatlar qatorida O’zbekiston uchun ham iqtisodiyot va mamlakat eksport savati tarkibini diversifikatsiyalashga yordam beradi.
2020-yil yakuniga ko’ra, a’zo davlatlar o’rtasidagi eksport hajmi $3 mlrdni tashkil etgan. O’zbekistonning qo’shilishi evaziga bu ko’rsatkich sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.
Barcha omillarni hisobga olgan holda, YeOII’ga qo’shilgandan keyin O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining o’sish sur’atlari hozirgi 5,5 foizdan yiliga 6,9−7,2 foizgacha o’sishi mumkin.
Hisobotda shuningdek, O’zbekiston bilan aloqa qilishning ustuvor yo’nalishlariga alohida urg’u beriladi.
Ekspertlar O’zbekiston ishtirokisiz mintaqa rivoji to’g’risidagi loyihalar kuchli ahamiyat kasb etmaydi deya hisoblashmoqda.
O’zbekistonning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilinganda, mamlakat boshqalar bilan solishtirganda (Qirg'iziston $7,7 mlrd) Markaziy Osiyo mintaqasidagi yuqori YaIM ($57,7 mlrd) miqdoriga ega hisoblanadi. Aholi sonining ko’pligi bo’yicha (34,6 mln) esa Rossiya keyingi o’rinda turadi.
Iqtisodiy o’sish hajmi 2011−2019-yillarda o’rtacha 6,6% tashkil etgan. Bu esa ittifoq davlatlarinikidan ko’pdir.
Shunga qaramasdan, O’zbekiston aholi jon boshiga tushadigan daromad miqdori bo’yicha YOII fuqarolaridan ortda qolmoqda.
Xarid qilish qobiliyati pariteti bo’yicha respublika aholi jon boshiga YaIM 2020-yilda 7,4 ming dollarni tashkil etdi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston Qirg’izistonni ortda qoldiradi, ammo Rossiya va Qozog’istondan 3,5 barobardan ko’proq, Belorusiyadan 2,5 baravar va Armanistondan deyarli baravar ortda qolmoqda.

Hisobotda ta’kidlanganidek, daromadlar darajasining orqada qolishining sabablaridan biri iqtisodiy tarmoqlarning past mahsuldorligidir: qishloq xo’jaligida (YaIMning 25 foizini tashkil qiladi) bu ko’rsatkich Rossiya va Belorusdan ikki barobar, sanoat va qurilishda — Qozog’istonga qaraganda to’rt baravar past degani.



Tizimli darajada iqtisodiy samaradorlikning o’sishiga sarmoyalar yetishmasligi, texnologiyalar va jismoniy infratuzilmaning hozirgi holati to’sqinlik qiladi.
Eslatma: Joriy yilning 11-dekabrida Oliy Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashining qarori bilan O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchilik maqomini oldi.
Avvalroq Spot, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi kuzatuvchilik maqomi O’zbekistondagi transport sohasiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida maqola taqdim etgan edi.


Download 70,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish