CHIRCHIQ SHAHAR
39-DMTT 6-“LOLA” GURUH
TARBIYACHISI BEKMURADOVA
SAIDANING 14-YANVAR
“VATAN HIMOYACHILARI
KUNI” MAVZUSIDAGI
MASHG`ULOT ISHLANMASI
MAVZU: 14-YANVAR-VATAN HIMOYACHILARI KUNI.
Faoliyatning maqsadi: Tarbiyalanuvchilarga o’zbek milliy armiyasi haqida tushuncha berish, milliy armiyamizga nisbatan milliy g’urur hissini singdirish, askar akalarimizga bo’lgan mehrni uyg’otish, ularni havas va hurmat qilishga o’rgatish, bolalarda Vatan himoyachisi bo’lish tuyg’usini shakllantirish.
Bolalarga “Temurbeklar qasamyodi”ni yod oldirish, bolalarni sog’lom, baquvvat qilib tarbiyalash, askarlarni fidoyiligini ulug’lovchi she’rlar o’rgatish. Ularda g’urur va iftixor tuyg’ularini shakllantirish, Vatanni himoya qilish har bir yigitning burchi ekanligi va askarlar, Vatan posbonlariga bo’lgan mehrini uyg’otish, ularni havas va hurmat qilishga o’rgatish.
Kerakli jihoz va materiallar : “14 – yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mavzusidagi rasmlar.
F aoliyatdagi markazlar : nutq va til , qurish va yasash markazi, san`at markazi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi:
Bolalar, mustaqil davlat bo’lganimizdan so’ng, o’z ramzlarimizga, o’z tilimiz, o’z armiyamizga, o’z Prezidentimizga ega bo’ldik. Bugun biz sizlar bilan 14 – yanvar – Vatan himoyachilari kuni haqida suhbatlashamiz. Bizning milliy armiyamiz 1993 – yilning 14 – yanvar kuni tashkil topgan. Armiyamizda oddiy askardan boshlab Bosh Qo’mondongacha xizmat qiladilar. Bizning Bosh Qo’mondonimiz Sh. M. Mirziyoyev. Askar yigit kim? Askar yigit Vatanimizni dushmanlardan qo’riqlaydi. Ular yurtimiz tinchligi uchun kecha - kunduz sergak turadilar. Askarlarning o’z liboslari bor. Bu liboslari o’zlariga yarashib turadi. Milliy armiyamizning mard askarlari baquvvat qurollari, raketa, pulemyot, tank, samolyotlari bor. Ular Vatan tinchligi uchun xizmat qiladi. Milliy armiyamizni rivojlantirishda buyuk sarkarda Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan foydalanilgan. Ushbu asarda bobomiz armiyani qanday shakllantirish qonun - qoidalari haqida yozib qoldirgan. Amir Temur bobomizning o’gitlaridan foydalanib, Z.M.Bobur ham yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qilgan. Shu jumladan, Jaloliddin Manguberdi ham o’z Vataniga sodiq qolib, jasorat ko’rsatgan.
Barcha o’g’il bolalar bizning “Temurbeklar to’garagi ” qasqayodini yod olishgan va bu qasamyodiga sodiq qolishadi.
Men “Temurbeklar to’garagi”ga qabul qilinar ekanman, o’z ona yurtimni sevish, ardoqlash, uni qo’riqlash uchun mard, jasur, ziyrak va qo’rqmas o’g’lon bo’lichga tantanali VA’DA BERAMAN! O’zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman.
Mavzuga oid she’rlar yodlash.
O’zbekona g’ururi baland,
Temuriylar nasliga monand.
Xalqi bilan yuragi payvand,
Fidoyilar kerak Vatanga!
Vatanim, deb o’zin unutgan,
Yov kelganda, ko’ksini tutgan,
Farzand bo’lib jonini tikkan
Fidoyilar kerak Vatanga!
Tarbiyachi:
“14 – yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mavzusi yuzasidan suhbatlashamiz.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti kim?
( O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, O’zbek Milliy Armiyamizning Bosh Qo’mondoni)
Milliy Armiyamizda kimlar xizmat qiladi?
(Milliy Armiyamizda mard va jasur askarlar xizmat qiladi).
MIlliy Armiyamizning qanday texnika va qurollari bor?
(Baquvvat qurollar, raketa, smolyot, tank, pulemyotlari bor)
Jismoniy daqiqa:
Tarbiyachi:
Bolalar, faraz qiling, siz askarlarsiz, o’quv mashqidasiz. Sanama aytib, ikki guruhga bo’lining. Bolalar, predmetlar orasidan ilon izi bo’lib harakatlaning. Marraga kim birinchi bo’lib yetib borish. Ikkinchi shartimiz – ikkala guruh arqon tortish. Qaysi guruh kuchli ekanligini bilib olamiz.
Bolalar san`at markaziga o`tib, “ Bizning jonajon armiya “ mavzusida rasm chizishadi . Faoliyat markazida bolalar loydan va applikatsiya usulidan foydalanish mumkin
Keling bolalar Vatanimiz himoyachilarini tasvirlab mustaqil rasm chizamiz
Syujetli rolli o`yin “Chegarachi “
T arbiyachi : |Faol ishtirok etga bolalarni rag`batlantirib faoliyatni yakunlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |