1. Kushon hukmdori Kanishka poytaxtni hozirgi qaysi davlat hududiga ko`chirgan edi.
A) Afg`oniston B) Hindiston C) O`zbekiston D) Pokiston
2. Quyidagi berilgan ma`lumotlardan qaysi biri to`g`ri.
A) Tutmos III Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qiladi B) Isroil podsholigi mil.avv XII asrda paydo bo`lgan
C) Elam davlati Eronning janubi-g`arbiy qismida tashkil topgan
D) Qadimiy baqtriyaliklar Surxon vohasi, janubiy Afg`oniston va Tojikistonning shimoliy hududlarida yashagan
3. Qaysi davrga kelib inson xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qura boshladi
A) Yangi tosh davrida B) Mis tosh davri C) O`rta tosh davri D) Bronza davrida
4. 1409 yilning bahorida Amir Xudoydot qaysi shaharlarni osongina qo`lga kiritib Samarqand tomon askar tortadi.
A) O`ratepa va Farg`ona B) Farg`ona va Qoshg`ar C) Shoxruhiya va O`ratepa D) Xo`jand va O`ratepa
5. Amir Temur o`limidan biroz avval mamlakatni o`g`illari va nabiralariga taqsimlaganda Iroq hududini olgan Temuriyzodaning markaziy shahri bilan bog`liq tarixiy voqeani toping
A) Shayboniyxon tomonidan 1507-yilda bosib olindi
B) Mazkur shaharda yer aylanasini o`lchashda yangi usul-matematik usulni yaratgan alloma vafot etdi
C) Shayboniyxonni o`ldirgan hukmdor ushbu shaharni 1502-yilda ishg`ol qilgan
D) Ushbu shaharda Muhammad Mirxond tavallud topgan
6. Qo`qon xonligiga qarshi soliqlarning og`irligidan norozi bo`lib 1845-yilda qo`zg`alon ko`targan shahar qaysi Qo`qon hukmdori davrida bo`ysundirilgan edi A) Erdonabiy B) Olimbek C) Abdukarimbiy D) Abdurahimbiy
7. ”Ko`z kasalligiga doir asosiy kitob” asarining muallifini belgilang
A) Muhammad Amin Buxoriy B) Ubaydulloh Kahhol C) Sultonali Samarqandiy D) Shohali ibn Sulaymon
8. Maxmur( asl ismi Maxmud) o`qigan madrasa qachon bunyod etilgan
A) XVIII asr boshida B) XVI asr boshida C) XVIII asr oxirida D) 1841- yil
9. “Imperiya- bu tinch totuvlik” deb aytgan shaxs haqidagi to`g`ri fikrni aniqlang ?
A) U mamlakatda Meydzi islohotlarini boshlab bergan B) Mamlakatning birinchi “temir kansleri”nomini olgan
C) Fransiyaning birinchi prezidenti hisoblanadi D) Avstro-Vengriya imperiyasining asoschisi hisoblanadi
10. Barcha musulmonlarni huquq jihatidan tenglashtirgan Xuroson noibi davri oralig`ida yuz bergan voqeani belgilang
A) Xalifa Marvon II davri boshlandi B) Samarqandda G`urak davri tugadi
C) Abu Muslim o`ldirildi D) ”Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobining muallifi tavallud topdi
11. XIX asrning 70-yillarida Yaponiya hukumati qaysi masalaga Yaponiyani uning ichki ishlariga chet davlatlar aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi asosiy omil deb qaragan
A) Zamonaviy armiya yaratish masalasiga B) Yangi mustamlakalarni egallash masalasiga
C) Syogun hokimiyatini saqlab qolish masalasiga D) Ishlab chiqarishni industrlashtirish masalasiga
12. Quyidagi Amerika adiblaridan qaysi biri yozuvchi (yoki shoir) hisoblanmaydi ?
A) Genri Langfello B) Uolt Uitmen C) German Mervil D) Benjamin Uest
13. O`rta asrlarda Angliyada qabul qilingan “Mayl End” dasturiga binoan qirol tomonidan rozilik berilmagan shartni belgilang
A) Erkin savdoga ruxsat berish B) Jon solig`ini kamaytirish
C) Dehqonlarning qaramligini bekor qilish D) Yer solig`ini kamaytirish
14. Bolgariyada Asparux hukmronlik qilgan davr oralig`ida yuz bergan voqeani belgilang
A) Arablar Maymurg` shaxriga hujum qildi B) Arablar Marvni egalladilar
C) Xalifalikka qarshi Iroqning Kufa shahrida qo`zg`olon boshlandi D) Xalifa Umar davri tugadi
15. “O`n sakkizlar ishi” kitobi nashr etilgan yili…
A) Fransiyada Ollanboylar uchun qo‘shimcha soliq o‘ rnatish tashabbusi bilan chiqdi
B) Italiyadabosh vazir lavozimini egallagan Paolo Jentiloni egalladi
C) Rio de Jeneyro shahrida yozgi olimpiada o`yinlari bo`lib o`tdi
D) Filippinda o`lim jazosi bekor qilindi
16. XIX asr oxirida Turkiyada vujudga kelgan va sulton hokimiyatini tugatish g`oyasini ilgari surgan “Yangi usmonlilar harakati” tashkilotiga qaysi tabaqa vakillari ham qo`shilgan edi
A) Ziyolilar,amaldorlar va savdogarlar B) Hunarmandlar,amaldorlar va ziyolilar
C) Zobitlar,amaldorlar va ziyolilar D) Hunarmandlar,zobitlar va savdogarlar
17. …………….asarlarida jamiyatdagi qusurlarni tanqid qilish bilan birga,ijtimoiy taraqqiyotga,adolatga xizmat qiluvchi kuchlarni zo`ravonlikka qarshi qo`yish g`oyalari ilgari surilgan edi A) J.London B) B.Shou C) A.Frans D) R.Rollan
18. Angliyada qirol Vilgelm I davrida qaysi omil baronlarning qirol atrofida yanada jipslashuviga olib kelgan
A) Baronlarning o`z xokimiyatini mustahkamlashga intilishlari
B) Baronlar qirol yordamida mahalliy angl-sakslar yerlarini tortib olishni maqsad qilganliklari
C) Angl-sakslarning doimiy qo`zg`alon ko`tarish xavfi
D) Baronlar yer mulklarni turli viloyatlardan emas markaziy qismlardan olishga intilishlari
19. 1917-yil aprelda Buxoroda namoyishga to`plangan 150 kishiga kimlar rahnamolik
qilishgan edi.
A) Ubaydulla Xo`jayev va A.Fitrat B) Fayzulla Xo`jayev va A.Avloniy
C) M.Bexbudiy va A.Fitrat D) Fayzulla Xo`jayev va A.Fitrat
20. 1898-yil Andijonda ko`tarilgan Dukchi Eshon qo`zg`olonini bostirishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan raxbarlik qilish vazifasi yuklatilgan shaxs…………….gubernatori edi A) Orenburg B) Sirdaryo C) Farg`ona D) Yettisuv
21. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xivada eng og`ir majburiyat turi va uni bajarmaganga qanday jazo qo`llanilgani qaysi qatorda to`g`ri berilgan
A) Majburiy askarlikka olish.Bormaganlar xazinaga ma`lum miqdorda soliq to`lagan
B) Xonning mulkida ishlab berish.Bosh tortgan ma`lum muddat qulga aylantirilgan
C) Sug`orish inshoatlarini ta`mirlash va yangilarini barpo etish,chiqmaganlar muayyan miqdordagi mablag`ni xazinaga to`lashi shart bo`lgan
D) Saroylar va masjidlar qurilishiga safarbar etilish. Bo`ysunmaganlar ikki yillik soliqni bir yo`la to`lashi shart bo`lgan
22. Italiyada qachon fashistik guruhlarning Rimga yurishlari bo`lib o`tdi A) 1920- yil B) 1923-yil C) 1921- yil D) 1922-yil
23. Qaysi yilda Eron – Iroq o’rtasida urush boshlangan ? A) 1980 yil B) 1979 yil C) 1990 yil D) 1968 yil
24. Ikkinchi jahon urushi davrida mashhur Stalingrad jangi bo`lib o`tgan davrni to`g`ri belgilang
A) 1941- yil noyabr- 1943 yil mart B) 1942- yil noyabr- 1943 yil fevral
C) 1942 -yil fevral- 1943 yil noyabr D) 1942 -yil oktyabr-1943 yil fevral
25. Nechanchi yilda Turkiyada Turg`ut O`zol bosh vazir lavozimiga keldi A) 1983- yil B) 1989- yil C) 1982- yil D) 1985- yil
26. Yaponiya qachon Millatlar Ligasi tashkilotidan chiqdi A) 1932- yil B) 1933- yil C) 1937- yil D) 1941- yil
27. Turkiston muhtoriyati tuzilganda bosh vazir o`rinbosari lavozimiga kim tayinlangan edi.
A) Abdurahmon O`razayev B) Obidjon Maxmudov C) Islom Shoahmedov D) Ubaydulla Xo`jayev
28. Pomirning Ergashtom ovulida Farg`ona muvaqqat hukumati tuzilgan vaqtni belgilang
A) 1919-yil sentyabr B) 1918-yil oktyabr C) 1918-yil sentyabr D) 1919-yil oktyabr
29. Mamlakatimizda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti filiali ochilgan yil qanday yil deb e`lon qilingan.
A) Barkamol avlod yili B) Yoshlar yili C) Ijtimoiy himoya yili D) Mustahkam oila yili
30.Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1995-yil qaysi shaharda Orol dengizi muammosiga bag`ishlangan uchrashuv o`tkazilgan edi. A) Qizil O`rda B) Toshhovuz C) Toshkent D) Chimkent