Variant o’simliklarga ta’sir ko’rsatadigan tashqi muhit faktorlari guruppalari



Download 18,93 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi18,93 Kb.
#469293
Bog'liq
2 variant


2 variant
1 o’simliklarga ta’sir ko’rsatadigan tashqi muhit faktorlari guruppalari
2 O’simliklar hayotida yorug’likning ro’li
3 yorug’lik energiyasining o’simliklarga ta’sir qiluvchi o’lchov birliklari

1 Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik omillar va biotik omillarga boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.
Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.
Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.
Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:
1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.
3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.
Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng quyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi. Shuniham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi.

2 YOrug’lik omili - ekologik omil ekanligini va 
o’simliklarning yorug’lik omili munosabatiga ko’ra guruhlari haqida malumot berish.
Eng muhim ekologik omil - hayot omillaridan biri – bu yorug’lik hisoblanadi. YOrug’likka bo’lgan talabiga qarab o’simliklarning quyidagi ekologik 
guruhlari farq qilinadi: 
1. YOrug’sevar o’simliklar (geliofitlar). 2. Soyasevar o’simliklar (stsiofitlar).
3. Oraliq o’simliklar (fakultativ geliofitlar). 
YOrug’sevar o’simliklar - yorug’lik etarli bo’lgandagina normal o’sishi, rivojlanishi mumkin. 
Bular soyaga chidamsiz bo’ladi. Bu guruhga dasht va cho’l zonalari o’simliklari, o’tloqlarda o’suvchi 
yaltirbosh, ariq bo’yi va o’rmonlarning birinchi yarusini tashkil qiluvchi baland bo’yli daraxtlar, 
qirg’oq va suv o’tlari, ochiq erlardagi ko’pchilik izdaniy o’simliklar kiradi. Ko’p yillik o’t 
o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari ham kiradi. 
Soyasevar o’simliklar yoki soyada o’suvchilar - yorug’lik kuchsiz tushadigan joylarda o’sadi. 
Ular kuchli yorug’likni yoqtirmaydi. Bularga, o’simlik qoplamining pastki yaruslarida o’suvchi 
turlar, moxlar, paporotniklar, tog’ binafshasi misol bo’ladi. Undan tashqari ko’pchilik xona va 
o’simlik jamoasining pastki yarusidagi o’simliklar ham. YOrug’sevar va soyasevar o’simliklarni 
solishtirib qaraganda ularning anatomiya, morfologiya, fiziologiyasida sezilarli farq borligini ko’rish mumkin 

3 YOrug’lik fizikaviy 
nuqtai nazardan olganda yorug’lik manbaidan chiqayotgan elektromagnit to’lqinlaridan iborat energiya 
nuridir. Bu yorug’lik nuri tirik organizmlar hayotida muhim rol o’ynaydi. 
Ultrabinafsha nurlar orasida er yuzasiga etib keladigan faqat uzun to’lqin uzunlikdagilar to’lqin 
uzunligi 290 - 380 nm) hisoblanadi. Qiska to’lqin uzunlikdagi nurlar esa tiriklikni halok qiluvchi hisoblanib
20 - 25 km balandlikda O3
 molekulasidan tashkil toptan ozon ekrani tomonidan to’liq yutiladi. To’lqin 
uzunligi uzun bo’lgan ultrabinafsha nurlar yuqori kimyoviy faollikga ega. Uning katta miqdori organizmlar 
uchun zarar bo’lib, kamroq miqdordagisi esa ko’pchilik nurlar uchun zarur hisoblanadi. 
Demak, yorug’lik manbai Quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh radiatsiyasining 
– 2 foizi atmosfera orqali qaytariladi, 15 foizi atmosferani isitishga ketadi, faqatgina 43 foizi er yuziga kelib 
tushadi. O’simliklar tamonidan yil bo’yi qabul qilinadigan yorug’lik – faqatgina yorug’lik tezligiga bog’liq 
bo’lib qolmasdan, u kunning uzunligiga ham bog’liq bo’ladi. 
Kunning uzunligi ekvatordan kutblarga tomon oshib boradi. O’simliklar qoplami uchun butun yil 
bo’yi qabul qilinadigan radiatsiya yig’indisi emas, balki yil davomida o’simliklar o’sish mavsumidagi 
yorug’lik miqdori ahamiyatga egadir. 
O’simliklar faqat o’ziga bevosita to’g’ri tushadigan yorug’likdan emas, balki tarqoq holda tushadigan 
yorug’likdan ham foydalanadi. 
To’g’ri tushadigan quyosh nurlari ko’pincha o’simliklar uchun xavfli bo’ladi. Chunki nurning tasiri 
natijasida o’simliklar tsitoplazmasi va xlorofilllari nobud bo’ladi. Tarqoq holda tushadigan yorug’lik 
o’simliklar tamonidan to’la o’zlashtiriladi. U foydaliroq bo’lib, uning 50 – 60 % fotosintez jarayoni uchun 
muhim bo’lgan zangori - qizil nurlardan iboratdir. To’g’ri tushadigan yorug’likda bu xildagi nurlar miqdori 
30 – 35 % dan oshmaydi.
Download 18,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish