3.Hozirgi zamon fani taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari.
ХХ asr boshlariga kelib, uning har tomonlama rivojlanishi fanning ijtimoiy ong tizimidagi o`rni va ahamiyatini yangicha tushunishni taqozo etdi. Hozirgi zamon faniga xos bo`lgan quyidagi xususiyatlarni ko`rsatish mumkin:
- fan o`zining o`rganish soxalarini kengaytirib, mikroolam, makroolam muammolarini o`rganish bilan shug`ullana boshladi. Mikro- va makroolamni o`rganish uchun fan an’anaviy usullardan tashqari, yangi usullardan, maxsus asboblardan, matematik modellashtirish usulidan foydalana boshladi;
- ilmiy bilishning sub’ektiv jixatlariga aloxida e’tibor berila boshlandi. Bu esa mutaxasisning o`rganayotgan soxasini chuqurrok va kengrok bilishini taqozo etdi;
- falsafa va fanda olamdagi narsa-hodisa va jarayonlarning qonuniyat va tartib asosida ro`y berishi to`g`risidagi qarashlardan farqli ravishda rivojlanish tartib va tartibsizlik birligidan iborat ekani e’tirof qilina boshlandi;
- fan taraqqiyoti milliy doiradan chiqib, tobora baynalmilal harakter kasb eta boshladi. Uning yutuqlari butun insoniyatning mulki sifatida anglana boshladi;
- fanning insonparvarlik va taraqqiyparvarlik mohiyati tularok namoyon bo`ldi;
- fanning rivoji olimlarning qadriyatlarni e’zozlash va baholashda yangicha mezonlarni ishlab chiqishni taqozo etdi. Bu olimlarning biror-bir fan soxasini yakka xukumronlik bilan egallab olmasligi, ilmiy yangiliklarni boshqalardan yashirmasligi, kuchirmachilik qilmasligi, o`z qadr-kimmatini toptamasligi kabilarda namoyon bo`ldi;
- jahon mikyosida ilmiy saloxiyatni, ilm-fan yutuqlarini boshqa mamlaqatlarga chiqarish moddiy ne’matlar chiqarishdan ko`ra foydalirok bo`lib qoldi. Bu esa jahon mikyosida informatsion jamiyatni, insoniyatning bir butun hamjamiyati shakllanishining muxim omillaridan biri bo`lib qoldi;
- tabiiy va ijtimoiy fanlarning o`zaro uzviy bog`liqligi, ta’siri kuchaydi. Тabiiatshunos olimlarning ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanishi inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlarni insoniylashtirishda, tabiatni muxofaza etishda muxim ahamiyat kasb etdi;
- fan umumbashariy va umuminsoniy muammolarni xal etish bilan jiddiy shug`ullana boshladi;
- fan insoniyat hayotidagi qator muammolarni xal etibgina qolmay, uning hayotiga jiddiy taxdid soladigan muammolarni ham keltirib chiqardi. Olimning o`z ilmiy faoliyati uchun javobgarligini oshirish, insoniyat hayoti, tinchligi uchun taxdid soladigan ilmiy izlanishlarni takiklash, nazorat qilish hozirgi zamon fanining muxim muammolaridan biridir.
Odamzod nasli ХХ asrning ikkinchi yarmida shunday muammolar domiga tortildi-ki, endilikda ularning iskanjasidan kutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar ХХ asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umubashariy muammo — yadro xalokatining oldini olish kundalang bo`lib to`rgan bo`lsa, II jahon urushidan keyin axvol o`zgardi. Aholi tabiiy usishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan va texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo`lida foydlanishga ruju qilinishi va bir qator mintakalarda murakkab ekologik vaziyatning vujutga kelishi masalani chigallashtirib yubordi. Oqibatda insoniyatning kelajagi to`g`risida turli tipdagi bashoratlar kelib chiqdi. Ana shunday sharoitda har bir aql zakovatli odam «Bunday yo`lda qanday muammolar, kiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada aniq tasavvur qilmayapmizmi?» — degan savolni o`z oldiga kundalang qo`yishi va unga javob topishi zarur bo`lib qoldi. Bu savollarni butun jahon xalqlarining ishtirokisiz xal etib bo`lmaydi.
Тabiatga kishilarning zuKumi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, soKliKi, ijtimoiy muxitga bo`lgan aks ta’siri tobora xaloqatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday taxlikali holatdan faqatgina, har qanday siyosiy, mintakaviy, irkiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashish, zudlik bilan ta’sirli choralar qullash orqaligina kutulishi mumkin. «Butun dunyo yagona va o`zaro bog`liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yo`zini bolalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir»8.
Hozirgi paytda insoniyatga xafv solib to`rgan umumbashariy muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz yechish mumkin bo`lmagan muammolarga aytiladi.
Bunday muammolar quyidagilardir:
- termoyadro urushi xavfining oldini olish va kurollanishni bartarf etish;
- jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning usishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;
- iqtisodiy qoloklikni tugatish; yer yo`zida kashshoklik va ochlikka barham berish;
- tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda foydalanish;
- insoniyatning baxt-saodati yo`lida fan-texnika yutuqlaridan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada faollashtirish; (eng xavfli kasalliklarga qarshi ko`rash, kosmosni o`zlashtirish;
- dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumlirok foydalanish; ozon qatlamining yuqolish xavfining oldini olish va x.k.);
- insoniyat va uning kelajagi to`g`risidagi o`zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez sur’atlari bilan o`zgarayotgan sun’iy va tabiiy muxitga moslashish jarayonini ilmiy tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |