Variant № 8
1.Suv xavzalarini ximoya kilish va suv sarfini tejash ( Jaxon suvlari,jaxon okeani, chuchuk suvlar, suvni iste’mol kilish, suvni sarflash,tabiy suv xavzalari , suv okimlari - dare, kanallar,sanoatoqava suvlari, mayishiy oqava, suvlar,dengizlarifloslanishi, neft bilan ifloslanish, chuchuk suvlar, pessitidlar, (ximikatlar) kelibtushishi, suv o‘tlari, antropogen omil , radioaktiv moddalar,ifloslanish manbalarini cheklash, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar, oqava suvlarini tozalash, tozalash inshootlari).
Hozirgi kunda okean va dengizlar suvining ifloslanishi ham oshib bormoqda. Chunki ularga daryo suvi bilan oqib kelib tushayotgan turli xildagi tuzlar, og`ir metallar va radioktiv moddalar mikdori ko`payib bormoqda. Bundan tashqari okean va dengizlarning bag`rida zaharli moddalarning ko`mib tashlanishi, suv tagida yadro qurollarining portlatilishi, suvga neft va neft mahsulotlari to`kilishi ham gidrosferani jiddiy ifloslamoqda. Masalan, bundan60 yil ilgari Boltiq dengizi ostiga 7 ming tonna mishyak mustahkam konteynerlarga solinib ko`mib tashlangan edi. Holbuki miqdori uncha ko`p bo`lmagan bu mishyak butun dunyo aholisini zaharlashga yetadi. Hozirgi kunda konteynerlar devori zaiflashib, ichidagi zaharli moddaning suvga chiqish xavfi bor. Ma'lumki, suv sayyoramizning 70% ni tashkil etib, u okeanlar, dengiz, daryo, ko'l va er osti suvlaridan tashkil topgan. Sayyoramizdagi mavjud suv zahirasining o'rtacha 1 foizini ichimlik suvi, qolgan qismini dengiz va okeanlarning sho'r suvlari tashkil etadi, qaysiki, ular ichishga, o'simlik va hayvonlarni sug'orishga yaramaydi. Ammo, okean va dengiz suvlari ham iqlimni hosil qilishda, suvni aylanma harakatida, ulardagi barcha o'simlik va hayvonlarning yashashi uchun hamda suv transporti vositalarini yurishi uchun katta ahamiyatga ega.
Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va tog'lardagi muzliklarning 40 foizdan ortig'i erib ketdi, Afrikadagi Klimandjaro tog'i muzliklari erib tugagan, Antraktidadagi muzliklardan aysberglar hosil bo'lib, okean suvlariga erib ketmokda. Deyarli har yili YEvropaning ko'p mamlakatlarida, Rossiyaning ko'p viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo'lmoqda. Atmosfera havosining isishi davom etaversa XXI asrda Dunyo okeani sathi 1-5 metrga ko'tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi.
Dunyo okeani isuvlari tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv zaxiralari doim tiklanib turadi. Inson bevosita ishlatishi mumkin bo’lgan suv zaxiralari tugaydigan va tiklanadigan resurs hisoblanadi. Gidrosferadagi barcha suvlaming 97,2 foizi Dunyo okeanining sho’r suvlariga to’g’ri keladi Yer yuzida xozirgi vaqtda inson bevosita foydalanishi mumkin bo’lgan chuchuk suvlar miqdori gidrosferadagi umumiy suv xajmining taxminan 1% dan ortiqrog’ini tashkil qiladi. Sayyoramizda daryo va ko’l suvlari bir tekis taqsimlanmagan va ayrim hududlarda suv tugaydigan hamda juda sekin tiklanadigan resurs hisoblanadi. Dunyo aholisi tez suratlarda o’sib borayotgan hozirgi vakdda 2 mlrd. dan ortiq kishi sifatli ichimlik suvi bilan yetarlicha ta’minlangan emas. 50, qog‘oz ishlab chiqarish uchun 1000 m3 suv sarflanadi. Gidrosfera suvining asosiy massasi yer yuzasining 71% ini egallab turuvchi Dunyo okeanlarida tarqalgan. D unyo okeanlaridagi suv massasining hajmi 1.386 mln. 500 ming km3 ga yaqin. Bu ko‘rsatkich yerdagi umumiy suv zaxiralarining 96,53% ga yaqinini tashkil qiladi. aholi sonining tobora o ‘sib borishi, sanoat korxonalarining rivojlanishi natijasida katta miqdordagi chiqindilarni suvlarga oqizilishi ularni tabiiy tozalanish jarayonini cheklab qo‘ydi. Neft, neft mahsulotlari va boshqa kimyoviy moddalarni dengiz va okeanlarga oqizishning tobora o ‘sib borishi ularning ifloslanishini kuchaytirib yubordi. Bularning bari dengiz va okeanlarda yashovchi tirik organizmlarga, jum ladan, baliq zaxiralariga o ‘z ta ’sirini ko‘rsatdi.v Daryo va ko'l suvlari ham asosan neft qazib chiqaruvchi, uni qayta ishlovchi korxonalar, avtomobil va temir yo'l tarmoqlari va neft tashuvchi kemalar tomonidan ifloslanadi. Neft va neft mahsulotlarining daryo suvlariga salbiy ta’siri okean va dengiz suvlaridagidan kam emas. Daryolar qishloq xo'jalik oqavalari, yog'in-sochin suvlari va kommunal maishiy oqava suvlari bilan yuqori darajada ifloslanadi. Ayniqsa, kimyo sanoati korxonalari tashlamalarining hissasi daryo suvlari sifatining yomonlashuvida katta o'rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |