- Avval kelgan ho'kiz Suvning tozasini ichar.
- Avvalgi savdo — savdo, Keyingi savdo — g'avg'o.
- Barvaqt qilingan harakat, Hosilga berar barakat. Bahorgi beg'amlik — kuzgi pushmonlik.
- Bahorgi harakat — kuzgi barakat.
- Bahorning bir kuni yilga tatir.
- Bahorning bir kuni qishni boqar
- Bevaqt qichqirgan xo'rozning Tojidan qon olinar.
- Besh kunim — xush kunim. Bir kun burun sochsang, Hafta burun o'rasan.
- Bozordan qolgan bir kun qolar, Ekishdan qolgan bir yil qolar.
- Bolta tushguncha, kunda dam olar. Bugungi ishni ertaga qo'yma.
- Bultur edi kuygani, Endi keldingmi so'rgani.
- Vaqillagan vaqtni o'tkazar, Qo'lidan naqdni ketkazar.
- Vaqt aqchadur, G'ofil bo'lma, qochadur.
- Vaqt ketdi — baxt ketdi, Toji sari taxt ketdi.
- Vaqt — omad. Vaqt tog'ni yemirar, Suv toshni kemirar.
- Vaqt o'tgandan keyin Qilichingni toshga chop.
Do'stlaringiz bilan baham: |