Xulosa.
Millat va davlat bor ekan, albatta ular o`z oldiga qo`ygan
maqsadlarni keng halq ommasi tushinishi, o`sha maqsadlar atrofida
jipslashishi uchun mafkura kerak bo`lgan, bundan keyin ham, bizning
fikrimizcha, shunday bo`lib qoladi.
Mustaqillik ko`lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq, MDH
davlatlari orasida birinchi bo`lib milliy g`oya va mafkurani shakllantirish
bizning respublikamizda aniq-ravshan etib kun tartibiga qo`yildi.
Diqqatga sazovor holat shundan iboratki, bu hayotiy muqim muammoni
hal etishga jarayoni boshida, uning nazariy va metodologik masalalarini
ishlab chikishda shaxsan prezident Islom Karimovning o`zi turibdi. Buni
biz
O`zbekiston
Konstitutsiyasida
ham,
I.A.Karimovning
"O`zbekistonning o`z istiklol va tarakkiyot yo`li" asarida ham yaqkol
58
ko`rishimiz
mumkin.
Unda
Prezident
"Bir
mafkuraning,
bir
dunyoqarashning yakkaxokimligidan qat`iyyan voz kechish, siyosiy
tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish" muhimligiga
e`tiborni qaratadiki, bunday yondashuv juda ulkan metodologik
ahamiyatga molikdir.
Prezidentning 1992 yildan keyingi chiqqan kitoblarida ham
milliy g`oya va mafkura masalasining u yoki bu jihatlarini ishlab
chiqishga jiddiy e`tibor qaratiladi. Islom Abdug`anievich milliy g`urur,
milliy jipslik xamda millatni birlashtirishga xalaqit beradigan
g`oyalardan ozod bo`lish yo`llarini izlab topish hakida fikr yuritar ekan,
bu jarayonda olimlar, ziyolilar barcha vakillarining faol ishtirok
etishgalariga umid bog`laydi. "Prezidentning g`oyalari bu bitta odamning
gapi, uni rivojlantirish, ma`nosini kengaytirish. To`ldirish kerak. Men
shaxsan shuning tarafdoriman va sizlarni shunga da`vat etaman", -
deydi.
5
Har bir fuqaro uchun o`z fikrini erkin ifoda etishga va uni
himoya qila olishi ijtimoiy tarakqiyot sharti ekanligini ta`kidlab, ayni
chog`da prezident yurt tinchligi, vatan ravnaki, xalq manfaatini
ifodalovchi g`oyalar "Barchamiz uchun birdek mukaddas bo`lishi shart",
- deydi. Shakllanib borayotgan "Milliy mafkura konsepsiyasini ming
yillik milliy qadriyatlarimizning hozirgi zamon umumbashariy talablar
bilan uyg`unlashtirilgan holda yaratish va odamlar tafakkuriga singdirish
olimlarimiz,
faylasuf va
siyosatshunoslarimiz,
umuman,
ilmiy
jamoatchiligimizning dolzarb vazifasi bo`lib kolmoqda`", - degan fikrni
ilgari suradi. Yukoridagi fikrlarni keltirishdan maqsad shuki, prezident
Islom Karimov milliy g`oya va mafkurani shakllantirish, uning
mukammal kontsepsiyasini yaratishda o`zi faol ishtirok etishga bilan
birga, barcha ilmiy va siyosiy jamoatchilikni ham shunday yo`l tutishga,
bunga bir jarayon sifatida yondoshishga da`vat etib kelmoqdalar.
59
Shu nuktai nazardan qaraganda, Prezidentning "milliy g`oya
targ`iboti va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish
to`g`risida" 2006 yil 25 avgustdagi Karori ana shu jarayonning yangi
bosqichi boshlanayotganidan dalolat, deb hisoblayman.
Milliy g`oya va mafkura umumiylik ichidagi xususiylik bo`lib,
u fakat bitta mamlakatda yashayotgan turli elatlar, xalqlarning milliy
maqsadlarini ro`yobga chiqarishga safarbar etadi. Albatta Milliy g`oya
muayyan mamlakatdagi ma`lum millat tarixiy xotirasi, ma`naviy
madaniyati ifodasi bo`lsa-da, ammo unda vatan ozodligi, obodligi, erkin
hayot va farovon hayot uchun kurash barcha guruxlar, millatlar
mushtarak manfaatlariga muvofiq kelishi kerak. Shu nuqtai nazardan
qaraganimizda, "Erkin fukaro - ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega
bo`lgan shaxs ma`naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy
g`oyamiz bo`lishi zarur"
7
. Zero, har kanday mafkurada dunyokarash
bilan bog`liq yalpi umumiy bosh g`oya bo`lsagina uning ta`sirchanligi
beqiyos tusda va omma ongiga singib, qalbidan joy oladi.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |