«Bizga tinchlik kerak degan da’vat bugun butun xalqimiz
uchun yagona da’vat bo‘lishi lozim. O‘zbekistonga tinchlik
kerak, osuda hayot kerak. Taraqqiyotimiz uchun bironta ham
to‘siq kerak emas»
1
.
Xalqimiz duoga qo‘l ochganida, Yaratgandan avvalo
tinchlik, omonlik bo‘lishini so‘raydi. Bu ikki so‘z el-yurti-
mizning ong-u shuuriga singib, hayotining mazmuniga, milliy
qadriyatga aylanib ketgan.
Vatandoshlarimiz boshi uzra charaqlab turgan oftobni, musaffo
osmonni tinchlik-osoyishtalik, farovonlikning eng muhim belgisi deb
biladi.
Tinchlik bo‘lgan joyda taraqqiyot bo‘ladi. O‘zaro hurmat,
hamjihatlik bo‘lmagan yerda hech qachon rivojlanish bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |