20) “Monitoring” so’zinig ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorini toping.
A) “Monitoring –fransuzcha atama bo’lib, “kuzatish” degan ma’nosini anglatadi
|
V) “Monitoring – inglizcha atama bo’lib, “uzluksiz kuzatish” degan ma’nosini anglatadi
|
S) “Monitoring – inglizcha atama bo’lib, “tekshrish” degan ma’nosini anglatadi
|
D) “Monitoring –lotinch atama bo’lib, “uzluksiz ta’lim” degan ma’nosini anglatadi
|
|
|
Ochiq test.
21. Pedagogika fanining vazifalari nimalardan iborat?
Pedagogika – ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o’rganadigan fan sohasi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
22. Ta’lim mazmunini belgilovchi davlat xujjatlariga nimalar kiradi?
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga kiradi.
23. O’quv faoliyatini nazorat qilishda joriy nazoratni yoriting.
Joriy nazorat o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning har bir o’quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o’rganilgan mavzularni o’zlashtirish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini tekshirishni o’z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o’qituvchini har bir o’quvchining o’quv faoliyati bo’yicha tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, o’qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o’zlashtirmagan o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlaydi, o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha choralar belgilaydi.
24. Ta’lim vositalari deganda nimani tushunasiz?
Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o’zlashtirish uchun o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Ta’lim vositalari o’zida o’quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o’qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o’qitish» savoliga javob beradi.
25. O‘quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari qanday?
O’quvchilar jamoasini shakllantirish to’rt bosqichda amalga oshiriladi. |
Do'stlaringiz bilan baham: |