O‘zbekiston Konstitutsiyasi «Muqaddima», 6 ta bo‘lim,
26 ta bob, 128 ta moddadan tashkil topgan.
Konstitutsiyamizda yurtimizda yashayotgan bironta inson, ijtimoiy
guruh va qatlamning manfaati, huquq va erkinliklari e’tibordan chetda
qolmagan. Shuning uchun ham uni butun jamiyatimizni birlashtirishga
xizmat qiladigan umummilliy hujjat, xalqimiz tafakkurining noyob
namunasi deb ataymiz. Jumladan, siz kabi mamlakatimiz yoshlarining
huquq va manfaatlari ham Asosiy qonunimizda o‘z aksini topgan.
Masalan, «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim
olish davlat tomonidan kafolatlanadi» (41-modda), «Onalik va bolalik
davlat tomonidan muhofaza qilinadi» (65-modda) kabi bir qancha
qoida va me’yorlar aynan shundan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |