18
Rasmlarga diqqat bilan qarang, doimo ko‘chib yuradigan
xalq ana shunday qadimiy obidalarni yarata oladimi?
Bolalar
qumda yoki tuproqda
o‘ynayotganida loy qorib,
uycha-
lar, minoralar yasashga harakat
qilishadi. Bu esa o‘troq
hayot biz-
ning qon-qonimizga singib ketga-
nini ko‘rsatadi.
Vatanning tabiati, yeri,
suvi va
havosi, musaffo osmonining o‘ziga
xos xosiyati bor. Masalan, yurtimiz-
ning hamma joyida anor o‘sadi.
Lekin
hech yerning anori Quva
yoki Shahrisabz anoriga teng kel-
maydi. O‘lkamizning hamma joyida anjir o‘sadi,
ammo ularning
ichida Samarqand anjirining mazasi beqiyosdir. Buyuk ajdodimiz
Zahiriddin Muhammad Bobur Movarounnahr
viloyatlaridagi qovunlar
haqida gapirib, Buxoro qovuni haqida alohida to‘xtaladi: «Buxoroda
har jins qovundin ko‘p bo‘lur va yaxshi bo‘lur».
Do'stlaringiz bilan baham: