Dunyodagi hamma narsaning asosi bo‘lganidek, oilaning
ham tayanch ustunlari bo‘ladi. Ular – ota bilan onadir.
Ona mehr-muhabbat, ezgulik va fidoyilik ramzi. Uni Vatanga
qiyoslaymiz. Vatanni ta’riflaganda avvalo «Ona Vatan» deymiz. Ona
va Vatan haqidagi taassurotlar bir-biriga o‘xshab ketadi. Vatan ham,
ona ham farzandining baxti uchun hech narsani ayamaydi. Shuning
uchun ham Vatanimizning bosh maydoni bo‘lgan Mustaqillik
maydoniga «Baxtiyor ona» haykali o‘rnatilgan.
Onaning allasida Vatan tuyg‘usi bosh mavzudir. Allada «katta
bo‘lgin», «el-yurtingga xizmat qilgin» deb kuylanishi bejiz emas.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |