Epikur hayoti: (miloddan avvalgi 341—
270-yilIar)
Yunon
faylasufi Epikuming vatani - Lampaska shahri bo‘lib, Afinadan
Samos oroliga ko‘chib o‘tgan oilada tug‘ilgan. Epikur Aflotunning
shogirdi Pamfil qoiida tahsil olgan. Donishmand miloddan avvalgi
310-yilda Lebosdagi Mitilen shahrida, 306-yildan o‘limiga qadar
Afinadagi o‘z «bog‘»ida talabalarga falsafadan saboq bergan. Bu bog‘
epikurchilaming muqaddas dargohiga aylangan. Epikur umri davomida
hech qachon o‘zgalaming fikriga tayanmaslikka harakat qilgan. Jami
300 ga yaqin asar yozgan, biroq ular bizga qadar yetib kelmagan.
Epikuming ta’limotiga asoslari bayon etilgan uchta maktubi va ba’zi
qo‘lyozmalaridan parchalargina saqlanib qolgan.
Donishmand umrining so‘nggi 14 kuni davomida buyragidagi
toshdan qattiq azob chekkan. Rivoyatlarga qaraganda, u issiq suv
to‘ldirilgan jomga yotib o'tkir sharobni simirgan-da, do‘stlariga
saboqlarini unutmaslikni vasiyat qilib, hayotdan ko‘z yumgan.
Epikur aytadiki: «Insonlar yo hasad, yo ko‘rolmaslik, yoki nafrat
tufayli bir-birining dilini og‘ritadilar. Dono kishi esa aql» idrok ila
bularning barchasidan ustun turadi. Donolikka erishgan odam hatto
atayin urinsa ham buning aksini qilolmaydi. Sezgi hech qachon
aldamaydi. (Epikur beqaror va yuzaki sezgini barqaror va umumiy
sanalmish fikrga qarama-qarshi qo‘ygan qadimiy falsafa aqidalarini rad
etgan. U sezgini haqiqatning mezoni deb hisoblagan.) Donolik hamma
narsaning ibtidosi va buyuk ezgulikdir. Shu bois u hatto falsafadan ham
qimmatliroqdir».
Qadimgi grek faylasuflarining talimotiga ko‘ra, dunyoning asosida
qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson dunyo
ning bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi. Masalan, Fales
ning (624—547-yiliar) ta’lim berishicha, butun mavjudotning, shu jum
ladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti
par (bug‘) shaklida tasawur qilingan.
Anaksimen (e.a. 588-525-y) butun mavjudot zichlashish va siyrak-
lashish qobiliyatiga ega bo‘lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim be
radi. Ruh bu juda siyraklashgan havodir, deydi u.
Geraklit Tyomniy (e.a. 544—483-y) tabiatning asosi o ‘t (olov)
dir deb hisoblagan. «Hamma narsa olovdan paydo bo'ladi va yana
hamma narsa olovga aylanadi». Butun dunyo, alohida narsalar,
shuningdek, inson ruhi ham olovdan kelib chiqadi deydi u. Ge-
raklitning fikricha, ruh bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va
o‘zgarib turadigan asosi — olovning o‘tkinchi, holatlaridan biridir.
Hamma narsaning asosi tuproq uning zarrachalaridir deb, hisobla
gan mutafakkirlar ham bo‘lgan.
Empedokl (Sitsiliya orolidan, 483—423-y) «Tabiat haqida» degan
poyemaning muallifi bo‘lib, bu dunyoning asosida qandaydir bitta sti-
xiya (suv, havo, tuproq yoki olovdan bittasi) emas, balki to‘rtala stixi-
yaning hammasi, ya’ni suv, havo, tuproq yoki olov yotadi, deb ta’lim
bergan. «Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi ta’limotdan boshlanishi
kerak edi. Ruh haqidagi ta’limot odamzod tomonidan avval surilgan
birinchi ilmiy gepotezadir», deb yozadi L.S. Vigotskiy. Anita ruh ha-
G e r a k lit
D e m o k r it
P la to n
A ris to te l
qidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud bo‘lgan bo‘lsa-
da er. av. asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar tub burilishga
uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar paydo
bo‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha muammolarning
boshi shu yerdadir.
«Qaysi yo‘llar bilan bormagin, baribir ruhning chegarasiga
borolmaysan» degan aforizm bilan Efeslik Geroklit (er. av. 530-470)
individual ruh va koinot birligi g ‘oyasini avval surdi. Unga ko‘ra
barcha narsa asosida olov yotarkan. «Organizmdagi olov uchquni
psixologiyadagi ruhdir. U «olovl i va nam» holatda bo ‘ ladi va mast odam
qayerga ketayotganini bilmaydi, chunki uning psixikasi namdir» -
deb yozadi Geraklit. Uning ta'kidlashicha, ruh nami umumiy logos
qonunlari bilan belgilanadi. Bu fikr bilan Geraklit barcha psixik
hodisalar moddiy dunyo qonunlariga buysunishin ta’kidlamoqchi
boMdi. Determinizm prinsipinijudasoddako‘rinishdata’riflamoqchi
)o‘Idi. Lekin uning g ‘oyalari psixik hayotning hamma eshiklarini
oohishga kalit bo‘la olmas edi. Geraklit o ‘zidan oldin o ‘tgan Milet
’raktabi faylasuflari Fales, Anaksimandir, Anasimenlarning ruh
bo‘linmasligi to‘g‘risidagi fikrlari izdoshi.
Geraklitdagi
ruh
uchqunlari
keyinchalik
Demokrit (er.av.
400-370) ning ta’limotida «olovli atom»larga aylandi. Demokrit va
uning ustozi Levkipp (er. av. 500-440) atomik materializm nazariya-
Gippokrat
Tit Lukretsiy
Karr Galen Klavdiy
sini avval surdilar. Unga ko'ra barcha narsalar 2 ta asosdan — bo‘linmas
harakatchan, sharsimon va yengil atomlardan va bo‘shliqlardan paydo
bo‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari ruhni
hosil qiladi.
Materializm g‘oyalar antik psixologiyada anatomiya va medi-
tsinadagi yutuqlari bilan mustahkamlab qo‘yiladi. Er.av. VI asrda
yashagan tabib va faylasuf Olkmson Krotonskiy fan tarixida birinchi
bo‘lib, fikrlarning bosh miyada tug‘ilishi to‘g‘risidagi taxminni aw al
surdi. «Meditsinaning otasi» Gippokrat (er. av. 460-377) Likseon kabi
tafakkur va sezgi organi miya ekanini ta’kidlaydi. Uning yozishicha,
mana shu qism bilan biz fikrlaymiz, yaxshi va yomonni ajratamiz,
tanamizning mana shu qismi bilan ko‘ramiz. Miya sof holatda
bo‘lgandagina biz sof fikrlaymiz».
Gippokratning ishlari orasida eng katta shuhrat keltirgani tempe
rament haqidagi ta’limotdir. Unga ko‘ra, inson temperamentini
organizmdagi 4 xil suyuqlik: miyadagi shilimshiq modda, yurakdagi,
jigardagi safro, qora taloqdagi qora safroning nisbati belgi lab
beradi. Qonning ustunligi - sangvinik temperamentiga (lot. - qon),
shilimshiq modda ustunligi - flegmatik temperamentiga (grek - shi
limshiq modda), safro ustunligi - xolerik temperamentiga (grek -
safro, o‘t), qora safro ustunligi melanxolik temperamentiga (grek -
qora safro, o‘t) to ‘g‘ri keladi. I.P. Pavlovning aytishicha, Gippokrat
son-sanoqsiz variantlar ichida inson xulqini tushuntiruvchi kapital
nazariyaga asos soldi.
Qadimgi grek va rim faylasuflari Aristoteldan keyin Demokrit
(materialistik psixologiya), Platon va Aristotel (idealistik psixologi
ya) lar yaratgan psixologik ta’limotlar sistemasiga deyarli hech qan
day yangilik kiritmadilar. Demokritdan keyin materializmning ko‘zga
ko‘ringan vakillari grek faylasuf Epikur (342-271-y.) va Rim shoiri,
-faylasuf Lukretsiy Karr (99—55 y.) edilar.
Epikuming fikricha, ruh g‘ayri jismoniy bir narsa emas, «Jismsiz
bo‘shliqdan boshqa hech narsani fikrlash mumkin emas. Ruhni g‘ayri
jismiy narsa degan kishilar alahsirayaptilar». Epikur moddiy bo‘lmagan
substansiyaning mavjudligini mutlaqo inkor qilib, «ruh, butun orga-
nizmga tarqalgan juda nozik jismdir» deb hisobladi.
Lukretsiy o‘zining «Narsalarning tabiati haqida» degan asa-
rida atomistik materializm falsafasini, xususan, ruh haqidagi
materialistik ta’limotni poetik formada bayon qiladi. U moddiy
boMmagan ruhning mavjudligini inkor qildi. «Jon, ruh yoki aql
moddiy bo‘lib, faqat inson tanasiga xos bo‘!gan kuchlamigina
tashkil qiladi». Ruh ham, jon ham, jism iy tabiatga ega. Lukretsiy
psixik hodisalarning tanaga bog‘liqligini tajribaga asoslanib isbot
qiladi. U, «Aql ham tana bilan birga o‘sadi va so‘nadi, aql ham
tana singari kasallikka duchor bo‘ladi, mastlik natijasida xiralas-
hadi» - degan va shunga o ‘xshash dalillar keltiradi. Lukretsiy bu
materialistik dalillarga asoslanib, ruhning abadiyligi to ‘g‘risidagi
ta’limotning yolg‘onligi haqida xulosa chiqaradi.
Lukretsiy Karr psixik hayotning ba’zi bir hodisalarini analiz qi
lish bilan ham shug‘ullandi. Masalan, u sezgi organlariga ta’sir etib
turgan har qanday qo‘zg‘ovchi ham sezgi hosil qilavermaydi, balki
ma’lum bir kuchga ega bo‘lgan qo‘zg‘ovchigina sezgi hosil qiladi,
deb aniqlagan. U birinchi boMib sezgi chegaralari haqida ta’limot
yaratdi, uyqu va tush ko‘rishning sabablarini tushuntirdi.
Psixologiyadagi idealistik oqim Platon izdoshlari tomonidan targ‘ib
qilindi. Uning ruhning kelib chiqishi haqidagi ta’limoti nihoyatiga
yetkazilib, Ammoni Sakksning (175-242), ayniqsa,, Plotinning (b. e.
205-270 y.) ta’limotidagi diniy mistik qarashlar bilan qo‘shilib ketdi.
Aleksandriyada ma’lum vaqtgacha o‘liklami yorib o‘rganishga
ruhsat berilishi Aleksandriyadagi 2 ta yirik tabib-olim Gerofil va
I
i
razistratning yangi kashfiyotlariga sabab bo‘ldi. Ptolemeyning shaxsiy
labibi Gerofil birinchi bo‘lib, nervlar, paylar va bog‘lamlar o‘rtasidagi
I'arqni aniqladi, ko'zning tuzilishini batafsil tariflab berdi. Erazistrat
bosh miyaning tuzilishini ta’riflab, katta yarim sharlardagi egri-
Inigriliklaming ko‘pligidan odam aqliy jihatdan hayvonlardan ustun
luradi, degan fikrga keldi. Bu barcha anatomo-fiziologik ma’lumotlami
riinlik tabib Klavdiy Galen (II asr) umumlashtirdi va yangilari bilan
Iwyitdi. Uning asarlaridan XVII asrgacha keng foydalanildi. Har xil
inuskullarga boruvchi nervlarni kesish bilan Galen xulosaga keldi-ki,
lananing nervsiz birorta qismi yo‘q, birorta harakat, birorta xissiyot
ularning ishtirokisiz kechmaydi.
Eksperimentlar orqali Galen orqa miyaning funksiyalarini ham aniq
ladi. Agar orqa miyani ko‘ndalang kessa, kesilgan joydan pastda joylash-
gan barcha tana qismlari harakatchanligi va sezuvchanligini yo‘qotadi,
degan xulosani olim asoslab berdi. Galen Gippokratning temperament
ta’limotini yanada rivojlantirdi. U barcha narsalaming 4 xil holati - iliq,
sovuq, quruq va nam va 4 xil suyuqlik 13 ta temperamentni keltirib chiqa-
radi, degan fikrda edi. Shu temperamentlaming bittasi normal bo‘lib, 12 tasi-
da normadan chetga chiqish mavjudligini Galen tushuntirmoqchi bo‘ldi.
Ko‘rish idrokini o‘rganishga afinalik tabib Aleksandr Vfrodiyskiy
( 139-211) katta xissa qo‘shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |