varyant – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang



Download 36,06 Kb.
bet4/6
Sana14.07.2022
Hajmi36,06 Kb.
#794316
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
121906 6 shirin

7. Munosabatlarning tugashi – bir-birlari bilan boshqa sira yuz ko‘rishmaslik bilan bog‘liq qaror chiqarishdan boshlanadi. Ayrimlar sherigining aybdor emasligini bilib tursa-da, munosabatlarni tugatgisi kelaveradi, ayrimlar esa bir-biridan ko‘ngilsiz bo‘lib qolgan bo‘lsalarda, birgada yashayveradi. Bundaylar o‘zaro muomalani keskin kamaytirib, deyarli gaplashmay ham yashayveradi, bunday arazlashlar ko‘pincha u yoki bu tomonning depressiv holatini, asabbuzarlikni keltirib chiqaradi. Chunki odatda bunday holatda qolgan shaxs boshqa sevgilisi yo‘qligidan yoki yangi tanishlar ham shunday aldab ketishidan, bolasi taqdirini ijobiy xal qila olmasligidan juda qayg‘uradi va hatto kasalga ham chalinib qoladi.
Er va xotin o‘rtasidagi romantik munosabatlar yoki ishq-muhabbat aslida bir insonning boshqasi ustidan doimiy hukmronligi, bu hislardan o‘z manfaati nuqtai nazaridan foydalanishi demakdir. Bunday harakatlarning tipik misoli adabiyotda o‘z aksini topgan bo‘lib, bu – Don Juan obrazidir. U o‘z jinsiy mayllarini qondirish maqsadida yangidan-yangi qurbonlarni topadi va o‘z xohishi yo‘lida ularning his-tuyg‘ularini toptab ketaveradi. Yoki go‘zal va kelishgan ayol o‘z maftunkorligi bilan erkaklarni rom etish yo‘li bilan ularning xislarini jilovlab olishi mumkin. YA’ni, Shostrom degan olimning fikricha, har qanday ishq-muhabbatda ana shunday manipulyativ holatlar mavjud bo‘ladi.
2. Qadimdan biron-bir oila, urugʻ, mahallada nizo kelib chiqadigan boʻlsa, oʻsha urugʻ yoki mahallaning yoshi ulugʻ, barcha hurmat qiladigan aʼzolari nizolashayotgan taraflarni insofga chaqirib, ularning orasini isloh qilishga, nizoni tinch yoʻl bilan bartaraf etishga harakat qilishgan va bu amaliyot hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Bundan mediatsiya tartib-taomillari mamlakatimiz aholisi uchun mutlaqo yangi tushuncha emasligini bilib olish qiyin emas. Biroq, nizolarni hal qilishda mediatsiyani qoʻllashning huquqiy asosini yaratish vazifasi yaqin yillargacha oʻz yechimini topmadi. 2018-yil 12-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Oli Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi va Senat tomonidan shu yilning 28-iyun kuni maʼqullandi. Mazkur Qonun 2019-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Oʻzbekiston Respublikasida mediatsiyani qoʻllash doirasi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun bilan aniq belgilab qoʻyilgan. Qonunning 3-moddasiga koʻra, quyidagilarga nisbatan mediatsiya tartib-taomillari qoʻllaniladi:
-fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga;
-tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq kelib chiqadigan nizolarga;
-yakka mehnat nizolariga;
-oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga.
Mediatsiya nizolarni hal qilishning boshqa usullari, xususan nizolarni sud tartibida hal qilishdan oʻzining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Birinchidan, nizolarni mediatsiya vositasida hal qilish sud tartibiga nisbatan ancha qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Nizolarni sud tartibida koʻrib chiqish uchun ketadigan muddatning koʻpligi muammosi faqatgina Oʻzbekiston uchun tegishli emas. Misol uchun, Italiyada quyi turuvchi sudlarda ishni koʻrib chiqish uchun oʻrtacha 3 yil kerak boʻladi. Agar sud qarori ustidan shikoyat qilinsa, bu muddat 10 yilga choʻziladi. Buyuk Britaniyada 73% daʼvogarlar Angliya sud tizimining urfdan qolganligi hamda samarasizligidan shikoyat qilishadi. London shahridagi sudlar tomonidan ishni koʻrib chiqish uchun kamida 161 hafta, shahar tashqarisidagi sudlar tomonidan esa 195 hafta talab etiladi. “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasida mediator va taraflar mediatsiya tartib-taomili oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda tugallanishi uchun barcha mumkin boʻlgan choralarni koʻrishi kerakligi, zarur boʻlgan taqdirda, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati taraflarning oʻzaro roziligi bilan oʻttiz kungacha uzaytirilishi mumkinligi belgilangan. Ushbu moddada mediatsiyani amalga oshirishning eng uzoq muddatlari belgilangan. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, aksariyat hollarda mediatsiyani amalga oshirish muddati bir ish kunini, baʼzan bir necha soatlarni tashkil etadi. Xususan, 2018-yil 30-noyabrda holatiga koʻra, Singapur mediatsiya markazida tomonlar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilishi bilan yakunlangan ishlarning 90%dan ortigʻi bir ish kunida hal qilingan.
Ikkinchidan, mediatsiya tartib-taomillari qoʻllanilganda ishga taalluqli barcha maʼlumotlar mutlaqo sir tutiladi. Oʻrtadagi nizo va unga oid faktlardan faqatgina taraflar va ularning vakillari hamda mediator xabardor boʻlishi mumkin va ularga qonun bilan bu axborotlarni oshkor qilmaslik majburiyati yuklatiladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasida mediatsiya ishtirokchilari mediatsiya jarayonida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni ularni taqdim etgan mediatsiya tarafining, uning huquqiy vorisining yoki vakilining yozma roziligisiz oshkor qilishga haqli emasligi, mediatsiya ishtirokchilari oʻzlariga mediatsiya jarayonida maʼlum boʻlib qolgan holatlar haqida guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emasligi, shuningdek ulardan mediatsiyaga taalluqli axborotni talab qilib olish mumkin emasligi, 25-moddasida mediatsiyani qoʻllash chogʻida mediator taraflarning roziligisiz nizoning mohiyati boʻyicha oshkora bayonotlar berishga haqli emasligi, 27-moddasida agar mediator taraflarning biridan mediatsiyaga taalluqli axborotni olgan boʻlsa, u bu axborotni faqat uni taqdim etgan tarafning roziligi bilan boshqa tarafga oshkor qilishi mumkinligi belgilangan. Maxfiylik prinsipi ayniqsa oilaviy nizolar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarda muhim ahamiyatga ega. Chunki, biron-bir tadbirkorlik subyektining boshqa bir tadbirkorlik subyekti yoxud mijoz bilan nizolashayotganligining oshkor boʻlishi ushbu tadbirkorlik subyektining ishchanlik obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, potensial mijozlar hamda hamkorlarning unga boʻlgan ishonchi yoʻqolishi, u bilan shartnomaviy munosabatga kirishishdan oʻzlarini tiyishiga olib kelishi mumkin. Nizoni mediatsiya usulida hal qilish bunday salbiy oqibatlardan ishonchli himoya boʻlib xizmat qiladi.
Uchinchidan, mediatsiya vositasida hal qilinadigan nizolarda har ikkala taraf uchun ham maqbul kelishuvga erishiladi. Sud tartibida koʻriladigan nizolar boʻyicha bir taraf foydasiga chiqarilgan qaror ikkinchi tarafning ziyoniga xizmat qiladi. Natijada bir ishni koʻrish appelyatsiya, kassatsiya, nazorat tartiblari bilan oylab, hatto yillab choʻzilib ketishi mumkin. Mediatsiyani qoʻllashda taraflar ixtiyoriy ravishda mediativ kelishuv tuzish orqali nizoni hal qilish yoʻllari va usullari, kelishuvda belgilangan majburiyatlarni bajarish muddatlari hamda ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlarini ham belgilab qoʻyishlari mumkin. Xususan,“Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha taraflar kelib chiqqan nizo yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, taraflar oʻrtasida yozma shaklda mediativ kelishuv tuzilishi, mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega boʻlib, ushbu kelishuv unda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilishi, mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda taraflar oʻz huquqlari himoya qilinishini soʻrab sudga murojaat etishga haqliligi, mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari taraflar tomonidan ushbu kelishuvning oʻzida belgilab qoʻyilishi mumkinligi belgilangan.
Nizolarni hal qilishda mediatsiyani qoʻllashning keng yoyilishi sudlar uchun ham foydadan xoli boʻlmaydi. Ish hajmining noreal darajada koʻpligi barcha davlatlar sudlari uchun umumiy muammo hisoblanadi. Jumladan, Hindistonda har bir sudyaga 2147ta ish toʻgʻri keladi. Koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan ishlarning umumiy soni 31,280,000tani tashkil etadi. Bu ishlarning Hindiston sudlari tomonidan koʻrib chiqilishi 2330-yilga kelib tugallanishi mumkin. Xitoy xalq respublikasida 2012-yilda sudlar ish yurituvida 200 000dan ortiq ish mavjud edi. Janubiy Afrikada 2004-2005-yillar davomida sudlarga 128 000ta daʼvo arizasi kelib tushgan va shulardan 62%i oʻsha davr oraligʻida hal qilingan. Germaniyada esa, 4771 nafar quyi turuvchi sudyalar tomonidan koʻrilgan ishlar bor yoʻgʻi 1416 nafar yuqori turuvchi sudyalar tomonidan appelyatsiya tartibida koʻrib chiqiladi. Nizolarni mediatsiya vositasida hal qilish sudlar ish hajmining sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Buni xalqaro tajriba ham isbotlaydi. Xususan, Dehli va Bangalor mediatsiya markazlari tashkil etilgan paytda ikki oy davomida 39 969ta ishni, Dubay mediatsiya markazi esa, bir oy davomida sudlar ish yurituvida boʻlgan ishlarning 1/3 qismini mediatsiya tartib-taomillarini qoʻllagan xolda koʻrib chiqdi. Bundan koʻrinib turibdiki, mediatsiyani qoʻllash nafaqat nizolashayotgan taraflar, balki sudlar uchun ham ijobiy taʼsirga ega.
Oʻzbekiston Respublikasida mediatorning faoliyati professional va noprofessional asosda tashkil etiladi. “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasida professional mediator sifatida birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtgan, ikkinchidan, Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs faoliyat koʻrsatishi mumkinligi belgilangan. Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini yigirma besh yoshga toʻlgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin. Qiyoslash uchun Rossiya Federatsiyasida ham mediatorlik faoliyati professional va noprofessional asosda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidan farqli oʻlaroq, Rossiya qonunchiligida har ikki asosda faoliyatni amalga oshiradigan mediatorlar uchun ham yoshga doir talablar belgilangan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasida shaxs professional mediator boʻlishi uchun 25 yoshga, noprofessional mediatorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun 18 yoshga toʻlgan hamda toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasida Professional mediatorlar reyestri hududiy adliya boshqarmalari tomonidan yuritiladi va reyestr hamma uchun ochiq holatda tegishli adliya organlari hamda Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Shaxsni Professional mediatorlar roʻyxatiga kiritish tartibining soddaligi mediatorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning bir misolidir. Xususan, “Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning (roʻyxat raqami 3092-son, 2018-yil 29-noyabr) 6-bandiga muvofiq maxsus oʻquv kursini tugatgan shaxs doimiy yashash joyidagi adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Reyestrga kiritish haqidagi ariza;
-pasport nusxasi;
-Nizomning 2-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;
-maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi.
Professional mediatorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish uchun toʻlov undirilmaydi.
Xulosa qilib aytganda, nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida mediatsiya xalqaro tajribada sinovdan oʻtib, oʻzining bir qator afzalliklari bilan dunyo mamlakatlari milliy qonunchiligidan munosib oʻrin egallab kelmoqda. Koʻplab davlatlar mediatsiya toʻgʻrisidagi oʻzlarining qonunlarini qabul qilishdi va mamlakat doirasida hamda xalqaro miqyosdagi mediatsiya markazlarini tashkil etishdi. Bunga Singapur, Buyuk Britaniya, Hindiston kabi davlatlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu jarayondan Oʻzbekiston ham chetda qolmadi. Xususan, 2018-yil 12-iyunda “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. 2019-yil 31-yanvarda Adliya vazirining 54-mh-son Buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Mediatorlarni tayyorlash dasturi” doirasida professional mediatorlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Mediatsiya Oʻzbekiston qonunchiligida yangi institutlardan ekanligini hisobga olgan xolda ushbu institutni yana-da rivojlantirish uchun bajarilishi lozim boʻlgan bir qator vazifalar mavjuddir.
3. Perinatal psixologiya (yoki prenatal psixologiya) psixologiyaning amaliy sohasi boʻlib, u homilador ayol, ona qornidagi va tugʻilgandan soʻng darhol bolaning psixikasi faoliyatiga, shuningdek, erta goʻdaklik davrida ona va bolaning oʻzaro taʼsiriga qaratilgan. Turli xil perinatal psixologiya maktablari o'zlarining qiziqishlari doirasidagi chaqaloqning hayot davrini turlicha baholaydilar. Ba'zilar faqat homiladorlik davri haqida gapirishadi, ba'zilari esa tug'ilgandan keyingi birinchi oylarni ham qo'lga kiritishadi va ba'zi psixologlar erta bolalik davridagi bolalar psixikasining umumiy xususiyatlarini hisobga olgan holda o'z ishlariga 3 yoshgacha bo'lgan bolaning yoshini kiritishadi.
Perinatal psixologiya o'zining asosiy g'oyasi sifatida insonning hayot jarayoniga nafaqat uning hayoti davomida, balki uning haqiqiy boshlanishidan oldin sodir bo'lgan voqealar ta'sir qiladi, degan g'oyani boshqaradi. Masalan, E.Bern psixologiyaga “tug‘ilish stsenariylari” tushunchasini kiritib, tug‘ilmagan bolaning hayotiga tug‘ilish jarayoni, homiladorlik jarayoni va hatto bolani homilador qilish jarayoni ham ta’sir ko‘rsatadi.

Perinatal psixologning amaliyotida, qoida tariqasida, bunday masalalar unchalik chuqur ko'rib chiqilmaydi - tug'ilish matritsalari ko'proq transpersonal psixologiya sohasidir. Perinatal psixologning odatiy vazifalarini uch guruhga bo'lish mumkin:



  • onaning psixikasi bilan ishlash;

  • prenatal bolaning psixikasi bilan ishlash;

  • chaqaloq psixikasi bilan ishlash.

Ushbu toifalarga psixologik bepushtlik (tushunmagan bepushtlik, psixosomatik bepushtlik), homiladorlik qo'rquvi, tug'ruqdan keyingi depressiya, ota-onalarning kelajakdagi roliga sheriklarni tayyorlash, istalmagan bolalar holatlarida psixologik qo'rquv, abort yoki bolani yo'qotish kabi muammolarni hal qilishda yordam kiradi. Perinatal psixolog bir vaqtning o'zida va, chunki ona bilan ishlashdan tashqari, ish bolaning otasi bilan, agar mavjud bo'lsa, bolaning o'zi bilan ham amalga oshiriladi (tug'ilish jarohatlarining oqibatlarini bartaraf etish va h.k.). ).


Download 36,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish