Amir Temur hamma sohada adolatni bosh mezon deb bil-
gan. «Kuch – adolatda» degan shiorga amal qilib yashagan.
Sohibqironning «Tuzuklar» kitobida davlatni boshqarish,
harbiy ishlarni amalga oshirish borasidagi tajribalari, kelajak
avlodlar uchun maslahat va ko‘rsatmalari bayon qilingan.
«Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulm-u sitam yo‘lini
to‘sdim»,– deb yozadi buyuk bobomiz «Tuzuklar»da.
Amir Temur ulug‘ bunyodkor inson edi.
Siz Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Toshkent,
Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar
haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ularning orasida Amir Temur
bobomiz barpo ettirgan binolar ham saqlanib qolgan. Ul zot Sa-
marqand shahri va uning atrofida 14 ta ulkan bog‘ barpo ettirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |