Prezidentimizning 2006-yil 3-yanvardagi qaroriga binoan,
Mustaqillik maydonidagi muazzam obidaga Mustaqillik va
ezgulik monumenti deb nom berildi.
Ezgulik arkasi bilan Mustaqillik va ezgulik monumentini yagona
g‘oya birlashtirib turadi. Ya’ni, ikkala obida ham xalqimizning ezgu
maqsad-muddaolarini aks ettiradi.
El-yurtimiz ming yillar davomida ezgu orzu-umidlar bilan yashab
kelgan. Bundan qariyb uch ming yillar oldin yaratilgan «Avesto»
kitobida ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal inson hayotining asosiy
qoidasi bo‘lishi kerak, degan g‘oya ifoda etilgan bo‘lib, bu ham
ajdodlarimizning juda qadim zamonlardan boshlab yaxshilikni umr
ma’nosi deb bilganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |