Valyuta kursi



Download 207,5 Kb.
bet19/19
Sana01.07.2022
Hajmi207,5 Kb.
#725410
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
VALYUTA KURSI

Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlar masalalarining butun majmui bo‘yicha strategik hamkorlikni mustahkamlashda xuddi shunday yutuqlar kuzatilmoqda. Bevosita Koreya investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini, imtiyozli kreditlarini faol jalb qilish hamda sanoat, energetika, infratuzilma, avtomobilsozlik, fan va innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash va turizmni rivojlantirish sohalarida yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun moliya-texnik yordam ko‘rsatilishi mamlakatimiz manfaatlariga javob beradi.
Mamlakatimiz xalqaro moliya institutlari va savdo tashkilotlari — Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Jahon savdo tashkiloti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni sifatli kengaytirish va takomillashtirishga e’tibor qaratgan. Evropa qayta tiklash va taraqqiyot banki bilan hamkorlikning tiklanganligi muhim voqea bo‘lib, buning natijasida ushbu institut tomonidan O‘zbekiston hududlarida ijtimoiy ahamiyatli loyihalarning mablag‘ bilan ta’minlanishi tiklandi.
O‘zbekistonning xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorligi kun tartibida investitsiyaviy va amaliy muhitni yaxshilash, mamlakatning kredit reytingini oshirish, valyuta-kredit siyosatini takomillashtirish, bank-moliya sohasida milliy mutaxassislar malakalarini oshirish turibdi.
Yakuniy maqsad — milliy iqtisodiyotning modernizatsiya qilinishini jadallashtirish va uning raqobatbardoshligini kuchaytirish uchun jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar va moliya mablag‘lari hajmini oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va infratuzilmani takomillashtirish, turmush darajasini oshirish va aholining farovonligini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy sohadagi o‘zaro hamkorligi faollashuvi bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-insonparvarlik sohalarida yangi impuls olindi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning yaxshilanishi umuman mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yordam berdi. Xususan, 2017 yil boshidan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston va region mamlakatlari o‘rtasida 300 tadan ko‘proq shartnoma, shuningdek taxminan 75 mlrd. dollar summada shartnomatlar va bitimlar imzolangan.
Mintaqa mamlakatlari o‘rtasida to‘laqonli hamkorlikni to‘xtatib turgan hal qilinmagan masalalar majmui mavjud. YUqorida qayd etilganlardan xulosa chiqarib ta’kidlash mumkinki, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash nafaqat mintaqa mamlakatlari manfaatlariga javob beradi, balki uning qo‘shni regionlardagi xavfsizlikka ta’siri nuqtai nazaridan butun Evrosiyo qit’asining barqaror rivojlanishiga ham ko‘maklashadi.
O‘zbekiston valyuta siyosatini erkinlashtirishni jadallashtirishi natijasida bizni mamlakatimiz etarli bilim va saviyaga ega bo‘lmagan “mustaqil ekspert” Yuliy Yusupov taklif qilayotgan, milliy valyutamizning yashirin devalvatsiyasini jadallashtirishi va biz uchun allaqachon o‘tmishga aylangan joriy hisob bo‘yicha konveratsiyani joriy qilishi kerak emas.
Balki biz bunday islohat natijasida so‘mning, valyutaning tebranuvchi kursi, deb ataladigan erkin konvertatsiyasi sharoitiga o‘tishimiz kerakki, undagi salbiy iqtisodiy jarayon va hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. SHuning uchun ham bizning mamlakatimizda valyutaning tebranuvchi kursiga maqola muallifining “O‘zbekiston o‘z valyuta siyosatini erkinlashtirishni jadallashtirish uchun XVJdan qarz olishi zarur” degan maqolasida kiritgan takliflarini inobatga olingan holda, o‘tishimiz kerak,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki milliy valyutamizning boshqa mamlakatlarning sog‘lom valyutalariga nisbatan bozor usullariga zid ravishda o‘rnatadigan rasmiy kursini, uning qadirsizlanishi va tovarlar narh-navolarining oshishiga olib keluvchi, so‘mni boshqarishning aslahasi bo‘lmish, o‘zining yashirin devalvatsiya shaklini ishlatish asosida belgilash huquqidan voz kechishi zarur.
Mamlakatimizda lotin grafikasiga asoslangan alfavit tegishli Qonun asosida 1993 yili joriy etilganligi, undan bir yil keyin, ya’niy 1994 yili joriy etilgan amaldagi milliy valyutamiz dizaynida esa kiril grafikasi qo‘llanilgan ekanligini inobatga olgan holda. Buni ustiga 1994 yilning 16 iyunidan 2017 yilning 15 mayiga qadar O‘zbekistonning milliy valyutasi qarayib 3676 marta qadrsizlanganligi tufayli, juda ham qo‘pol va ko‘p joy egallaydigan bo‘lib qolib, odamlarning oddiy cho‘ntaklari va kartmonlariga sig‘maydigan bo‘lib qolganligini e’tiborga olib, valyuta siyosatini erkinlashtirish va tebranuvchi valyuta kursini joriy qilishdan oldin yoki shu jarayolar bilan bir davrda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki milliy valyutamizning ochiq devalvatsiyasini amalga oshirib, eski namunadagi muomiladan chiqarilayotgan qog‘oz pullarni yangi, dizaynida lotin grafikasi ishlatilgan va tegishli kursga ega, ustivor kredit pullariga, ilgari bo‘lgan pul islohatlaridagidek yoki boshqa mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, almashtirishi zarur.
O‘zbekiston banklariga nosarmoyaviy toifaga emas, balki sarmoyaviy toifaga kiruvchi xalqaro reytinglar kerak.
Download 207,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish