Davlatimiz rahbarining ommaviy axborot vositalari uchun
intervyusi marosimning eng muhim voqeasi hisoblanadi.
Yurtboshimizning 2013-yil 9-maydagi intervyusi «O‘zbek xalqiga
tinchlik va omonlik kerak» degan da’vatkor so‘zlar bilan ko‘pchilik-
ning esida qoldi. Ayni shu nom bilan kitob holida nashr qilingan
mazkur intervyuda, avvalo Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alaba
xalqimiz uchun naqadar qimmatga tushgani ta’kidlandi.
Urushdan oldin O‘zbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi
yashagan, shundan 1,5 millioni janglarda ishtirok etgan.
Yurtdoshlarimizdan 500 mingga yaqini urushda halok bo‘lgan.
Qancha odam bedarak ketgan yoki mayib-majruh bo‘lib
qaytgan.
Olti yarim million odamning yarmidan ko‘pini bolalar,
keksalar tashkil etsa, mehnatga layoqatli aholining qan-
chasi urushda qatnashgan? Urushga ketganlarning o‘rniga
mehnat qilish kimning yelkasiga tushgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |