3.Havo muxitini ifloslanishi qanday oqibatlarga olib keladi? (Atmosfera, xavo tarkibi, gazlar balansi, harorat, zararli moddalar, iqlim o‘zgarishi, parnik effekti, kislotali yomg‘irlar, smog, azon qatlami, muxofaza, chora tadbirlar).
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo'lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar.
Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan.
Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga ya'niy havo, tuproq va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi.
Noqulay meteorologik sharoitlar natijasida atmosferada chiqindi gazlar konsientratsiyasi oshib borib, qalin toksik tumanlar hosil bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Toksik moddalarning to’planishi hisobiga og’ir xastaliklardan nobud bo’lish hollari kuzatilmoqda. Havoni ifloslantiruvchilar umumiy toliqshini, ish faoliyatini kamaytirishni, yo’tal, bosh aylanishi, ovozning bug’ilishi, o’pka va ko’zning turli kasalliklarini, organizmning umumiy zaharlanishini, organizmni kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining susayishini keltirib chiqaradi. Yirik shaharlar havosida sanoat tashlamalari, avtomobillardan chiqadigan gazlar: qurum, kul, tugun, changlar o’ziga xos quyosh spektrining ul’trabinafsha qismini atmosferaning quyi katlamlariga etib kelishini qiyinlashtiradi. Masalan, Parij shahridan uncha uzoqda joylashmagan sanoat korxonalari hududlarida ultrabinafsha nurlar 0,3 % ni, uzoqda joylashgan zavod va fabrikalar hududlarida esa 3,0 % ni tashkil qiladi. Ultrabinafsha nurlarning yetishmovchiligi bolalarda raxit va avitaminoz kasalliklarini ri-vojlanishiga sabab bo’lmoqda. Kimyoviy moddalarning inson organizmiga mutagen, konserogen, allergen, aterosklerotik, embriotoksik va hatto jinsiy mutasiya ta’sirlari aniqlangan. Pestisidlar muntazam me’yordan 3-4 va 9 marta ko’p ko’llanilgan hududlarda yurak-tomir tizimining kasallanish darajasi 1,2 va 2,2 marta oshganligi ma’lum Havoning changli yoki tumanli bo’lishi va ularning quyosh radiatsiyasiga ta’siri shahar muhitini o’zgartirib yuboradi, havo harakatini sekinlashtiradi, uning nisbiy namligini kamaytirishi ham mumkin. Shaharni quyuq. tuman bosishi ham xavflidir, chunki tuman tomchilari tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmiga kirgach, salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, nafas yo’llarining yillik. qavatlarini yallig’lantirib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shunday tumanli kunlarda bemorlarning ahvoli keskin yomonlashadi. Masalan, surunkali bronxit, emfizema, tumov kasalliklariga duchor bo’lgan bemorlar o’zlarini yomon his qiladilar. Atmosfera havosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta’sir qiladi. Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faolligiga, tabiatiga, fizik jihatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, havodagi chang tarkibida qo’rg’oshin, margimush, marganes, kadmiy, ftog aerozollari organizmga tushib, surunkali kasalliklarni paydo qiladi. Jumladan, kamqonlik, flyuoroz, poliartrit, polinevrit kabi kasalliklar kelib chiqadi. Ayniqsa, radioaktivlik xususiyatiga ega bo’lgan changlar o’ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Radioaktiv changlar naqadar xavfli ekanligini Chernobil fojiasi va Semipalatinsk posligoni asoratlari misolida ko’rish mumkin. Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonlarni, kush va hasharotlarni nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi. Ishlab chiqarish korxonalaridan tashlanadigan ftoridlar ta’sirida bir qatog mamlakatlarda asalarilar, qo’ylar, yirik shoxli hayvonlar va uy parrandalarining yoppasiga kirilib ketganligi hisobga olingan. Havo tarkibida ftog koncentraniyasi yuqoriligi inson va hayvonlar tishlarining tez to’kilib ketishiga sabab bo’lib, ularning ovqat hazm qilish organlari va umurtqa suyaklarining kasallanishiga olib keladi.
“HFX” kafedrasi mudiri: G’. Mirzaqulov
______________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |