- iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish;
- jamiyat manfaatlari yo‘lida monopol tarmoq ishlab chiqarishining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan nazorat qilishning bir qator usullari qo‘llaniladi. Ularning huquqiy asosi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonun (9moddasi)da belgilangan bo‘lib, «tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi».
O‘zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ bu – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |