Yurtimizda 1998-yil – «Oila yili», 2001-yil – «Onalar va
bolalar yili», 2012-yil esa «Mustahkam oila yili» deb e’lon
qilindi.
Oilaning yana bir ustuni otadir. Ota – oila boshlig‘i, uyda adolat
timsoli bo‘lib, barchaga ibrat va namuna ko‘rsatadigan zotdir.
Qadimda biror-bir farzand yaxshi yoki yomon xulqi bilan jamoatchilik
e’tiborini tortsa, darhol undan: «Otang kim, kimning bolasisan?» –
deb so‘raganlar. Chunki, otaning kimligi farzand haqidagi eng muhim
baho hisoblangan.
Odatda, o‘g‘il bolalar otaga, qizlar esa onaga taqlid qiladi. Shuning
uchun o‘g‘illar haqida gap ketsa, «Ota o‘g‘il», qizlar haqida gap
ketsa, «Ona qiz» deydilar.
!
40
Do'stlaringiz bilan baham: |