22
Ikkinchi jahon urushi yillarida esa xalqimiz SSSRning fashistlar
bosib olgan hududlaridan ko‘chirib keltirilgan
turli millatga mansub,
qariyb 1 million och-nahor,
kiyim-kechakka, boshpanaga,
mehrga
muhtoj aholiga tuz-nasiba, boshpana berdi. Ularning 200
ming nafari
bolalar edi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida 2323 nafar yetim
bolani yurtdoshlarimiz farzand qilib olganlar.
Ular xalqimizning mehr-
shafqati tufayli O‘zbekistonga bir umr farzandlik muhabbati bilan
bog‘lanib qoldi. Bu insonlar yurtimizni o‘zlari
uchun haqiqiy Vatan
deb bildilar.
El-yurtimizning bunday mehribonligi Vatanda yashash qanday
buyuk baxt, vatansizlik naqadar ulkan
fojia ekanini chuqur his
etishidan dalolatdir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Vatanni
anglash inson uchun bir
umr davom etadigan jarayon. Inson o‘zini, qadr-qimmatini anglagani
sari
Vatanni ham tushunib, anglab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: