Variant-3 zoo (2015)
1. Qandalalar nima sababdan yarim qanotlilar turkumiga kiritilgan?
A) birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof
B) ikki juft qanotlari yupqa
C) ikki juft qanotlari qalin
D) birinchi juft qanotlarining oldingi qismi yupqa, orqa qismi qalinlashgan
2. Donli ekinlar doni va bargini so‘rib oziqlanuvchi hasharotni belgilang.
A) to‘shak qandalasi
B) chirildoq
C) ninachilar
D) xasva qandalasi
3. Iskabtoparlar qaysi hasharotlar turkumiga xos?
A) pardaqanotlilar
B) qattiq qanotlilar
C) ikki qanotlilar
D) teng qanotlilar
4.Quyidagi o‘rgimchaksimonlar bilan ko‘zlarining soni juftlab ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni toping.
1) butli o‘rgimchak; 2) falanga; 3) chayon; a) 8; b) 12; c) 2
A) 1-a, 2-b, 3-c
B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-b, 2-c, 3-a
5.Ham oddiy, ham murakkab ko‘zga ega bo‘lgan hasharotni belgilang.
A) tut ipak qurti B) temirchak
C) asalari D) qandala
6.Ishchi asalarining murakkab (I) va oddiy (II) ko‘zchalarining soni to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) 1-1 ta; II - 2 ta
B) 1-2 ta; II - 2 ta
C) 1-2 ta; II - 3 ta
D) 1-2 ta; II - 4 ta
7. Kapalaklarning lichinkasiga xos belgilar to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang.
a) tanasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan, og‘iz apparati kemiruvchi;
b) tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, og‘iz apparati so‘ruvchi;
c) ko‘krak bo‘limida uch juft haqiqiy oyoqlari bo‘ladi;
d) qorin bo‘limida besh juft soxta oyoqlari bo‘ladi;
e) ko‘krak bo‘limida besh juft haqiqiy va qorin bo‘limida uch juft soxta oyoqlari bo‘ladi;
f) soxta oyoqlari yo‘g‘on, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan;
j) haqiqiy oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘linmagan
A) b, e, j B) a, e, f C) a, c, d, j D) a, c, d, f
8. Kapalaklarning lichinkasiga xos bo‘lmagan belgilar to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang.
kemiruvchi;
b) tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, og‘iz apparati so‘ruvchi;
c) ko‘krak bo‘limida uch juft haqiqiy oyoqlari bo‘ladi;
d) qorin bo‘limida besh juft soxta oyoqlari bo‘ladi;
e) ko‘krak bo‘limida besh juft haqiqiy va qorin bo‘limida uch juft soxta oyoqlari bo‘ladi;
f) soxta oyoqlari yo‘g‘on, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan;
j) haqiqiy oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘linmagan
A) b, e, j B) a, e, f
C) a, c, d, j D) a, c, d, f
9.Qaysi hayvonning qoni nafas olishda qatnashmaydi?
A) krevetka B) bitiniya
C) o'rgimchak D) ninachi
10. Birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilarni aniqlang.
A) qisqichbaqasimonlar B) o'rgimchaksimonlar C) hasharotlar D) barchasi
11. Qisqichbaqaning og‘iz teshigi nechta jag‘ bilan o‘ralgan?
A) uchta B) ikkita C) to‘rtta D) oltita
12. Daryo qisqichbaqasining hid bilish va tuyg‘u organlarini aniqlang.
A) faqat uzun mo‘ylovlari
B) faqat oyoqlaridagi tukchalar
C) mo‘ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan tukchalar
D) kalta mo‘ylovlari va xitin plastinkasi
13.Evglenani qorong‘i joyda uzoq saqlansa ...
a) xlorofili yemiriladi; b) rangsizlanadi;
c) tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi;
d) organik moddalar og‘iz teshigi orqali kiradi;
e) organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oladi; f) xlorofill donachalari sintezi kuchayadi A) a, b, с, e B) a, b, c, d
C) c, d, f D) a, b, c, d, e, f
14. Amyoba tanasidan ortiqcha suv va zararli moddalar qaysi organoid ishtirokida chiqarib yuboriladi?
A) soxta oyoqlar B) anal teshigi
C) hazm vakuolalar D) qisqaruvchi vakuolalar
15.Amyobali suv tomchisiga osh tuzi qo‘shilsa nima kuzatiladi ?
A) soxta oyoqlarini tortib oladi;
B) soxta oyoqlarini otib chiqaradi;
C) sharsimon shaklga kiradi;
D) tanasi cho‘ziladi va ikkiga bo‘linadi
A) b, с В) b, d С) a, с D) a, d
16.Amyobaning ko‘payishida qanday jarayonlar kuzatiladi? Ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
a) yadro hajmi ortadi; b) yadro qobig‘i yemiriladi; c) yadro qismlari hujayraning ikki tomoniga teng taqsimlanadi; d) hujayraning ikki tomonida yadro hosil bo‘ladi; e) amyoba tanasi cho‘ziladi va ikkiga bo‘linadi; f) yadro hajmi kamayadi; j) yadro qobig‘i qalinlashadi; k) yadro va amyoba tanasi barobar cho‘ziladi va ikkiga bo‘linadi; l) hosil bo‘lgan hujayralarda qo‘shimcha yadro hosil bo‘ladi
A) f, j, k, 1 B) a, b, c, d, e
C) a, c, d, к, 1 D) f, j,k,b
17.Ohak chig‘anoqli soxta oyoqlilarning vakilini aniqlang.
A) nursimonlar B) nozema
C) foraminifera D) ichburug' amyobasi
18.Soxta oyoqlilarga mansub bo‘lmagan hayvonni aniqlang.
A) nursimonlar B) nozema
C) foraminifera D) ichburug' amyobasi
19.Gidrasimonlar nimadan kelib chiqqan?
A) koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan
B) koloniya bo'lib yashovchi yassi chuvalchanglardan
C) meduzalardan
D) koloniya bo'lib yashovchi korall poliplardan
20.Hazm sistemasi qorin tomonida joylashgan og‘iz teshigidan, halqumdan va uch shoxli uchi berk ichakdan tashkil topgan hayvonni aniqlang.
A) jigar qurti B) exinokokk C) oq planariya
D) qoramol tasmasimon chuvalchangi
21.Oq planariyaga xos bo‘lmagan belgi ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) orqa ichagi va chiqarish teshigi rivojlangan
B) orqa ichagi va chiqarish teshigi bo'lmaydi
C) tana sirti bir qavat epiteliy hujayralari bilan qoplangan
D) ikki tomonlama simmetriyaga ega
22. Harorat oshganda, kislorod yetishmasa planariya………
A) sistaga aylanadi
B) nobud bo'ladi
C) mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi
D) jinsiy yo'l bilan ko'payadi
23.Qattiq skeletli, koloniya bo‘lib yashovchi bo‘shliqichlilarni aniqlang.
A) aktiniya poliplari
B) aureliya
C) gidra polipi
D) korall poliplari
24.Volvoksning ta’sirlanishi qanday o‘tadi?
A) hujayrasi sharsimon shaklga kiradi
B) suvning yorug‘ tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi
C) xivchinlarini tashlab, qalin qobiqli sista hosil qiladi
D) tayoqchasimon tanachalarini otib chiqaradi
25.Gelmintlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda qatnashgan olimni aniqlang.
A) P.Borovskiy B) K.Skryabin
C) O.Bogdanov D) J.Tomson
26.Exinokokka xos bo‘lmagan belgi ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) tuxumga to‘lgan pufakchalar (finnalar)
odamning axlati bilan tashqariga chiqadi
B) tanasi 5-6 bo'g'imdan iborat
C) boshida 4 ta so'rg'ichlari mavjud
D) tuxumga to'lgan oxirgi bo'g'imi axlat bilan tashqariga chiqadi
27. Bolalar gijjasi tuxumlarini qayerga qo‘yadi ?
A) ingichka ichakka B) yo'g'on ichakka
C) oshqozon va ko‘richakka
D) anal teshigi atrofidagi teriga
28. Bolalar gijjasi (1), exinokokk (2), nereida (3) va qizil chuvalchang (4) lar qaysi tiplarga mansub ?
a) yassi chuvalchanglar; b) to‘garak chuvalchanglar; c) molluskalar; d) halqali chuvalchanglar
A) 1b, 2a, 3c, 4d
B) 1a, 2b, 3d, 4c
C) 1b, 2a,3d, 4d
D) lb, 2a, 3d, 4c
29. Qaysi parazitning tuxumlari iflos qo‘l orqali yana ichakka tushib qolsa, qaytadan rivojlana boshlaydi ?A) jigar qurti B) exinokokk
C) gijja D) bo'rtma nematoda
30.Jigar qurtining qoramol tasmasimon chuvalchangidan farqi nimada?
A) hazm organlari rivojlangan
B) hazm organlari rivojlanmagan
C) yassi chuvalchanglar tipining vakili
D) parazit hayot kechiradi
31. Odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladigan chuvalchanglar soni to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
A) 20 ming B) 20 mln
C) 10 ming D) 12 ming
32.O‘simlik gelmintlarini o‘rgangan olimni aniqlang.
A) M.A. Sultonov
B) J.A. Azimov
С)A.T. To‘laganov
D) E.X. Ergashev
33.To‘garak chuvalchanglar qaysi belgilari bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi?
A) tanasi duksimon, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda bo'lishi
B) tana bo‘shlig‘i va anal teshigining bo‘lishi
C) ichki organlarning ancha murakkab tuzilganligi
D) barchasi
34.Quyidagi hayvonlarning nafas olish organini ko‘rsating.
1) daryo qisqichbaqasi; 2) butli o‘rgimchak;
yashil tillaqo‘ng‘iz;
jabra; b) o‘pka xaltachasi; c) traxeya
1 - c, 2 - b, 3 - а В) 1 - a, 2- c,b, 3-c
1-b, 2- c, 3-b D) 1- a, 2 - c, 3 - b
35. Ninachilarning lichinkasi qayerda rivojlanadi?
A) chirindilarda B) tuproqda
C) suvda D) tuxumdonda
36. Oqmaydigan suv havzalari yaqinida ninachining qaysi turi uchraydi ?
A) suluv ninachi B) moviy ninachi
C) halqali ninachi D) yashil ninachi
Do'stlaringiz bilan baham: |