Ko’p holatlarda vaqtli qatorlarning haqiqiy darajasini trend, tsiklik va tasodifiy komponentalarning yig’indisi yoki ko’paytmasi shaklida tasavvur qilish mumkin. Uchchala komponentalarning yig’indisidan tuzilgan model vaqtli qatorning additivmodeli deyiladi. Chala komponentalarning ko’paytmasidan tuzilgan model vaqtli qatorning multiplikativ modeli deyiladi. Alohida vaqtli qatorlarni ekonometrik tadqiq qilish – yuqorida olingan ma’lumotlarni qatorning kelajakdagi qiymatlarini bashoratlash uchun yoki ikki va undan ko’p davriy qatorlarning o’zaro bog’langan modellarini tuzishda qo’llash uchun komponentalarning har biriga miqdoriy ifodalarni (qiymatlarni) aniqlash va berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |