Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik
diniga juda qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini o‘rganish uchun hatto
xatna qildirishga ham rozi bo‘lgan. Aks holda uni kitoblarga
yaqinlashtirishmasdi. U hech qachon yig'lamagan va umuman ehtiros
hamda xis-hayajonga berilmagan.
Pifagoming quyidagi asarlari ma’lum: «Tabiat haqida», «Davlat
haqida», «Tarbiya haqida», «Jon haqida», «Olam haqida», «Ilohiy
kalom». Pifagor miloddan avvalgi 496-yilda dushmanlari tomonidan
oMdirilgan. Pifagor hayotning mazmuniga oid qarashlarga «falsafa»,
deb nom bergan birinchi donishmand edi.
Rivoyat qilishlaricha,
Fliunt shahriga safari chog‘ida hokim Leon Pifagordan so‘radi:
«Sen qaysi ilm bilimdonisan?» - «Hech qaysi, - deb javob berdi
Pifagor. - Men shunchaki bir faylasufman». - «Falsafa degani nima
o ‘zi?» - taajjublanib so‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi.
«Inson umrini bozor va Olimpiya o ‘yinIariga qiyoslash mumkin.
Bozordagi sotuvchilar ham, haridorlar ham doimo o‘z foydalarini
ko‘zlaydilar.
Olimpiya o ‘yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va mash-
hurlik payida boMadilar. O ‘yingohdagi tomoshabinlar esa ularni
diqqat bilan kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning
katta bir guruhi boylik va shon-shuhrat
orttirish maqsadida yelib-
yuguradilar. Ana shu olomon orasida kamchilikdan iborat bir gu-
ruh borkim, ular chetdan turib atrofdagilami jim gina kuzatadilar.
Voqea-hodisalarni, inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni
anglash ularning eng sevimli amalidir. Ana shu toifadagi odamlar
faylasuflar — donolikni sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar,
ya’ni donishmandlar emas. Chunki tom ma’nodagi donishmandlik
yolg‘iz Ollohga xos sifat. Bandalar esa
donishmandlikka intilish
bilan kifoyalanadilar xolos».
Platon fikriga ko‘ra inson ruhining 3 ta asosi bor:
1.
Hayvonlar va o‘simliklarga xos aqlsiz asos. U tufayli tirik
mavjudot o‘zining tana ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ruh
ning mana shu qismi bilan odam sezadi, ochlik va tashnalikni xis etadi.
Bu asos inson ruhining katta qismini tashkil etadi.
2. Asosning inti I ish lariga qarshi chiqadi.
3. Asos azob va qiyinchiliklar asosidir. Bu qism bilan «odamning
jahli chiqadi, g‘olib chiqish uchun qiyinchiliklarga tayyor bo‘ladi».
Platon fikriga ko‘ra, doim mana shu asoslar o‘rtasida kurash kechib,
uning oqibatlari tushlarda namoyon boiadi.
Platonning tushlarni tushuntirish bo‘yicha fikrlari ko‘p jihatdan
zamonaviy fikrlardan biri — freydizmga o‘xshab ketadi. Chunki Platon
ham ulaming asosida mayllar,
shu jumladan, haqiqiy mayllar yotish-
ini ta’kidlagan. Platon ruh tana o‘lgandan keyin ham hayot bo‘ladi
deb fikr yuritadi. Uning yozishicha: «Agar ruh abadiy bo‘lsa, unda
ruh haqida nafaqat bu dunyoda balki keyingi uning hayoti haqida
ham qayg‘urish kerak. Platon ruh haqidagi g‘oyasining yetakchi qismi
xissiyotlardir. Unda Platon birinchi o‘rinda odamlar uchun rohatlanish
xissi turmasligini aytadi. Qoramol, ot va boshqa hayvonlar uchun
shundaydir, lekin odam uchun birinchi o‘rin u yoqda tursin,
ikkinchi
o‘rinda ham turmaydi, hatto uchunchi o‘rindan ham ancha uzoqdadir.
Platon o‘zining «Fileb» dialogida rohatlanish, azoblanish va har ikkisi-
ning bo'lmasligi mhning 3 xil holatidir deb aytib o‘tadi.
Platonning ruh va qalb haqidagi qarashlari, Platon (427—347) bilan
Demokritlar deyarli bir vaqtda yashadilar va ijod etdilar. Bular qul-
dorlik aristokratiyasi mafkurasining namoyondalari edilar. Platon jon
va tan mutlaqo har xil, hatto qarama-qarshi bo'lgan
ikkita mohiyati-
dir, deb ta’lim bergan. Tana moddiydir, uni tashqi sezgi organlari bilan
idrok qilish mumkin: uni ko‘rish va sezish mumkin, u fizik jismdir.
Jon moddiy emas, balki ruhiydir: uni sezgi organlari yordami bilan
idrok qilish mumkin emas. U tanaga qarama-qarshi bo‘lib, fizik jism
emas, balki metafizik, sezib bo‘lmaydigan narsadir. Jon moddiy dunyo-
ga emas, balki boshqa ideal dunyoga, haqiqatdan yashayotgan
ideal lar
(g‘oyalar), «obrazlar» dunyosiga taalluqlidir. Jon inson tanasiga o‘sha
dunyodan kelib qo‘shiladi. Uning tana bilan birga bo‘lishi vaqtincha-
likdir, tana o‘lishi bilan jon yana ideal dunyoga qaytib ketadi.
Yerdagi hayot davomida jon tanaga mahkum etilgan, u zindonda-
gi narsa kabi, doimo ideallar dunyosiga chiqib ketmoqchi bo‘lib, in-
tilib turadi. 0 ‘z ongini oshirish yo‘li bilan shu dunyo haqida eslash
insonga haqiqiy demak,
Platon fikricha, haqiqiy bilimning birdan-bir
manbai-ideallar dunyosidir. Bizning atrofimiz dunyosini sezishimiz va
idrok qilishimiz esa, faqatgina o‘zgarib turadigan beqaror hodisalar ha-
qida bilim beradi, holos. Biroq jonning (ruhning) ideal holda namo-
yon bo‘lishi ko‘pchilik kishilarda to‘silib turilishi va moddiy tanaga
bo‘ysundirilishi mumkin. Oqibatda, jon ideallar dunyosini go‘yo es-
dan chiqarib, materiyaga farq bo‘lmog‘i mumkin.
Shuning uchun ham
yer yuzidagi hayot sharoitlarida inson joni, materiyaga qanchalik farq
boiishi darajasiga qarab, go‘yoki 3 qismga bo‘linadi. Har bir kishida
ularning har biri har xil darajada namoyon bo‘ladi. Jonning qaysi qismi
ustun chiqishiga qarab, kishining har xil individual xususiyatlari, hayo-
tining yo‘nalishi, harakteri, mayl va qobiliyatlari paydo bo‘ladi.
Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik
Do'stlaringiz bilan baham: