0‘zgarmas tok dvigatellari hozirgi vaqtda asosan elektr transportda — metro, trolleybus, tramvayda qo‘llanilmoqda. Bunga sabab barcha elektr dvigatellar orasida faqat o‘zgarmas tok dvigatellarining aylanish tezligini ravon va bir tekis o‘zgartirish mumkin.
0‘zgarmas tok generatorlarining kuchla-
nishi ravon boshqariladi. Shunga muvofiq bu generatorlar
avtomatika va telemexanika qurilmalarida keng qo'llaniladi.
0 ‘zgarmas tok mashinalari qaytarlik xossasiga ega. Barcha
o‘zgarmas tok dvigatellari generator rejimida, generatorlar
esa dvigatel rejimida ishlay oladi.
0‘zgarmas tok mashinasi ( 0 ‘TM) uchta qo‘zg‘almas qism, aylanuvchi qism va kollek-
tordan tuzilgan. Mashinaning qo‘zg‘almas qismi — induktorda
bosh va yordamchi qutblar joylashgan bo‘lib, bu qutblarning
o ‘zagi elektrotexnik p o ia t plastinkalardan yigilgan. Bosh
qutblarda uyg‘otish chulg'am lari joylashtirilgan b o iib ,
ketma-ket ulangan va ular asosiy magnit maydonni hosil
qiladi. Bosh qutblar orasiga yordamchi qutblar joylashti-
rilgan. Faqat katta quvvatli mashinalardagina yordamchi
qutblar boiadi. Ular cho‘tkalar ostidagi uchqunni kamay-
tirish uchun qo'shimcha magnit maydon hosil qiladi.
Mashinaning aylanuvchi qismi yakor deyiladi. Yakorning
o‘zagi ham elektrotexnik poiat plastinkalardan silindr shaklida
ishlangan. Yakor ariqchalariga chulg‘am joylashtirilgan.
Chulg‘amning ketma-ket ulanuvchi ikki seksiyani tutash-
tiradigan uchlari kollektor plastinkalariga ulangan (7.4- rasm).
Kollektor alohida mis plastinkalardan silindr shaklida
yasaladi. Har bir kollektor 5080 ta plastinkadan yig'ilgan.
Kollektor generatorda mexanik to ‘g‘rilagich vazifasini induktor
kollektor va cho'tkalar yakor bajaradi, ya’ni yakor chul-
g‘amlarida induksiyalangan EYK ta’sirida oqayotgan o ‘z-
garuvchan sinusoidal tokni o ‘zgarmas tokka aylantirib,
tashqi elektr zanjiriga (tar-moqqa) uzatadi.
0‘zgarmas tok genera- torining ishlash prinsipi elek-
tromagnit induksiya qonuniga asoslangan. Statorda joylashgan uyg‘otish chulg‘amlaridan
o‘zgarmas tok o ‘tganda, bu tok bir jinsli o‘zgarmas magnit
maydon hosil qiladi. Yakor tashqi mashina vositasida magnit
maydonda aylantirilganda uning chulg‘amining har bir
seksiyasida EYK hosil bo‘ladi. Bu EYK quyidagi formuladan
aniqlanadi:
Generatorlar uyg‘otish usuliga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1. Uyg'otish chulg'ami tashqi o ‘zgarmas tok manbayiga
ulangan generatorlar. Bunday generatorlar mustaqil uyg‘otish
chulg‘ami generatorlar deyiladi (7.7- rasm, a). Yuqorida gene-
rator bu turining sxemasi va salt yurish xarakteristikasini
(egriligini) ko‘rib chiqqan edik (7.6- rasm).
2. 0 ‘z-o‘zini uyg‘otish generatori. Bunday generator-
larning uyg‘otish chulg‘ami shu generatoming o ‘zidan tok
oladi. Bunda generatorni uyg‘otish uchun yakorning o'zagi-
dagi qoldiq magnit maydondan foydalaniladi.
0 ‘z-o‘zini uyg‘otish generatorlari 3 xil boMadi:
a) parallel uyg‘otishli generator. Bunda generatorni
uyg'otish uchun chulg‘amlar parallel ulanadi. Bu chulg‘am-
ning qutblari 7.6- rasm, b da PUCH harflari bilan belgilangan;
b) ketma-ket uyg‘otishli generator. Bunda uyg‘otish
c h u lg ‘am i (K U C H ) yakorga
ketma-ket ulanadi. ‘zgarmas tok mashinalari qaytarlik xossasiga ega.
0‘zgarmas tok generatorining kuchlanishini asta-sekin kamaytirsak, mashina o ‘zgarmas tok elektr tarm og'idan elektr
energiyasi iste'mol qila boshlaydi va dvigatel rejimiga o ‘tadi.
Ya'ni mashinaning yakoridagi aylanish momenti tormoz-
lovchi emas, balki o ‘zi elektromagnit moment hosil qilib
tashqi mashinani aylantira boshlaydi.