banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlarining umumiy majburiyatlardagi ulushini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
- davlat ulushiga ega kamida uchta bank kapitaliga 2025 yilga qadar yetarli tajriba, bilim va obro‘ga ega kamida uchtastrategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
- umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarining ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 4 foizgacha oshirish;
- banklar depozitlarining majburiyatlariga nisbatini joriy 41 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 50 foizga oshirish;
- banklarning xorijiy valyutadagi majburiyatlarining jami majburiyatlardagi ulushini joriy 58 foizdan 2025 yil yakuniga qadar 40 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.
Mamlakat bank-moliya sektori rivojlanish darajasi va barqarorligini baholash maqsadida 2024 yilning yakuniga qadar Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholash nazarda tutilmoqda.