7. «Kema halokati” mashqi
Maqsad: Ichki va tashqi zahiralarni izlash; empatiyani rivojlantirish; oʻzaro yordam berish va komandada ishlash koʻnikmalarini shakllantirish.
Koʻrsatma: Barcha ishtirokchilarikkita komandaga boʻlinadilar. Har ikkala komanda uchun bir nechtadan stul qoʻyiladi. Masalan, komandada 8 ta ishtirokchi boʻlsa, ular sigʻadigan darajada 4 ta stul devor boʻylab qator qilib qoʻyiladi. Qarama-qarshi devor tomonda ikkinchi qator stullar qoʻyiladi. Komandalar stullarga joylashib olganlaridan keyin, trener kema dovulda qolganligi va qoyalarga urilib, parchalanib ketganligi haqida daxshatli voqeani aytib beradi. Tirik qolish uchun faqatgina bitta stulni oldinga surib va xech kimni tushirib qoʻymasdan, qarama-qarshi devor tomonga butun komanda bilan oʻtib olish kerak boʻladi.
Izoh: Mashq guruhning jipslashishiga yordam beradi, oʻzaro yordam xususiyatlarni namoyon qiladi. Asosiy maqsad – qarama-qarshi devor tomonga birinchi boʻlib oʻtib olishdan iborat emas, balki toʻlqinlangan ummonda bir-birlariga yordam koʻrsata olishdan iborat. Bu toʻgʻrisida uhokama paytida taʼkidlab oʻtish lozim, lekin mashq boshlanishida bu toʻgʻrida gapirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |