Valuta-kredit munosabatlari


 Xalqaro kreditning xususiyatlari va imkoniyatlari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

9.3. Xalqaro kreditning xususiyatlari va imkoniyatlari
Rivojlanayotgan mamlakatlarga kelib tushadigan moliyaviy
oqimlarning quyidagi xususiyatlari mavjud:
Birinchidan,  bu  mamlakatlar  tashqi  resurslarning  asosiy
qismini hukumatlararo bitimlar hamda xalqaro moliyaviy insti-
tutlarning  imtiyozli  kreditlari va subsidiyalari  shaklida tashkil
qiladilar  («Rivojlanishni  rasmiy  moliyalashtirish»  –  RRM).
Imtiyozli resurslarga nomzod mamlakatlarning tanlovi iqtisodiy
rivojlanish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Lekin siyosiy va
harbiy-strategik omillar ham inobatga olinadi. RRM bo‘yicha
mablag‘larni iqtisodiy inqirozni kechirayotgan mamlakatlar ham
olishlari mumkin.
Ikkinchidan,  har  bir  mamlakat  uchun  uning  iqtisodiy
rivojlanish  darajasi,  iqtisodiy  vaziyati,  ichki  moliyaviy  bozo-
rining holati, xalqaro iqtisodiyotda tutgan o‘rni hamda olib bo-
rayotgan siyosatiga qarab o‘zining maxsus xalqaro kreditlash va
moliyalashtirish  mexanizmi  mavjud  bo‘ladi.  Rivojlanayotgan


165
mamlakatlar ikki toifaga bo‘linadi. Birinchilar (past rivojlangan-
lar)  – tashqi  resurslarni asosan  rasmiy manbalardan  oladilar.
O‘z resurslari qiyin sharoitlar tufayli yetarli emas. Bunday mam-
lakatlar  xususiy  investitsiyalar  uchun  noqulaydir.
Ikkinchilar  (nisbatan  rivojlangan)  –  xususiy  resurslarni
jalb qiladilar. Bular rivojlanayotgan moliyaviy bozorlarga ega
bo‘lgan mamlakatlardir. Bu mamlakatlarning moliyaviy bozor-
lari muayyan rivojlangan va ularning integratsiyasi xalqaro ti-
zimga mos kelgan bo‘ladi.
Uchinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarning kreditlanishi
va moliyalashtirilishi asosan markaz hamda xalqaro xo‘jaliklar
o‘rtasidagi munosabatlarga to‘g‘ri keladi.
Faqatgina kredit va subsidiyalarning uncha ko‘p bo‘lmagan
qismi rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zaro hamkorlik doi-
rasida beriladi.
Rivojlanayotgan  mamlakatlarning  iqtisodiy  rivojida  tashqi
resurslarning ahamiyati birlamchi hisoblanmaydi.
Chunki ko‘p mamlakatlar iqtisodiy yutuqlarga erishish yo‘lida
ichki jamg‘armalarga tayangan bo‘lsalar ham, tashqi resurslar-
ni aktiv ravishda  jalb qiladilar. Lekin ba’zi  mamlakatlar yirik
tashqi  ta’sirga  qaramay,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  yo‘lida
unchalik siljiy olmaganlar.
Tashqi resurslarni ishlatish samarasi asosan kreditor va kredit
oluvchi (davlat institutlari hamda xo‘jalik subyektlar) olib bora-
digan faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Xalqaro kredit quyidagilarga imkon tug‘diradi:
1. Ishlab chiqarish va ayirboshlashning baynalmilallashuvi;
2. Jahon bozori va xalqaro savdoni tashkil qilish;
3. Rivojlangan mamlakatlar tovarlarning raqobatbardoshlik
darajasini oshirish;
4.  Urushlarni  moliyalashtirish  shakllarining  turli  xillarini
tashkil qilish;
5.  Iqtisodiy  qoloq  bo‘lgan  mamlakatlarning  iqtisodiyotini
kuchaytirish.
Xalqaro kreditning ahamiyati u bajaradigan funksiyalari orqali
namoyon bo‘ladi. Xalqaro kreditning funksiyalarini quyidagi-
larcha tasniflash mumkin:


166
1. Tovar va xizmatlarning eksportini rag‘batlantiradi.
2. Xorijiy xususiy investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yara-
tadi.
3. Qarzdor mamlakatlardan foiz ko‘rinishidagi daromadlarni
chiqarib olish instrumenti bo‘lib xizmat qiladi.
4. Qarzdor mamlakatlarda xorijiy monopoliyalar uchun qu-
lay va foydali bo‘lgan iqtisodiy hamda siyosiy rejimlarni o‘rnatishga
imkon beradi.
Ishlab chiqarish va ayirboshlash baynalmilallashuvining dara-
jasi o‘sishi bilan bir qatorda xalqaro kreditning ahamiyati ham
oshib bormoqda. Buni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi kredit munosabatlari
kengayib bormoqda.
2. Kredit munosabatlari jahondagi iqtisodiy chegara uchun
bo‘lgan kurashni olib borishga transmilliy korporatsiyalarga yor-
dam beradi.
3. Jahondagi hukmron mamlakatlarning kredit ekspansiyasini
oshiradi, chunki kreditlar rivojlanayotgan mamlakatlarga bo‘lgan
iqtisodiy va siyosiy qaramlikni oshirish sharti bilangina beriladi;
4. Xalqaro savdoni moliyalashtirish, to‘lov balansini tartibga
solish va asosiy rivojlangan mamlakatlarning valutasini qo‘llab-
quvvatlashga beriladigan kreditlar summasi sezilarli darajada oshib
bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan
hamkorligi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda:
– makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ko‘maklashish;
– milliy valutani mustahkamlash;
– mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
jarayonlarini  chuqurlashtirish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
– raqobat muhitini shakllantirish;
– kadrlarni tayyorlash.
Bu choralar esa chuqur tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshi-
rish,  iqtisodiyotni  dunyo  bozorlariga  chiqishini  ta’minlovchi
yangi darajaga olib chiqish uchun mustahkam asos bo‘lib xiz-
mat qiladi.


167

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish