Ona allasi bilan birga bolaning qalbiga milliy ruh kiradi.
Bu milliy ruh – Vatan tuyg‘usidir.
Rivoyat
IMOM BUXORIYNING ONASI
Rivoyat qilishlaricha, Ismoil o‘g‘li Muhammad Buxoriyning
ko‘zi go‘daklik paytida bir baxtsiz tasodif tufayli ojiz bo‘lib
qolgan ekan. Onasi bolamning ko‘ziga shifo ber, deya kechasi-yu
kunduzi Ollohga iltijo qilar ekan. Bir kuni onaning tushiga pay-
g‘ambar Ibrohim alayhissalom kiribdi va unga: «Duolaring qabul
bo‘ldi, o‘g‘ling shifo topadi», – deb bashorat qilibdi. Shundan
so‘ng yosh Muhammadning ko‘zi ochilibdi. U o‘z hayotini
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom hadislarini to‘p-
lashga bag‘ishlashga qaror qilibdi va buyuk hadisshunos bo‘lib
yetishibdi.
Onasi duo qilmasa, Imom Buxoriy butun dunyoga tani-
larmidi?
Do'stlaringiz bilan baham: |