Бемор шахсий буюмлари гигиенаси. Оғир беморлар бадан териси, оёқ, қўлларини тозалаш…Bemor oyoqlarini yuvish
Kursatmalar: mustaqil kunikmalar yo’qligi, xarakatlanuvchi faolligining cheklanishi.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning moxiyatini, muolajada uning katnashish darajasini tushuntirish.
Jixozlar: qo’lqop, suvli tog’ora, sovun, sochiq, kleyonka. Bemorning xolati: yotib, o’tirib
Вариант №7
Оғир ётган беморнинг кийимини (кўйлагини) алмаштириш техникаси
2.Колостомани парвариш қилиш/ Kolostomani parvarishlash. Yo‘g‘on ichak oqmasi kolostoma deb ataladi va unga quidagilar sabab bo‘ladi:
1) Asosan o‘sma etiologiyasi tufayli (obstruksiyadan oldin) yo‘g‘on ichak tutilishida, gazlar va najasni olib tashlash uchun;
2. O‘sma jarayoni natijasida yo‘g‘on ichakni to‘liq olib tashlaganda, sigmasimon ichakni oraliqqa tushirish mumkin bo‘lmaganda.
Yo‘g‘on ichak oqmasi bir shoxli va ikki shoxli bo‘lishi mumkin.
Ko‘richak oqmasi (sekostoma) dan asosan suyuq ajratma chiqadi, yo‘g‘on ichak oqmalaridan esa shakllangan najas ajralib turadi. Terining ta’sirlanishi (dermatit) faqat ko‘richak oqmalarida paydo bo‘ladi, chunki uning tarkibida ingichka ichak fermentlari mavjud.
Operatsiyadan 3-5 kun o‘tgach, ichak peristaltikasi odatda tiklanadi. Shu vaqtdan boshlab operatsiyadan keyingi jarohatni ichak mahsulotidan himoya qilish axlat (najas) qabul qiluvchilar yordamida amalga oshiriladi.
Kolostomali bemorlarda muntazam ravishda ichak bo‘shalishini ta’minlash kerak. Bu muolajani iloji bo‘lsa har doim bir vaqtda bajarish lozim. Bunga parhez, dori-darmon, xuqna (klizma) orqali erishiladi. Defekatsiyaning kuniga 1-2 marta, porsiyali bo‘lishi eng maqbul xolatdir. Agar najas tez-tez va suyuq holda ajralib chiqsa, bemorni mustahkamlovchi parhezga o‘tkaziladi. Uning tarkibiga mayda g‘alladan tayyorlangan oq non, guruch, sariyog‘, tvorog, kartoshkali pyure, shakar, go‘sht maxsulotlari kiradi.
Ichni yumshatuvchi ta’sirga ega bo‘lgan mahsulotlar cheklanadi: kepakli non, xom meva, sabzavot, sut, yangi kefir, asal. Najas kelishi to‘xtaganda, o‘simlik manbalaridan tayyorlangan ichni yumshatuvchilar beriladi (o‘simlik yaproqlari, itshumurt po‘stlog‘i, shivit suvi) va ko‘pincha xuqni (klizma) qo‘yiladi. Avval oqma ichiga vazelin surtilgan qo‘lqop kiyilgan barmoq kiritiladi va ichak tutqichi yo‘nalishi aniqlanadi. Shundan keyin o‘sha yo‘nalish bo‘yicha noychaning uchi yoki naycha kiritiladi. Yumshatish uchun 500-600 ml suv yoki 100-150 ml 10% osh tuzi eritmasi yoki 200 ml vazelin yog‘i eritmasi qo‘llaniladi.
Ichakdan gazlar chiqaradigan yoqimsiz hidni yo‘q qilish uchun filtrli najas to‘plovchi (kalopriemnik) ishlatish, gaz hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan parxezni (dietani), dezodorantlarni qo‘llash kerak. Gazlar ajralishini pivo, mineral suv, gazlangan ichimliklar, sut mahsulotlari, yangi sabzavotlar, piyoz, quruq loviyalar oshiradi. Gaz ishlab chiqarishning ko‘payishi bilan, bu mahsulotlarni ratsiondan chiqarib tashlash bilan birga, faol ravishda, kuniga 3 maxal 0,25-0,3 g miqdorda aktivlangan ko‘mir buyuriladi.
3/Урологик касалларни парваришлаш
Do'stlaringiz bilan baham: |