Germaniyalik mutaffakkir
Immanuil Kant Kyonigsberg shahrida hunarmand-usta oilasida tug ‘ilib
) ‘sdi. U oiladagi 9 nafar farzandning to ‘rtinchisi bo'lgan. I. Kant
bolalik va o'smirlik chog‘larida tez-tez kasalga chalingani sababli
rimjon, jizzaki hamda vahimachi edi.
1745-yilda и Kyonigsberg universitetining ilohiyot fakuVtetini
tamomlagcm. 1755-yildan to 1797-yilgacha shu yerda metafizika,
mantiq, axloqiy falsafa, fizika, riyoziyotdan dors bergan. Umrining
oxirigacha bo'ydoq o'tgan. 57 yoshida «Sof tafakkur tanqidi» deb
nomlangan asosiy asarini yozib tugallagan.
Uning quyidagi asarlari та ’lum: «Osmonning umumiy tabiiy tarixi
va nazariyasi» (1755), «Mantiq» (1800), «Amaliy mantiq tanqidi»
(1788), «Antropologiya» (1798). Bular I. Kantning eng yirik va mash
hur asarlari sirasiga kiradi.
Olim shaxsiy hayotida falsafiy masalalar xususida suhbatlasxishni
xush ко ‘rmagan. Aftidan, и о ‘zining tinglashga emas, faqat о ‘qitishga
qobiliyatli ekanini yaxshi anglagan.
Hayotining har bir lahzasi muayyan tartibga solingan faylasuf har
kecha roppa-rosa 10 da uyquga yotgan, tonggi soat 5 da uyg'ongan.
U 30-yil davomida bir marta ham bu tartibni buzmagan. Roppa-rosa
I echki soat 7 da sayrga chiqqan. Kyonigsbergda yashovchilar Kantga
;/arab soatlarini tekshirishgan.
Psixik hodisalam i o ‘lchash m um kinligi, binobarin, psixo-
iogiyada eksperim etning bo‘lishi m um kinligi haqida nemis
psixologi I. Gerbart (1 7 7 6 -1 8 4 1-y.) ijobiy fikr aytgan. U
«psixologiyada m atematikani tatbiq etish mumkin va zarurligi
haqida»
shunday
degan:
«M ening tekshirishlarim
am alda
faqat psixologiyaning o ‘zi bilan cheklanib qolm asdan, balki
fizikaga va umuman, tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixik elem ent tasavvurdir, qolgan
barcha jarayonlar — xissiyot, iroda, tasavvurlar kom binatsiyasidan
va
m unosabatlaridan
iboratdir.
Ruhiy
holatlar doimo o ‘zgarish jarayonida bo‘ladi.
Tasavvurlarning bu doimiy o ‘zgarish va
almasxish
jarayonida
m a’lum
darajada
doimiylik, qonuniyat bor. Bu doim iylikning
miqdor tom onini oMchash mumkin. Shu
ning
uchun
ham,
Gerbartning
fikricha,
psixologiyaga m atem atikani tatbiq qilish
mumkin. Gerbart, garchand, psixologiyada
G e rb a r
eksperim entdan foydalanishning zarurligi va
foydaliligini isbotlagan bo‘lsa ham, lekin uning o ‘zi bu metoddan
foydalanmagan.
Eksperimental
psixologiya taraqqiyotida,
ayniqsa,
nemis
fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt (1832—1920-y.)ning ishlari
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. V. Vundtgacha faqat ichki tajribadan
va o ‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina
tasviriy fan edi. V. Vundt eksperim ent va o ‘lchash metodlarini
zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad
qilib qo‘ydi.
V. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir
qancha m etodlam i, ya’ni qo‘zg ‘atish metodi, ifodalash metodi va
reaksiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi.
V. Vundt 1879-yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya
laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan kocp vaqt o‘tmasdan (1881-y.)
u Berlin universiteti huzurida eksperimental psixologiya institutini
tashkil qildi.
V. Vundt shug‘ullangan masalalardan biri o ‘sha vaqtda astronomlar
tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo‘zg‘atgichga
to‘plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniq lash
uchun V. Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861-yilda
alohida mayatnik ish o ‘ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik
graduslarga bo‘lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma’lum
vaqtdan keyin jiringlaydi. Bu psixologik elementlar uchun kashf etilgan
birinchi asbob edi.
Ilmiy (izohli) psixologiyani oyoqqa turg‘izish uchun V. Vundt
q o ‘shimcha vosita sifatida yondosh fanlar, ayniqsa, fiziologiya,
astronomiya, etnografiya, tarix, mifologiya va boshqa fanlardan
olingan m a’lumotlardan foydalanish zaruriyatini avval surdi.
Leypsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning
boshqa
universitet,
shaharlarida
ham,
shuningdek,
boshqa
mamlakatlarda ham, jumladan, Fransiya, Angliya va Amerikada
laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asming oxirida
Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari
tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada
N. N. Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911-
yil Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor
Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil
qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi
sistemasiga kiradi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874—1917-y.) tomonidan eksperimental
metodning alohida turi - tabiiy eksperiment ishlab chiqildi. Eksperi-
mentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o‘rganishda,
pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini hal
qilishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraq
qiyotiga juda unumli ta’sir ko‘rsatdi. Bu metod yordamida oddiy
kuzatish yoki o ‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan aniqlash qiyin bo‘lgan yoki
butunlay mumkin boMmagan ko‘p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik
hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi,
ayniqsa, sezgi, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar
ochilgan.
Eksperimental tahlil yo‘li bilan murakkab psixik jarayonlar
(idrok, xotira, tafakkur)ning alohida komponentlari tarkibiy qismlari
ajratilgan, psixik jarayonlaming fiziologik hodisalar bilan, shuningdek,
tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan bog‘lanishlari
ochilgan.
Eksperimental tekshirishlaming yakunlari, shuningdek, eksperi
mental metodning usullaridan foydalanish amaliy faoliyatning turli
sohalarida - o ‘quv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni tashkil
qilish va ratsionalizasiyalashtirishda, sud ishlarida, san’atda juda ko‘p
foyda keltiradi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish b o ‘yicha dastlabki
ishlarni fiziolog Veber (1 79 6-1 878-y.) va fizik Fexner (1803-
1887-y.)lar amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi
ta’sirotlar (fizik om illar) va ularning muvofiqi - sezgilarning o ‘zaro
munosabatlari sohasidagi qonuniyatlam i topishdan iborat edi.
Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi
bilan ularni qo‘zg‘atuvchi taassurotlar ta’siridagi qiyosiy munosabatni
aniqlab, sezgi qo‘zg‘atgich logarifmasiga proporsionaldir, degan psixo-
fizik qonunni kashf etadi.
Veber va Fexnerlar o ‘tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan
alohida fanning paydo b o ‘lishiga olib keldi.V eber va Fexner ishla-
rining ahamiyati, shundan iboratki, ular birinchi bo‘lib psixologi-
yani, tabiat fanlari singari, eksperim ental fanga aylantirish mumkin
ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan, o ‘z-
o ‘zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya endi aniq,
fanlardagi ob’ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
XIX—XX asrlar psixologiya fanining yutuqlari uchun metod
bilan birgalikda taraqqiyot prinsipining kiritilishi ham katta aha-
miyatga ega bo‘ladi. Taraqqiyot ideyasi, xususan, ruh haqidagi
ta ’lim otdagi ta ra q q iy o t ideyasi qadim gi zam o n m utafak kirlarining
k o ‘pchiligi (G eraflit, E fissk v a bosh q alar) to m o n id an aytilg an ide-
yadir.
Amaliy mashg‘ulotlardagi muhokama uchun savollar.
1. XVIII asr psixologiyasiga umumiy tavsif bering.
2. Fransuz va nemis psixologiyasining rivojlanishi haqida qanday
ma’lumotlarni bilasiz?
3. XVIII asming ikkinchi yarimida ingliz psixologlari Yum va Gartlilar qan
day ta’limotlarni iigari surdilar?
4. Assotsiativ psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi haqida ma’lumot
bering.
5. Assotsiativ psixologiya vakillaridan kimlarni bilasiz?
6. Eksperimental psixologiyaning shakllanishi qanday yuzaga kelgan?
7. V. Vundt psixologiya uchun qanday metodlami kashf etdi va rivojlantirdi?
8. Professor A. F. Lazurskiy tomonidan eksperimental metodning qaysi turi
ishlab chiqilgan?
4 - M a v z u : X IX —X X a s r la r d a h o rijd a
psixologiyaning riv o jla n ish i
R e ja :
1. Yangi psixologik m aktablam i shakllanishi va rivojlanishi.
Strukturalizm .
2. Vfyursburg m aktabi.
3. Fransuz psixologiya m aktabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |