Biologiya
76. Quyonlar qulog`ining uzunligi ikki juft polimer genlar tomonidan boshqariladi. Har bir dominant gen quloqning uzunligi 6 sm bo`lishini, har bir retsessiv gen esa 3 sm bo`lishini ta`minlaydi. Quyidagi genotipli organizmlarni ularning fenotipiga moslashtiring.
1) D1D1D2D2; 2) D1d1D2D2; 3) D1D1D2d2; 4) D1D1d2d2; 5) D1d1d2d2; 6) d1d1d2d2; 7) d1d1D2d2; 8) D1d1D2d2;
a) 24 sm; b) 21 sm; c) 18 sm; d) 15 sm; e) 12 sm;
A) a- 1; b- 4,8; c- 2,3; d- 5,7; e- 6;
B) a- 1; b- 2,4; c- 3,7; d- 5,8; e- 6;
C) a- 6; b- 2,5; c- 7,8; d- 4,5; e- 1;
D) a- 1; b- 2,3; c- 4,8; d- 5,7; e- 6;
77. Mitoxondriya (a) va xloroplastlarga (b) xos xususiyatlarni aniqlang.
1) xlorofillga ega; 2) ichki membranasi kristalar hosil qiladi; 3) kislorod ishtirokisiz ATF sintezlaydi; 4) bo’linib ko'payadi; 5) organik modda parchalanishi hisobiga ATF sintezlaydi; 6) uglevod hosil qiladi; 7) tarkibida DNK mavjud; 8) simbioz gipotezasiga ko‘ra anaerob bakteriyalardan kelib chiqqan
A) a - 2, 3, 5; b - 4, 6, 8 B) a -1,3, 4; b - 1, 6, 8
C) a - 6, 8; b- 2, 5, 7 D) a -2,5, 7; b - 1, 3, 6
78. Erkak shimpanze neyronidagi umumiy xromosomalar sonini (a), genlarning birikish guruhini (b), autosoma sonini (c) va X-xromosoma sonini (d) aniqlang.
A) a - 48, b - 24, с - 46, d - 0
B) a - 48, b - 24, с - 46, d - 1
C) a - 46, b - 23, c- 44, d - 1
D) a - 24, b - 12, с - 24, d – 2
79. Nuqtalar o’rniga mos javobni tanlang.
1) Ayrim halqali chuvalchanglarning urug’langan tuxum hujayrasi parazitlik qilib hayot kechirsa …….
2) Kolovrotkalarda sitoplazmasi kam tuxum hujayradan ……
A) 1 – singam tipda, ♂ organizm rivojlanadi;
2 – progam tipda, ♂ organizm rivojlanadi
B) 1 – epigam tipda, ♂ organizm rivojlanadi;
2 – progam tipda, ♂ organizm rivojlanadi.
C) 1 – epigam tipda, ♀ organizm rivojlanadi;
2 – progam tipda, ♀ organizm rivojlanadi.
D) 1 – progam tipda, ♂ organizm rivojlanadi;
2 – singam tipda, ♀ organizm rivojlanadi.
80. Qaysi o’simlik bilan zaharlanganda ayrim hollarda odam birdan kulib, birdan yig’lashi kuzatiladi?
A) kanakunjut B) mingdevona
C) bangidevona D) zaharli ayiqtovon
81. Oqsillarning birlamchi(a), ikkilamchi(b), uchlamchi(c) va to’rtlamchi(d) tuzilishiga xos belgilarni toping.
1) gemoglobinga xos, 2) mioglobinga xos, 3) keratin misol bo’ladi, 4) kollagen misol bo’ladi, 5) NH-guruhlari bilan qo‘shni o‘ramdagi CO-guruhi o‘rtasida vodorod bog‘lari hosil bo‘ladi, 6) tuzilishini gidrofob bog’lar saqlab turadi, 7) aminokislota radikallari spiral tashqarisida qoladi, 8) assotsatsiya yoki dissotsatsiya bo’lib turadi, 9) polipeptid zanjir ko’rishida bo’ladi.
A) a – 9; b – 2,4,5,7; c – 3,6; d – 1,8
B) a – 9; b – 3,4,5,7; c – 1,8; d – 1,6
C) a – 9; b – 3,4,5,7; c – 2,6; d – 1,8
D) a – 9; b – 3,4,5,7; d – 1,6; c – 2,8
82. Bargi metamarfozlashgan o'simliklarni aniqlang?
A) sebarga, zirk B) suv qirqqulog'i, no'xat
C) kaktus, bodring D) qulupnay, xarduma
83. Berilgan hayvonlardagi tuzilmalarni murtakning qaysi qavatidan paydo bo‘lishi bilan juftlang.
a) ektoderma; b) mezoderma; c) endoderma;
1) bitiniyaning jabrasi; 2) faytunning bosh miyasi;
3) forelning oshqozonosti bezi; 4) apollonning mo'ylovi; 5) falanganing jinsiy bezlari
A) a-2; b-5; c-1 B) a-4; b-5; c-1,3
C) a-2,4; b-5; c-3 D) a-2,4; b-3,5;c-1
84. Qaysi fermentlar ovqat tarjkibidagi peptid bog’larni (a), glikozid bog'larni (b) uzadi?
A) a-pepsin,xlorid kislota; b-ptialin
B) a- enterkinaza: b- lipaza
C) a-tripsin; b- amilaza
D) a- lizotsim; b-ptialin
85. Xromatini faqat nuklein kislotadan (a), oqsil va nuklein kislotadan (b) iborat bo‘lgan organizmlami juftlang.
1) pseudomonas; 2) karaganka; 3) semga 4) nostok 5) achitqi;
6) E.coli; 7) gavial
A) a-5,7; b-6,1 B) a-5,1,6; b-7,3
C) a-4,1; b-5,2 D) a-6,4; b-7,1,3
86. Sukkulentlarga xos bo’lgan javobni toping.
1) Fotosintez jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi, 2) suvni zaxirada saqlovchi to‘qimalar mavjud, 3) sitoplazmasi yuqori yopishqoqlikka ega, 4) barg og‘izchalari kam va kunduzi yopiq bo‘ladi, 5) sutlamalar misol bo’ladi, 6) saksovul misol bo’ladi, 7) barg og‘izchalarining chuqur joylashgan, 8) poyasida suvni zaxirada saqlovchi to‘qimalar mavjud
A) 1,4,2 B) 3,6,7 C) 3,6,4 D) 2,8,7
87. Otasi daltonizm bo‘yicha sog‘, onasi esa daltonizm bilan kasal erkak somatik hujayrasining mitoz sikli metafazasida d (I), D (II) allellari sonini aniqlang.
A) I-1; II-0 B) I-2; II-0
C) I-2; II-2 D) I-0; II-1
88. Ultrabinafsha (a), infraqizil (b) va ko’rinadigan (c) nurlarga xos xususiyatlarni keltiring
1)yerdagi issiqlik manbayi; 2)fototropizm shakllanadi; 3)tirik organizmlar uchun halokatli ta’sir etadi; 4)fototaksis shakllanadi; 5)hayvonlar ozuqa, yashash uchun joy axtaradi; 6)bo’g’ma ilonga tunda ov qilish imkonini beradi; 7)fotonastiya yuzaga keladi; 8)amfibiyalar tana haroratini ko’tarish uchun foydalandi; 9)barg og’izchalari orqali karbonat angidrid yutilishida ahamiyatga ega; 10)fotosintezda ahamiyatga ega
A) a-3; b-1,5,8; c-2,4,7 B) a-3; b-6,8,9; c-2,4,5,7
C) a-3; b-4,6,8; c-2,9,10 D) a-3; b-2,4,6,7,8; c-5,9,10
89. Sovuq haroratli muhitda yashovchi qaysi organizmlarda muz kristallari hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan glitsirin (a) va glikoprotein (b) hosil bo’ladi?
1) qushlar; 2) sutemizuvchilar; 3) hasharotlar; 4) baliqlar
A) a-2; b-1 B) a-1; b-2 C) a-4; b-3 D) a-3; b-4
90. Efemerlar (a) va efemeroidlar (b) ga misol keltiring
I-bir yil yashaydigan o’simlik va hayvonlar; II-ko’p yillik o’simliklar; III-ko’p yil yashaydigan o’simlik va hayvonlar; IV-bir yillik o’simliklar;
1) ninachi; 2) achambiti; 3) rayhon; 4) gatteriya; 5)iloq; 6)ildam kaltakesak; 7) pskom piyozi; 8) butli o’rgimchak
A) a-I-1,3,5; b-III-4,5,7 B) a-I-8,2; b-III-6,7
C) a-II-5,7; b-IV-3,5 D) a-IV-2,3; b-II-5,7
91. Hosil bo’lgan siydikning qovuqqacha bo’lgan yo’nalishini to’g’ri ko’rsating
A) yig’uvchi naychalar – piramida so’rg’ichlari (piramidalar) – kosacha – buyrak jomi – siydik yo’li
B) piramida so’rg’ichlari – yig’uvchi naychalar – kosachalar – siydik yo’li
C) kapsula – birlamchi ilonizi naychalar – genle halqasi – ikkilamchi ilonizi naychalar – piramidalar – kosachalar – buyrak jomi – siydik yo’li
D) kapsula – birlamchi ilonizi naychalar – genle halqasi – ikkilamchi ilonizi naychalar – buyrak jomi– siydik yo’li
92. Odam organizmi kichik qon aylanish doirasi …
a) ikki tavaqali klapan orqali o’tadi; b) yarimoysimon klapan orqali o’tadi; с) karbonat angidridga to‘yingan qonni yurakka tashiydi; d) kislorodga toʼyingan qonni yurakka tashiydi; e) uch tavaqali klapan orqali o’tadi; f) 2 ta vena bilan tugaydi; g) 4 ta vena bilan tugaydi
a) a,b,c b) b,d,g c) a,c,f d) b,d,f
93. Ma`lum bir xromosoma bo`lagida A, B va C genlari o`zaro birikkan holda irsiylanadi A va B geni orasidagi krossingover foizi 4,7 morganidani, B va C geni orasidagi 2,1 morganidani tashkil qilsa, A va C genlari orasidagi masofani (morganida) aniqlang.
A) 2,6 B) 6,8 C) 9,8 D) 4,7
94. Nullisomik (a), trisomik (b), monosomik (c) va tetrasomik (d) holatlarga misol keltiring
1) bug’doyda 2n=15; 2) karamda 2n=20; 3) odamda 2n=45; 4) suvarakda 2n=46; 5) Daun sindromli qiz; 6) Klaynfelter sindromli yigit; 7) Shershevskiy-Terner sindromli qiz
a) a-4; b-6, c-7; d-2 b) a-4; b-5, c-6; d-7
c) a-2; b-1, c-3; d-7 d) a-3,7; b-1, c-7; d-2
95. Zea mays ga tegishli fikrlarni toping.
1) hujayra markazida sentriolalar soni ikkita; 2)birikish guruhi soni 10 ga teng; 3)genomining 50 % ini transpozon, retrotranspozon va retropozonlardan iborat; 4) mikrosporotsitda xromosomalar to’plami n=10; 5)urug’chili gullari uzun va yo’g’on gulpoyada bandsiz joylashadi; 6) poyasi poxol yoki somon poya; 7) megasporasida xromosomalar to’plami 2n=14;
a) 2,3,6 b) 1,4,5 c) 4,6,7 d) 3,5,7
96. Xoldor to‘tilarning pat rangi komplementar irsiylanishda oq, sariq, havorang va yashil ranglarda bo‘ladi. Urg‘ochi va erkak to‘tilar o‘zaro chatishtirilganda avlodda barcha rangdagi to‘tilar olindi, ammo havorang to‘tilarning sariq rangdagi to‘tilarga bo‘lgan nisbati 3:1 ga teng. Ota-ona formalarning genotipini aniqlang.
A)AABb x aaBb B)AaBb x Aabb
C)AaBb x AaBb D)AaBb x aabb
97. Ikkilamchi suv hayvonlari (I) va birlamchi suv hayvonlarini (II) ko’rsating
a) forel; b) kit; c) akula; d) delfin; e) ixtiozavr; f) kasatka; g) tikandum; h) kashalot; i) gambuziya
a) I-f,g,h; II-a,c b) I-h,b,i; II-c,f,g
c) I- a,g,i; II- e,f,h d) I- e,f,h; II- a,g,i
98. Buyrakning po’st (a) va mag’iz (b) qismlarida joylashgan tarkibiy qismlarni to’g’ri belgilang
1) kosacha; 2) Genle halqasi; 3) birlamchi ilonizi naychalar; 4) ikkilamchi ilonizi naychalar; 5) nefron kapsulasi
a) a-3,4,5; b-1,2 b) a-1,2,3,4 b-5
c) a-3,4; b-1,2,5 c) a- 2,5; b-1,3,4
99. Parallelizm hodisasi tufayli o’xshash belgilarga ega bo’lgan organizmlarni to’g’ri juftlang
1) paki; 2) aguti; 3) delfin; 4) pangolin; 5) oddiy krot; 6) xaltali krot; 7) suv ayg’iri; 8) ixtiozavr; 9) zirhli; 10) antilopa; 11) akula; 12) suv cho’chqasi; 13) jajji kiyik
a) 3-8-1; 1-13; 5-6; 2-9; 4-10; 7-12
b) 1-13; 2-10; 4-9; 7-12
c) 9-10; 7-12; 2-4; 1-7
d) 1-2; 10-13; 4-9; 7-12
100. Golozoy oziqlanishga ega organizmlarni ko’rsating
a) shumg’iya, tovushqon, qorakuya
b) kivi, sakrovchi, vidra c) zamburug’, bakteriya
d) rishta, leyshmaniya, baqachanoq lichinkasi
101. 84 000 aholisi boʻlgan populatsiyada 210 ta kishida kasallik-retsessiv belgi uchraydi. Shu populatsiyada geterozigotalarning uchrash foizini aniqlang?
A) 90,25 % B) 9,5 % C) 0,25 % D) 9,75 %
102. Orqa miyaning o’tkazuvchanlik (a) va reflektorlik (b) funksiyasini nima ta’minlaydi ?
1) oldingi shox; 2) orqa shox; 3) kulrang modda; 4) oq modda
a) a-1; b-2 b) a-2; b-1 c) a-4; b-3 d) a-3; b-4
103. Nima uchun umurtqasiz hayvonlarda ayirish sistemasi funksional jihatdan mukammal emas deb hisoblanadi ?
a) naychalarning bir uchi berkligi (protonefridiy) yoki to’g’ridan – to’gri tashqariga ochilishi (metanefridiy) tufayli
b) ayirish sistemasi qon aylanish sistemasi bilan tutashmaganligi sababli
c) Ikki uchi ochiqligi tufayli
d) bir uchi berkligi tufayli
104. Shumlyanskiy-Bauman kapsulasi va Malpigiy tuguni qaysi buyrakda hosil bo’lgan ?
a) boshlang’ich buyrak b) birlamchi buyrak
c) haqiqiy buyrak d) metanefridiy
105. Alangasimon hujayra (a), kiprikchali voronka (b) va Genle halqasi (c) qaysi ayirish organlari bilan bog’liq ?
1) metanefridiy; 2) malpigi naylari; 3) tana buyragi; 4) protonefridiy; 5) haqiqiy buyrak
a) a-4; b-1, 3; c-5 b) a-1; b-3; c-5
c) a-2; b-4; c-5 d) a-4; b-1; c-3,4