(Vatan haqida qo 'shiq ijro etiladi).
2-boshlovchi:
- Uch ming yillik tarixga ega bo'lgan xalqim mustaqillikka erishish arafasida o'z tilini ko'klarga ko'tardi.
(O'quvchilar ona tilini e'zozlab, she'r o'qiydilar).
O'quvchi:
- O'zbek tilim elimning Urib turgan yuragi. O'zbek tilim yurtimning Tarixi, kelajagi.
O'quvchi:
- Buyuk Mahmud Koshg'ariy Ardoqlagan ulug' til. Shoir bobom Navoiy, Xamsa bitgan suyuk til.
O'quvchi:
-Tilim davlat tilidir,
Oshdi qudrati, qadri.
Turfa tillar ichida
Tikladi chinor qaddin.
O'quvchi:
- Kimga kim qilmay pisand, Unutar o'z tilini. Unutar urf-odatin, Tarixini, elini.
Do'stlaringiz bilan baham: |