9-VARIANT
1 – TOPSHIRIQ.
Test:
1d. 2b. 3a. 4c. 5d. 6c. 7b. 8a. 9b. 10b. 11b. 12d. 13a. 14a. 15a. 16d. 17a. 18b. 19a .20c.
2-TOPSHIRIQ.
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida
Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta‘sir etishni nazarda tutadi. Shuningdek, ta‘lim sohasidagi bilimlarni, pedagogik faoliyatga aloqador qonun va qonuniyatlarni ham o’rganadi, tahlil qiladi va bevosita bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga taryorlaydi. Demak pedagogika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo’llarini o’rgatuvchi fandir. Pedagogik mahoratga erishish uchun aynan pedagogika faniga oid bilim, ko’nikma va malakalarni egallashgina emas, balki psixologiya fanini ham chuqur o’rgangan kishidagina pedagogik faoliyati davomida pedagogik mahoratga erishish mumkin.Tarbiyalash g’oyat nozik san‘at bo’lib, unga jiddiy yondoshmoq darkor.O’z ishining mohir ustasi bo’lgan pedagog-bu yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san‘atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir»
Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi. Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalardagi tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning o’ziga xosharakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida bevosita namoyon bo‘ladi.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika o`z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o`rganadi. Shu ma`noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o`qitishning real jarayonlariga xos bo`lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |