ALISHER O‘SAROV:
Reja
Vatan o‘zi nima
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir
vatanparvar shaxslar
Vatan nima? Vatan bu qo‘l bilan ushlanadigan moddiy narsa emas.
Vatan tafakkur ostidagi ma’naviy kenglikni to‘ldirgan poyonsiz tushuncha.
Vatan – ruhning umurtqasi, hisning vulqoni. Inson shu tushuncha bilan tug‘iladi. Chunki u qondan qonga oqadi, genlardan genga ko‘chadi. Ota-ona avlodidan keladi bu gen. Bir kun olimlar inson tanasidagi millionlab genlarning eng kattasi va eng kuchlisi vatan hissini tashiydigan gen ekanligini aniqlashsa, bu haqiqatning o‘zginasi bo‘lad
Vatan ostonadan boshlanadi. Inson dunyoga kelishi bilan vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga buladi. Har bir inson umri davomida "vatan menga nima berdi"-deb emas balki, "men vatanimga nima berdim"-deb yashashi kerak.
Vatanni onaga qiyoslashadi. Köplab adabiyotlarda "ona vatan" jumlasini juda köp uchratganmiz. Onamiz biz uchun qanchalar muqaddas zod. "onalar oyog'i ostida jannat" deyishadi. Onalarimiz bizga qanchalar umrini bag'shiyda etganini qarzini tölash uchun umrimiz kamlik qiladi. Ona farzandini dunyoga keltirish uchun nafaqat jismonan balki, ruhan toliqishini hech öylab körganmisiz? Onalar oldida vazifamizni buyuk islom dinimiz ham takidlab ötishgan. Afsuski, hozirgi kunda köpchilik volidasi oldidagi vazifasini unutib bormoqda. Shu örinda sahobalardan biri payg'ambarimiz Muhammad s.a.v ga bergan savoliga bergan javobi tahsinga loyiq deb öylayman.
Kimdir savol berdi aytgil Muhammad.
Yolg'iz sen rasulsan butgul olamga.
Eng avval yaxshilik qilay özing ayt.
Ota-onamgami yohud bolamga?
Rasul javob berdi, tingla birodar.
Sözimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar.
Eng avval onanga yaxsilik qilgil".
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.
Vataning tinch — sen tinch.
Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.
Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar, Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.
Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.
Yigit g’ami elida, Elning g’ami dilida.
Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma.
Ona yurting — oltin beshiging.
Ona yurting omon bo’lsa,
Rangi ro’ying somon bo’lmas.
Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.
Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas,
Yurt qo’riganning yurti buzilmas.
El kuyunganda kuyungan — botir,
El suyunganda suyungan — botir.
El qo’ngan yerni bilar,
Ot to’ygan yerda tinar.
Elga xizmat — oliy himmat.
Eling senga cho’zsa qo’l,
Unga doim sodiq bo’l.
Yurting omon — o’zing omon.
Yurtni dedim, yuzga kirdim.
Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.
O’z uyim — o’lan to’shagim.
Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 14-fevral 1483 – 26-dekabr 1530) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.[1] Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biridir. Uning sheʼrlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli bo'lgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.
Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun)
Jaloliddin Manguberdi (arabcha: جلال الدين منكبرتي— Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq ismi — Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi — Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
hukumati Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan mislsiz jasorati, vatanga va oʻz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qiddi (1998-yil). Qarorga koʻra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal oʻrnatildi, yirik koʻcha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qoʻyildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesa va boshqa yaratilgan. "Jaloliddin Manguberdi" ordeni taʼsis etilgan (2000-yil 30-avgust).
Hozirgi kunga kelib, Jaloliddin, oʻzbek va turkman xalqlarining milliy qahramoniga aylangan. Unga atab bir necha doston va asarlar yaratilgan.
Hulosa örnida shuni alohida aytishim mumkinki, bu aziz va muqaddas vatan sizu bizlarga kecha yoki bugun bunyod etilmagan. Bu muqaddas vatan buyuk ajdodlardan avlodlarga me'rosdir. Shuning uchun vatan taraqqiyoti yölida ozmi, köpmi qöldan kelgancha öz hissamizni qöshish barchamizni burchimiz
Chegarada turaman, qo‘limga miltiq olib,
Yuragimga botirlik mardlik xissini solib,
Mayli yoqsin qor yoqsin, o‘z burchimdan ketmayman
Askarlik qasamiga hech hiyonat etmayman.
Shitir etsa tushgan barg, eshitaman shu zamon.
Qancha yovlar bo‘lsin, yovga bermaynan omon.
Men chegarada turib Vatanimni saqlayman
Vatan va xalq oldida o‘z burchimni oqlayman.
Bobir bilan Jalolidddin manguberdini orasiga Amir Temur haqida ma’lumotlar qo‘yib ketasiz.
Har bir tarixiy shaxslar haqida ma’lumot yozganganingizda ushalardi chiroyli rasmlaridan qo‘yib keting iltimos.
Do'stlaringiz bilan baham: |