Вариант №12.
1.Тозаловчи хўқна (клизма) ўтказиш алгоритми… Xo’qnalar
Turli suyuqliklarni diagnostika yoki davo maqsadida to’g’ri ichak orqali kiritishga xo’qna deyiladi. Diagnostik xo’qnani yo’g’on ichakni rentgenologik tekshirish uchun qo’llaniladi. Davo maqsadlarida tozalovchi, sifon, oziqlantiruvchi, yog’li va dori moddali xo’qnalar qo’llaniladi.
Kichik xajmdagi moddalarni junatish uchun noksimon rezina ballonchalardan foydalaniladi. Ular 30 ml dan, 360 ml gacha o’lchamda, yumshoq yoki qattiq uchlik bilan ishlab chikariladi.
Esmarx krujkasi 1-2 litr kajmdagi voronkasimon idish bo’lib, tubida ichi ochiq usigi bor. SHu yerga qalin devorli rezina nay ulanadi (uzunligi 1-1,5 metr, kengligi 1-1,5 sm). Rezina naychada junatilayotgan suyuklik tezligini sozlash uchun jumrak bor. Naycha oxiriga uchlik ulangan (rezina, ebonit yoki shishadan ishlanadi). Esmarx idishining rezinadan yaxlit ishlangan turi idish, naycha, jumrak va uchlikdan iborat.
Tozalov xuknasi- maqsadi najas massalari va gazlardan tozalash. Yo’g’on ichakning fakat pastki kismlari tozalanadi. xo’qna ichak xarakatini biroz kuchaytiradi, najas massalarini suyultiradi va ularning chikarilishini osonlashtiradi.
Kursatmalar: kabziyat, rentgenologik tekshiruvga tayyorlash, zaxarlanishlar, davo va tomchilovchi xuknadan oldin.
qarshi ko’rsatmalar: xavfli o’smalar, yo’g’on ichakdagi o’tkir yalliglanish jarayoni, qonayotgan bavosil, to’g’ri ichak tushib qolishi, ichakdan qon ketishlari.
Kerak anjomlar: naycha, jumrak, uchlikli Esmarx krujkasi, vazelin, shpatelь, shtativ, termometr, kleyonka, tos (pakir), tuvak.
Bemorning xolati: kushetka yoki karavot kirgogiga yakin, chap yonboshida tizzalarini bukib, korniga tortgan xolatda. Agar bemorning axvoli ogir bulsa, chalkancha yotgan xolatda.
Bemorga muolaja moxiyatini tushuntiring.
Muolajani bajarish:
1. Qulqop kiying. Uchlikni ko’zdan kechirib, butunligiga ishonch xosil qilgach, unga vazelin surting va jumrakni berkiting.
2. Esmarx krujkasini minimal balandlikda shtativga osing.
3. Krujkani 2/3 xajmigacha, uy xaroratidagi 1-1,5 l xajmdagi suv bilan tuldiring.
4. Jumrakni oching va xavosini chikarib, undan suv kela boshlagach, berkiting.
5. Bemorning kuymichlari ostiga kleyonka tushab, uning bush kirgogini pakir yoki tosga tushirib kuying. Agar bemorning axvoli ogir bulsa, ostiga tuvak kuying.
6. Bemorning kuymichlarini kerib, extiyotkorlik bilan aylantiruvchi xarakatlar yordamida uchlikni to’g’ri ichakka avval 3-4 sm ga kindik tomonga, keyin esa dumgazaga parallel yunalishda 5-8 sm ga kiriting. Agar bu paytda uchlik biron-bir tusikka (ichak devori, najas massalari) uchrasa, uni orqaga 1-2 sm ga torting va yunalishni uzgartirib, urinishni kaytaring.
7. Jumrakni ochib, krujkani 1-1,5 m balandlikka kutaring va ichakka suvni sekinlik bilan kiriting.
8. Ogrikdar yoki korinni bushatish xissi paydo bulganda, krujkani karavot satxidan pastga tushirib, ichakdagi gazlar chikib ketishiga yul bering. Bemor tinchlangach, krujkani yana yukoriga kutaring va ichidagi suvni tubida ozgina kolguncha junating (suv satxi yukolmasligi kerak. Bu ichak ichiga xavo ketib kolishining oldini oladi).
9. Jumrakni berkiting. Extiyot bilan, aylantiruvchi xarakatlar yordamida uchlikni ichakdan chikarib oling. 10 dakikadan sung bemor xojatxonaga borib, yozilishi mumkin.
10. Ogir bemorga yozilish uchun tuvak tuting.
11. Bemor yozilib bulgach, osti yuviladi. Tuvak ustnыy kleyonka bilan yopib, xojatxonaga olib ketiladi.
12.Bemorni kulay xolatda yotkizib, ustnыy urab kuying.
Оғир пациентларни тахорат килиш (оралиқ сохасини ювиш) техникаси… Og`ir yotgan bemorlarni tagini yuvish
Do'stlaringiz bilan baham: |