Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


O’quv sayohatlariga tayyorgarlik va sayohat uchun zarur



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/145
Sana27.05.2023
Hajmi2,49 Mb.
#944786
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика (1)

16.2. O’quv sayohatlariga tayyorgarlik va sayohat uchun zarur 
bo’lgan jihozlar va vositalar. 
O’quv sayohatlariga chiqishdan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi. 
Tayyorgarlik ishlari quyidagi qismlarga bo’linadi: nazariy; amaliy; 
tashkiliy. 
Nazariy tayyorgarlik jarayonida o’quv sayohatida amalga oshirila-
digan ishlar xususiyati va turiga ko’ra o’quvchilarni bilimlari mustah-
kamlanadi. Tabiatga uyushtiriladigan sayohatlarni olib borishdan avval 
sinf sharoitida tabiiy geografik bilimlar mustahkamlanadi, ya’ni reja olish, 
litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera haqidagi nazariy bililar qaytariladi 
va mustahkamlanadi. 
Amaliy tayyorgarlik bosqichida o’quvchilarga sayohat davomida 
zarur bo’ladigan ish usullari haqida bilim va ko’nikmalar shakllantiriladi. 
Agar o’quv sayohat daryo vodiysi bo’ylab o’tkaziladigan bo’lsa daryoni 
ko’ndalang kesimini, suvni tozaligini va sarfini aniqlashni bilishlari va 
uddalay olishlari lozim. Agar o’quv sayohatida reja olish ko’zda tutilgan 
bo’lsa reja olish turlari bo’yicha amaliy ko’nikmalar shakillangan bo’lmog’i 
lozim. 
Tashkiliy tayyorgarlik quyidagi bosqichlardan iborat: 
- o’qituvchi sayohatni mavzusini e’lon qiladi. Mavzu tabiiy geografik 
yoki iqtisodiy geografik bo’lishi mumkin. Masalan, qishloqda suv xavza-
larini o’rganish, maktab atrofidagi o’simliklarni o’rganish, ishlab chiqarish 
korxonasini o’rganish; 
-o’qituvchi sayohatni maqsadi va rejasi bilan o’quvchilarni tanish-
tiradi. O’quv sayohatining maqsadini o’qituvchi aniqlaydi. Uning maqsadi 
o’quvchilarga topografik kartalar bilan joyda ishlash ko’nikmalarini 
shakllantirish. O’quv sayohatini rejasi bilan o’quvchilarni tanishtirish. 
Rejada yo’nalish, to’xtash joylari ko’rsatilgan bo’lishi lozim; 
-sinf ma’lum bir guruhlarga bo’linadi; har bir guruhda 5-6tadan 
o’quvchi bo’lishi lozim. Har bir guruhni rahbari tayinlanadi. Har bir 
guruhni vazifalari tushuntiriladi; 
- o’quvchilar qanday kiyim kiyishi, nimalarni o’zlari bilan olib 
borishini va sayohatda o’zlarini qanday tutishlarini va xavfsizlik muxo-
fazasi qoidalariga roya qilishlari haqia ko’rsatma beriladi. 
O’qituvchi sayohatni maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda 
jihozlar, priborlar va anjomlar ro’yxatini tuzadi va ularni yig’adi. O’quv 
sayohatlarida quyidagi jihoz asboblar va uskunalar lozim bo’lishi mumkin: 


kompas, termometr, reyka, arqon, karta, barometr, tuproq parmasi (bur) va 
h.k. 
O’quv sayohatlarini quyidagi xollarda o’tkazish mumkin: yangi 
mavzuni o’rganishdan oldin; qator mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng. 
O’quv sayohatlarini muvaffaqiyatli o’tkazish sayohat o’tkaziladigan 
joyni tanlashga bog’lik. Agar sayohatni mavzusi relef shakllarini 
o’rganishga bag’ishlangan bo’lsa iloji boricha relelefi xilma xil bo’lgan joy 
tanlanishi lozim. Tog’ jinslariga bag’ishlangan sayohatlarni o’tkazishda 
geologik ochilmalar mavjud bo’lgan joylar tanlanadi. 
O’quv sayohatlari o’tkaziladigan joylarni tanlashda quyidagilarga 
e’tibor berish lozim: 
- tanlangan joy o’quv mavzulari va o’quv o’lkashunoslik maqsadi va 
vazifalariga mos kelishi zarur. Demak, o’lkashunoslik materiallari bilan 
bevosita bog’liq bo’lgan mavzu va masalalarni o’rganishda; 
- o’ziga xos o’quv sayohati ob’ektlari bo’yicha ma’lumotlar to’plash, 
o’rganish, ularni tasvirlash va bevosita ko’rish imkonini yaratmog’i lozim; 
- o’quv sayohatlari davomida tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmog’i 
lozim. Masalan, maktab joylashgan qishloq, tuman, shaharda noyob va 
yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonot dunyosining, noyob tabiat 
yodgorliklarini mavjudligi va h.k; 
- o’quv sayohatlarida o’quvchilarni yoshi bilan bog’lik bo’lgan 
xususiyatlarni hisobga olish; 
- geografiya va o’lkashunoslik ob’ektlarini o’zgarishini o’quvchilar 
tomonidan qabul qilinishini xissiy-emotsional xususiyatlarini hisobga 
olish; 
- ma’lum bir geografiya predmetlari bo’yicha aniq mavzularning o’quv 
tarbiyaviy talablarini hisobga olish; 
- o’qituvchi va o’quvchilarni o’quv sayohatini o’tkazishga tayyorgarlik 
darajasini hisobga olish; 
- o’quv sayhatlarida ma’lumotlarni yig’ish imkonini hisobga olish. 
Mazkur ma’lumotlar qayta ishlangandan so’ng ularni kitob shaklida nashr 
qilish mumkin. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish