2003-yil mamlakatimizda «Obod mahalla yili» deb e’lon
qilindi.
«Qishloq» o‘zbekcha so‘z bo‘lib, qishlaydigan joy degan
ma’noni bildiradi.
Qadimda ota-bobolarimiz bahor kelishi bilan dehqonchilik qilish
uchun dalalarga yo‘l olganlar. Tog‘li va dasht joylarda esa mollarni
boqish uchun qir-adir va yaylovlarga chiqilgan. Kuz kelib, hosil
yig‘ib olingach, odamlar yana qishloqqa qaytib kelganlar. Qishni
jamoa bo‘lib uylarda o‘tkazganlar. Bunday odatlar hozirgi vaqtda
ham bor. Dehqonlar, cho‘pon-cho‘liqlar yoz mavsumi kirib kelishi
bilan ish boshiga, ya’ni dalalarga, qir-adirlarga chiqib ketadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |