(Sahnaga o 'qituvchi, o 'quvchilar chiqadilar). O'qituvchi:
- Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar! O'tkazilayotgan tadbir tufayli tashrif buyurganlaming barchasiga «Xush kelibsiz!» — deymiz. Bu kun sizning qarshingizda o'quvchilarimiz o'zlarining iqtidorini, mahoratini namoyish etadilar. Ular tarixga nazar tashlaydilar. Shu muqaddas zamin - O'zbekiston deya atalmish jannatmakon diyorda yashab o'tgan, ilm, fan va madaniyatda, tibbiyot sohasida dovruq qozongan bobolarimiz haqida, yurtimizning mashhur insonlari — ulug' ajdodlarimiz haqida so'zlaydilar. Zero, buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy aytganlaridek, «Moziyga qaytish»ning nechog'li xayrli ekanini shu kechada ishtirok eta turib, e'tirof etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |