Valyuta kursi va uning rejimlari Reja Kirish Valyuta kursining mazmuni, mohiyati va o’zgarish tendensiyalari


Sof eksport chizma. Xarid qobiliyati pariteti



Download 0,89 Mb.
bet5/8
Sana20.05.2023
Hajmi0,89 Mb.
#941663
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xopizov gayratjon

Xn

Sof eksport chizma. Xarid qobiliyati pariteti


2022 yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 13,15 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 5,6 mlrd dollarga (74,8 foizga) ko‘pdir, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.
Tashqi savdo umumiy hajmidan eksport 5,7 mlrd dollarni (2021 yilning yanvar-martiga nisbatan 138,7 foizga yoki 2,4 baravarga o‘sgan), import esa 7,4 mlrd dollarni (o‘sish 44,6 foiz) tashkil etdi.
Natijada tashqi savdo aylanmasi savdosi 1,6 mlrd dollar miqdoridagi passiv balansni tashkil etdi, bu 2021 yilning birinchi uch oyidagiga nisbatan (2,7 mlrd dollar) uchdan birdan ko‘proqqa kamdir.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston dunyoning 160 ta davlati bilan savdo aloqalarini o‘rnatgan. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (16,6%), Rossiya (14,2%), Qozog‘iston (7,5%), Turkiya (5,9%), Koreya Respublikasi (4,8%), Germaniya (2,9%) va Qirg‘iziston (1,7%) bilan qayd etilgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida eksport qiluvchi subyektlarning umumiy soni 3658 tani tashkil etdi. Bu, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oltinsiz eksport hajmini 2,8 mlrd dollarga yetganini ta’minladi. 2021 yilning shu davriga nisbatan bu 15,8 foizga o‘sgan.
Shu bilan birga, oltin umumiy eksportning yarmidan ko‘prog‘ini — 51,5% yoki 2,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Spot nashrining qayd etishicha, mart oyida yanvar-fevral oylarini ayirib tashlagan holda oltin eksporti 609 mln dollarni yoki oylik hajmning 36 foizini tashkil qilgan. Qimmatbaho metallar sotuvi sezilarli darajada sekinlashgani Markaziy bank ma’lumotlarida ham qayd etilgan. O‘tgan yilning birinchi uch oyida O‘zbekiston oltin sotmagan.
Eksport tarkibida sanoat tovarlari ulushi 19 foiz (1,09 mlrd dollar), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar 4,9 foiz (281,8 mln dollar), kimyo va shunga o‘xshash mahsulotlar 4,3 foizni (246 mln dollar) tashkil etdi.
2021 yilning dastlabki uch oyi davomida sanoat mahsulotlari eksporti 19,9 foizga, metall buyumlar eksporti 85 foizga, metall bo‘lmagan mahsulotlar eksporti 30 foizga, ip-kalava va gazlamalar eksporti 20,8 foizga o‘sdi. Oziq-ovqat eksporti o‘tgan yilning yanvar-martiga nisbatan 23 foizga, kimyo mahsulotlari eksporti 7,6 foizga oshgan. Avtomobil eksporti ikki baravardan ko‘proq kamaydi.
Eksport tarkibida xizmatlar 9,8 foizni tashkil etib, O‘zbekistonga 567,7 mln dollar keltirdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,9 foizga ko‘pdir.
Import tarkibida mashina va transport uskunalari yetakchi o‘rinda — 34,6 foiz yoki 2,5 mlrd dollar, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 63,6 foizga ko‘p, ular ortidan sanoat tovarlari — 18,4 foiz yoki 1,36 mlrd dollar (+51,1%), kimyoviy moddalar — 13,6% yoki 1 mlrd dollardan sal ko‘proq (+40,4%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar — 10,9% yoki 803,7 milliard (+59%) o‘rin egalladi. Hayvonot va o‘simlik moylari va yog‘lar importi deyarli 30 foizga qisqarib, 3,9 mln dollarni tashkil etdi, ular umumiy tuzilishning 0,9 foizini tashkil qiladi.


Shunday qilib, sof eksport egri chizig’i real almashtirish kursiga nisbatan yanada qiyalashadi. Ya’ni, turli mamlakatlar valyutalarining xarid qobiliyatini tenglashtiradi, real almashtirish kurslaridagi har qanday o’zgarishlar esa sof eksport miqdorida o’zgarishlarga olib keladi.
Valyuta almashuv kursining o’zgarib boruvchi boshqariladigan usulini qo’llash orqali almashuv kursining maqsadli koridor doirasida bo’lishi ta’minlanadi. Shu sababdan eksportni rag’batlantirish maqsadida so’mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko’rildi.
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining 95 foizga yaqini AQSh dollarida amalga oshirilishini inobatga olib, so’mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo’ljal sifatida so’mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi.
Shunga muvofiq, so’mning AQSh dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSh dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so’mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi ta’siri ostida shakllandi.
Olib borilgan valyuta siyosati ta’sirida so’mning almashuv kursi evroga nisbatan 15,7 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14,2 foizga, funt sterlingga nisbatan 13,1 foizga pasayib, eksportni rag’batlantirishga xizmat qildi.
Real valyuta kurslari jamg’arma va sarmoyalar o’rtasidagi farqni ko’rsatuvchi vertikal to’g’ri chiziq va sof eksport miqdorini ko’rsatuvchi, o’ngdan pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi. Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko’rsatilgan milliy valyuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo’ladigan milliy valyuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valyuta kursi kapital bilan bo’ladigan operatsiyalar bo’yicha milliy valyuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo’lgan talabni tenglashtiradi


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish